Mavzu: Truba prokatlash
1. Metallarni yoyishni mohiyati
2. Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi
3. Trubalarni yoyish
Metallarni yoyish (prokatkalash) bosim ostida ishlashning eng ko‘p qo‘llaniladigan usulidir. Metallurgiya zavodlarida ishlab chiqariladigan prokatkani miqdori mamlakatda metallurgiya sanoatining qanchalik rivojlanganligini ko‘rsatuvchi eng muhim ko‘rsatkichlardan biridir.
Metallarni yoyishni mohiyati
Prokatkalash - yoyishda metal bir-biriga teskari aylanuvchi jo‘valar orasidan ezib o‘tkaziladi. Bunda jo‘valar orasidan tirqish berilgan materialning qalinligidan kichik bo‘ladi. Jo‘vada materialning ezish natijasida, zagotovkaning qalinligi kichrayadi, uzunligi oshib va eni kengayib, yoyiladi.
Jo‘valar prokat stanlarning staninasiga o‘rnatilib, profilli kesimi bo‘lishi mumkin.
Prokat stanlarning jo‘valarning kesimi juda turli-tuman bo‘lib, qurilish balkalari, har xil qalinlikdagi listlar, prokat zagotovkalarini yoyiladi. Po‘latlarni sovuqlayin va issiq holda yoyiladi. Sovuq holda faqat yupqa listlar prokatka qilinadi.
Stan jo‘valarning orasidan zagotovkaning bosilib, ezilib o‘tishi zagotovkalar va jo‘valar orasida hosil bo‘ladigan ishqalanish natijasida bajariladi. Yoyilishda metal ikkita aylanuvchi vallar yordamida ilib olinib bosiladi. Metall vallar orasidagi ishqalanish natijasida uzunligi oshadi va yoyiladi. Ishqalanish vallar yuzini metalga bosim ostida bosilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunda metall vallarning kontakt uchastkasida АВ va А1В1 yoyi bo‘yicha deformatsiyalanadi. АА1 chizig‘i metallni vallar orasiga kirish zonasi, hamda ВВ1 chizig‘i esa metallni vallar orasidan chiqish zonasi deb yuritiladi. АВ А1В1- yuza deformatsiya yuzasi.
8-rasm. Yoyish jarayonlarining sxemasi.
Yoyishda deformatsiyalanish metalni uzunligi va kengligi bo‘yicha mavjud. Uzunlik bo‘yicha deformatsiyalanish uzunligi АВ yoki А1В1yoylarini gorizontal proyeksiyasi deb yuritiladi. Deformatsiyalanish kengligi esa, metalni yoyguncha va yoygandan keyingi kengliklarni yig‘indisini yarimiga teng:
Yoyishda qalinlik Н kichrayadi, uzunligi esa L1dan L2 uzunlashadi. Lekin kenglik ham bir qancha В1dan В2 ga kengayadi. Metallning qalinligi kichrayishiga ezilish deb ataladi.
Н=Н-h мм - absolyut ezilish miqdori
k=Н-h/ Н nisbiy ezilishning protsentida ifodalanib
k=(Н-h/ Н)*100%
Bunda: Н- metallni yoyguncha qalinligi, мм
h-yoyilgandan so‘ngi qalinligi, мм.
Metalni qalinligini o‘zgarishiga ezilish koeffitsiyenti deb ataladi va u quyidagi formuladan aniqlanadi:
.
Do'stlaringiz bilan baham: |