f1-tushayotgan nur oqimi.
Yoritilganlik koeffitsienti, aniq, faqat bir yo‘nalishda qaytarilgan nur oqimining tushayotgan oqimga nisbati bilan o‘rganadigan kattalik. Odatda r grafik ko‘rinishida bo‘ladi. Shuning uchun ham unga qaytarish spektri deyiladi. Bunga tuproq uchun 400-750 nm oralig‘ida o‘lchanadi. Masalan 650 nm o‘lchansa u holda r 650 uchun grafik holda ko‘rsatiladi. Tuproq uchun spektr chizig‘i sekin ko‘tariladigan bo‘lib, ko‘k 400 nm dan 750 nm oralig‘idagi elektromagnit to‘lqinda ko‘proq gumus-akkumlyativ qatlamga to‘g‘ri keladi. Bunga r-8-15% ga teng. Odatda tuproqni nur qaytarish qobiliyati bilan uning gumus miqdori oralig‘idagi bog‘lanish eksponensial tenglama bilan aniqlanadi.
r750 r 0 ne-kh yoki Ln (r 750-r 0) Ln n-kn
ra -eng ko‘p organik moddaga to‘g‘ri keladigan minimal nur qaytarish koeffitsenti, N va R doimiy ko‘rsatkichlar.
r- o‘zgaruvchan bo‘lib tuproqdagi gumus tarkibiga, tuproqning ifloslanishiga, undagi tuzlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
r750 r 0 n, -kh (uv) bo‘ladi, bunda uv-neft tarkibidagi uglevodorodlar miqdori. Karbonatli tuproqlar uchun esa
r750 r 0 k CaCO3 bo‘ladi, CaCO3 miqdori foizlarda keltiriladi. Gips va boshqa tuzlar uchun esa shunga o‘xshash formulalardan foydalanish mumkin. Turli tuproqlarda nurning qaytarish koeffitsenti, spektri har xil bo‘lishi quyidagi jadvalda berilgan. 6-jadval
2.TUPROQLARNING NUR QAYTARISH KOEFFITSENTI
Tuproq
|
O‘rtacha integral nur qaytarish (r)
|
O‘rtacha havo
|
Tebranish chegaralari
|
Tundra
|
9,3
|
0,31
|
6,9-11,7
|
Torf
|
7,9
|
0,78
|
10,5-23,3
|
Tipik qora
|
6,2
|
0,25
|
6,4-10,0
|
Oddiy qora
|
7,9
|
0,18
|
6,4-9,4
|
Kavkaz oldi
|
11,6
|
0,32
|
6,9-14,3
|
Kashtan
|
13,2
|
0,21
|
11,6-14,8
|
Och kashtan
|
21,8
|
0,32
|
19,3-24,3
|
Bo‘z tuproq
|
27,7
|
0,28
|
25,7-29,7
|
Qizil
|
18,6
|
0,17
|
17,4-19,8
|
Sariq
|
16,6
|
0,45
|
13,4-19,8
|
^
Shuni alohida qayd etish kerakki, tuproq amaliy jihatdan Mendeleev elementlar davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlarni o‘zida mujassamlantiradi.
Tuproq o‘zining element tarkibi va miqdorlari jihatidan o‘zaro va landshaftni boshqa bloklaridan (4-5 jadval) farq qiladi. Tirik organizmlar asosan organogen elementlaridan tuzilgan ularning asosiy massasini C, Н, N, O, P, S tashkil qiladi, mineral komponentlar esa nisbatan oz miqdorda kiradi.
Individual minerallar odatda bir necha elementdan iborat bo‘ladi. Oksidlar ikkita, silikatlarga 5-11 gacha, tuzlar 2-5 elementlardan tashkil topadi.
Odatda tuproq tarkibidagi barcha elementlar zaruriy hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich tuproqni birinchi farq qiluvchi xususiyatidir. Tuproqning ikkinchi xususiyati undagi uglerod va kremniy miqdorining yuqoriligi bo‘lib bu o‘z navbatida tuproq hosil bo‘lishidagi o‘simlik va tog‘ jinsining rolini ko‘rsatadi. Bunda uglerod asosan organik modda, ya’ni o‘simlik va hayvonot dunyosi qoldig‘idan tuproqda paydo bo‘ladi. Kremniy tuproqni vujudga keltiruvchi asosiy poydevor elementi tuproqning uchinchi farq qiluvchi belgisi tuproq tarkibidagi elementlar juda oz miqdordan bir necha ko‘p foizgacha bo‘lishi mumkin.
Tuproqning kesma tuzilishidagi element tarkibida kuchli differensial organogen, elyuvial va karbonatli qatlamlarda bo‘ladi.
Gipsli, arzikli tuproqlarda gips va arzikli qatlam ma’lum chuqurlikda, bir tekisda bo‘lsa, bunday tuproqlarning shu qatlamlari ustida qator elementlar akkumulyatsiyalanadi.
Elementlarning miqdoriy ko‘rsatkichlarini tebranish oralig‘i xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan har bir element uchun aynan shu tuproqqa xos bo‘lgan tipik konsentratsiyalari (Orlov, 1992) Si-26-44, Al-1-8, Fe-0,5-6, Ca-0,3-5, K-0,2-3, Na-0,2-2, Mg-0,1-2, Ti-0,2-0,5, Mn-0,01-0,3, Co-0,5-4, N-0,05-0,2, P-0,02-0,1, S-0,02-0,2, H-0,04-0,2 mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |