Tuproq haqida tushuncha va uning ta’rifi.
Rus olimi P.A.Kostichev tuproqning hosil bo’lishida biologik omillar, ayniqsa o’simliklar olami roliga e’tibor beradi va shunga ko’ra tuproqqa quyidagicha ta’rif beradi: "Tuproq deganda o’simliklarning ildizlari chuqur kirib boradigan yer yuzasining ustki qatlamini tushunish kerak".
Tuproq haqida tushuncha va uning ta’rifi.
Unumdorlik tuproqning o’simliklarni turli oziq moddalar, suv, havo hamda issiqlik bilan ta’minlash qobiliyatidir. Tuproqning tog’ jinslardan tubdan farq qiladigan ana shu sifat belgisini mashhur tuproqshunos olim va agronom V.R.Vilyams mukammal o’rgangan. V.R.Vilyamsning tuproq haqidagi ta’rifida ham unumdorlik xossasi alohida ta’kidlanadi: "Biz tuproq haqida gapirganda o’simliklardan hosil olishni ta’minlaydigan yer shari quruqlik qismining yuqori g’ovak gorizontlarini tushunamiz".
Tuproqning bioqatlamdagi asosiy vazifalari.
1). Tuproqning bioekologik vazifasi - tuproq ekologiya manbai va muhit bo’lib, unda ko’plab organik moddalar to’planadi. Akademik V.A.Kovdaning hisobicha yer yuzasida (asosan o’rmonlarda) to’planadigan biologik qism miqdori qariyb n·1013 tonnani tashkil etadi. Yer osti ildiz qismi hamda hayvonot va mikroorrganizmlar faoliyati bilan bog’liq organik moddalar miqdori bundan kam emas.
2). Tuproq qatlamining bioenergetik vazifasi. Tuproq qoplamini o’z ichiga oluvchi ekologik sistemada o’simliklar har yili yerda taxminan n·1017 kkal miqdordagi kimyoviy aktiv energiya to’playdi. Tuproqning o’zida organik moddalar (detrit, gumus-chirindi) da n·1018 kkal miqdorida energiya to’planadi. Har bir tonna gumus 5·106 kkal potensial energiyaga ega. 1 g gumus 4,5-5 kkal kimyoviy energiya saqlaydi.
3) Tuproq qoplamining azot oqsil to’plash vazifasi. Tuproq - o’simlik tarzidagi ekologik sistema, atmosferadagi molekulyar N ni to’plab, ularni aminokislotlar va oqsillarga aylantirish xususiyatiga ega. Yer yuzasi quruqlik qismi tuproqlaridagi azotning biologik fiksasiyalanishi har yili 140 mln.t.ni tashkil etadi.
4) Tuproq qoplamining biokimyoviy vazifasi - tuproqda to’planadigan bioyig’ilma turli kimyoviy elementlar va ular birikmalarining manbai ham hisoblanadi. O’simliklarning ildiz sistemasi tuproqning pastki qismlaridan ko’plab kimyoviy elementlar (С, N, H, O, P, Ca, K, Mg, Al singari) ni so’rib oladi va tuproq qatlamlarida to’plash imkoniyatini beradi.
5) Tuproq qatlamining gidrologik vazifasi - tuproq qoplamining yer gidrologik siklidagi va gidrosferadagi roli ham nihoyatda katta. Tuproq qoplamida atmosfera yog’inlari to’planadi, bug’simon suvlar kondensasiyalanib erkin suvga aylanadi.
6) Tuproq qoplamining atmosfera gaz tarkibiga ta’siri vazifasi - tuproq qoplamining yer sharining gaz rejimi va atmosfera tarkibining shakllanishida, fotosintezda, karbonat angidridining birikishi, azot to’plashi, kislorod va vodorodning to’planishida, denitrifikasiya, desulfofikasiyada, oksidlanish va nafas olishida, karbonat angidridning atmosferaga qaytishi va aylanishi kabi jarayonlarida ham katta rol o’ynaydi.
Tuproq o’ziga xos organik-mineral tarkibga ega. Tuproq paydo bo’lishi jarayonida gumus va boshqa murakkab organik birikmalar to’planishi sodir bo’ladi. Tuproq qoplami unumdorligi tufayli o’simliklar o’sishi va rivojlanishini ta’minlash ya’ni hosil beraolish qobiliyatiga ega. Tuproqning ushbu xossasi insonlarning yashash va ko’p tarmoqli qishloq xo’jaligining vujudga kelishida muhim sharoitlardan biri hisoblanadi.
Tuproq qoplami va o’simliklar ajralmas birlik - jahon tuproq – ekologik sistemasini tashkil etadi, qaysiki unda o’simlik va tuproq birgalikda yashaydi. Bundan million yillar oldin quruqlikda o’simliklar paydo bo’lgan. O’sha paytdayoq, bizning planetamizdagi barcha tirik organizmlar tarixi bilan bog’liq bo’lgan, juda murakkab tarixni bosib o’tgan, tuproq paydo bo’lish jarayoni yuzaga kelgan.
Tuproq qoplami biosferada yana bir eng muhim vazifani bajaradi. U jaxon okeani singari, - planetamizni tozalovchi (purifikator) muhitdir. Ko’pchilik organik va organik – mineral birikmalar parchalanishi tuproqda tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |