- Kalsiy va magniy. Tuproqdagi plagioklazlar, slyudalar, rogovaya obmanka, montmorillonit, gidroslyudalar, kalsit, magnezit, fosfatlar, sulfatlar kabi birlamchi va ikkilamchi minerallar tarkibida bo‘ladi. Ko‘pchilik tuproqlarning singdirish
- kompleksida kalsiy birinchi, magniy esa ikkinchi o‘rinda turadi. Tuproqdagi kalsiy va magniyning o‘rtacha miqdori mutanosib ravishda 2 va 0,6 foizni tashkil etadi.
- CaSO3, MgCO3 suvda qiyin eriydigan birikma bo‘lib, tuproqlarda keng tarqalgan va kalsiy, magniyning asosiy manbai hisoblanadi. Karbonatlar suvda erigan karbonat angidridi ta‘sirida bikarbonatlar [Ca(HCO3)2, Mg(HCO3)2 ] ga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |