Mavzu: Tuproqni tadqiq qilishda roentgen-spektroskopiya usullaridan foydalanish. Reja


Kimyoviy analizda qo'llaniladigan avtomatlashtirilgan masofadan turib boshqariladigan usullar to'g'risida tushuncha



Download 28,97 Kb.
bet3/5
Sana14.06.2022
Hajmi28,97 Kb.
#671717
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tuproqni tadqiq qilishda roentgen-spektroskopiya usullaridan foydalanish.

Kimyoviy analizda qo'llaniladigan avtomatlashtirilgan masofadan turib boshqariladigan usullar to'g'risida tushuncha.
Tuproqlarning kimyoviy holatini aniqlash uchun oxirgi yillarda tahlillarning mumtoz usullari bilan birga instrumental tahlillar ham olib borilmoqda. Tuproq qoplami yoki gidrosfera holatini o'rganish aviatsiya, su'niy yo'ldosh va yer sathiga yaqin bo'lgan kosmik stantsiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Bizni o'rab turgan olamdagi biron-bir ob'ektni fizik va fizik-kimyoviy o'rganish uchun samarali usulni tanlash bir qancha bosqichni o'z ichiga oladi.
Analitik kimyo va kimyoviy tahlillarning roli beqiyos oshganiga shubha yo'q. Katta tezlik, temperatura va bosim, radiatsiya darajasiyuqori bo'lgan jarayonlarni, hattoki Yer orbitasidan ham tashqaridagi hodisalarni o'rganishda masofaviy va avtomatik usullardan foydalanilmoqda.

Masalan, oy sathi gruntini bevosita lunoxod orqali, Venerani o'rab turgan atmosfera tarkibini o'rganish uchun rentgenofluorestsent usulini qo'llash, yerda esa yuqori radioaktivlikka ega bo'lgan ob'ektlar, okean va dengizlarning eng chuqur qatlamlarini tadqiqot qilish va boshqa shunga o'xshash analitik vazifalarni hal qilish distantsion boshqarish orqali amalga oshirilmoqda. Aerokosmik s'emkalar tuproqlarninig holatini, sho'rlanish va grunt suvlarining joylashish xususiyatini ko'rsatib, tuproq xaritanomalari tuzilmoqda.
Tahlillarning aniqligi va sezgirligiga nisbatan talab oshib bormoqda.
Komp`yuter texnologiyalarini kimyoviy tahlillarga tatbiq etish, ko'pgina jarayonlarni distantsion boshqarish imkoniyatini beradi. Bunda hal qiluvchi rolni programma injeneri o'ynaydi, jarayonlarni boshqarish, olingan ma'lumotlarni analiz qilish, uskunlarni nazorati, b'zida esa tez va to'g'ri qarorlar chiqarishi lozim bo'ladi. Tuproqshunoslikda bunday distantsionn usullardan foydalanish tobora rivojlanib bormoqda.
Zamonaviy kimyoviy analizlar uchun xos bo'lgan sezgirlik va aniqlik kriteriyalari blan birga ekpresslik, ommaviylik va avtomatlashtirish kabi talablar qo'yilmoqda. Masofadan turib olib boriladigan tahlillarni hal qilishda yadroviy-fizik, mass - spektrometrik analizlar yordam beradi. Kimyoviy analizlarning avtomatlashtirilgan usullari tahlillarga fizik yondoshish imkoniyati bo'lmagan hollarda qo'llanilmoqda (spektroskopiya va xromatografiya). Ularga asosan namunalarni ko'p miqdorda analiz qilinish kerak bo'lganda yondoshilgan.
Masalan, suyuqliklarni kimyoviy analiz qilishning avtomatlashtirlgan usullari ishlab chiqarish samardorligi va texnologik jarayonlarni iqtisod qilish imkoniyatini beradi. Shu o'rinda Yaponiyada qo'llanilayotgan qon tahlilining avtomatik tizimini misol qilib keltirish mumkin. Bu tizim orqali qon reaktsiyasining 20 ta reagentga bo'lgan holati ko'riladi. Bemorning holati to'g'risdagi va qon tarkibidagi ma'lumotlar komp’yuter xotirasiga joylanadi. Qon tahlillari natijalariga ko'ra bemorga tashxis qo'yib beriladi. Yana masofadan turib boshqarish usuli analitikning ishtirokisiz o'tkazilishi mumkin. Zamonaviy asboblarning hammasi hozir komp`yuterlarga ulangan. Tuproqlarni oddiy potentsiometrik aniqlash natijalarini ham bemalol komp`yuter ko'rsatkichlari orqali olish mumkun.
Lekin, tahlilchi - murakkab tuzilmali kimyoviy – analitik asbobga o'xshab qolmasligi kerak.
Zamonaviy – asbob-anjomlar o'z salobati va ko'rinishga ega bo'lib, juda ko'p energiya sarf qilsada, ularga xodimlar tomonidan yuqori xizmat ko'rsatish talab qilinadi. Lekin, tuproqlarni kimyoviy analiz qilishda mumtoz usullardan foydalanish qo'proq vaqt ketsa ham, aniq va ishonchli ko'rsatkichlarga erishish mumkin. Ba'zi bir xossalarni aniqlashda murakkab tuzilmali asboblardan foydalanishdan ko'ra oddiy usullarda tezroq natija olish mumkin. Rus tahlilchi kimyogar olimi A. K. Babko o'z vaqtida, avtomatlashtirish doimo foyda beradimi deb yozgan edi. Avtomat- analizatorlarni yo'lga qo'yish uchun bir qancha radiofizik va kimyogarlar, mexaniklar jamoasi ish olib borish lozim. Bu esa masalaning iqtisodiy tomoni bilan bog'liq. Avtomatlashtirish standart mahsulotni yalpi ishlab chiqarishdi foydali.
Avtomatlar har doim ham malakali mutaxassis o'rni bosa olmaydi – deb yozgan edi mashhur olim. Lekin shunga qaramay tuproqlarning kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy xossalarini tadqiqot qilishda eng zamonaviy texnologiyalardan muvaffaqiyatli foydlanib kelinmoqda. Tuproqlarning mineralogik tarkibini o'rganish rentgenografik va spektrometrik tahlillar orqali olib borilmoqda. Bunday misollarni juda ko'p keltirish mumkin.

Download 28,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish