Mavzu: To`sonbosti muddatda kartoshka Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 59,9 Kb.
bet2/10
Sana13.06.2022
Hajmi59,9 Kb.
#662339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
To`sonbosti muddatda kartoshka

2.1.To`sonbosti muddatda kartoshka
To`sonbosti Kartoshka (lotinchaSolanum tuberosum L.) — Solanaceae oilasiga mansub tuganak mevali koʻp-yillik oʻtsimon oʻsimlik; asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri boʻlgan bir-yillik oziq-ovqat, texnika va xashaki ekin. Vatani — Jan. Amerika. 150 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari aksariyat Jan. va Markaziy Amerikada oʻsadi. Dehqonchilikda 2 turi and kartoshkasi (S.andigenum) va chili kartoshka yoki yevropa kartoshkasi (S.tuberosum) bir-yillik ekin sifatida ekiladi. Kartoshkani Amerikaning tubjoy aholisi bundan taxminan 14 ming-yil ilgari ekib kelgan. Yevropaga 1565-yil keltirilgan. Rossiyada 18-asr boshlarida ekila boshlagan. Oʻzbekistonga esa 19-asrning 70-yillaridan bu yerga koʻchib kelgan ruslar va tatarlar olib kelishgan. Jahon boʻyicha kartoshka ekilgan umumiy maydoni 17,9 million ga, hosildorlik 16,3 t/ga, yalpi hosil 294,3 million t (1999). Oʻzbekistonda ekin maydoni 52 ming ga, hosildorlik 12,7 t/ga, yalpi hosil 729,8 ming t (2000). Xitoy (3 millionga), Polsha (1,2 millionga)da koʻp ekiladi.
To`sonbosti Kartoshka oziq-ovqat va yem-xashak sifatida, shuningdek, kraxmal, spirt, glyukoza, dekstrin va boshqa mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Kartoshka tuganagi tarkibida 75—80 % suv, 23,7 % quruq modda, shu jumladan, 17,5 % kraxmal, 1—2 % oqsil, 0,5 % qand moddasi, 1 % mineral tuzlar, shuningdek V,, V2, V6, S, RR, D vitaminlari va provitamin A (karotin), poʻstida esa zaharli modda — solonin bor. Kartoshka kishilarning oziq-ovqat ratsionida muhim oʻrinda turadi. Fiziologik tavsiya normalariga koʻra, bir kishi uchun-yillik kartoshka isteʼmoli miqdori 45 kg ni tashkil etadi. Kartoshka namsevar (ayniqsa, gullash va tuganak tugish davrida), yorugʻsevar, bir qadar sovuqqa chidamli oʻsimlikartoshka Tuproqda tuganakdagi kurtaklari 5—8° da una boshlaydi. Tuganaklari va urugʻidan koʻpayadi. Meristema usuli bilan virussiz urugʻlik olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
kartoshka oʻsimligi boʻyi 50—80 sm, 3—6 poyali. Poyasining yer ostki qismida yer osti novdalar — stolonlarda tuganaklar — kartoshka paydo boʻladi. Kartoshkasi okdan to qizil tusgacha va turli shaklda bulib, sirtidagi chuqurcha — koʻzchalaridan kelgusi-yil yangi poyalar oʻsib chiqadi. Ildizi popuk ildiz tipida. Barglari juft patsimon bulingan, sargʻish-yashildan toʻq yashilgacha. Guli 2 jinsli, oq, och binafsha tusda, 2—3 tadan, baʼzan 4 tadan joylashgan. Oʻzidan, goho chetdan changlanadi. Oʻzbekiston sharoitida kartoshkaning koʻp navlari gʻunchalari toʻkilib, gullamaydi. Mevasi 2 chanoqli, koʻp urugʻli, sersuv rezavor.
Vegetatsiya davri 60—150 kun. Kartoshka pishib yetilish muddatlariga qarab tezpishar (maysalashidan yetilishiga qadar 60—65 kun), oʻrtacha tezpishar (70—80 kun), oʻrtacha kechpishar (PO—120 kun), kechpishar (130—150) navlarga boʻlinadi. Tuganagini va urugʻini ekib koʻpaytiriladi. Qora yoki qumloq tuproqli yerlarda moʻl hosil beradi. Kartoshka sabzavot almashlab ekish tizimida karam, bodring, poliz va dukkakli don ekinlardan boʻshagan yerlarda yetishtiriladi. Ertagi kartoshka yetishtirishda urugʻlik 20—40 kun yarovizatsiya qilinadi (maxsus yorugʻ xonada nish chiqarishi taʼminlanadi). Kartoshka ekiladigan yerning gektariga 60-150 kg azot (oziq modda hisobida), 100-200 kg fosfor va 30-60 kg kaliyli mineral oʻgʻit, 15—20 t goʻng solinadi, chuqur haydaladi. Ekish uchun, asosan, oʻrtacha kattalikdagi (50—80 g) kartoshka ajratiladi. Qator oralarini 60, 70, 90 sm, qatordagi tup oraligʻini 25, 30 yoki 35 sm qilib 8—12 sm chuqurlikda ekiladi. Ekish normasi gektariga 2,5—4 t. Intensiv texnologiyada oʻrtacha hosildorlik 42—44 t/ga ni tashkil qiladi.
Oʻzbekiston sharoitida faqat oziqovqat maqsadlarida yetishtiriladi. Ertagi kartoshka fevral oxiri — martda, janubiy r-nlarda hatto kech kuzda (okt,-noyabrda), kechkisi may oxiri — iyunda ekiladi. Kartoshka qator oralari oʻsuv davri davomida bir necha marta yumshatiladi, 500—800 m2/ga normada ertagisi har 7—10 kunda (7—8 marta), kechkisi har 8—10 kunda (10—15 marta) sugʻoriladi, oziqlantiriladi.
Oʻzbekistonda ekiladigan asosiy navlar:Aqrab — Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tekshirish institutida chiqarilgan va respublikada 1996-yildan r-nlashtirilgan. Oʻrtacha kechpishar, poʻsti kizil, eti oq, koʻzchalari chuqurroq, yumaloq, oʻrtacha vazni 100— 130g;3arafshon — Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida yaratilgan va respublikada 1985-yildan r-nlashtirilgan, tezpishar, serhosil, kam kraxmalli nav. Choʻziq-oval shaklda, poʻsti och-sargʻish, silliq, serkoʻz; Toʻyimli — Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tekshirish institutida yaratilgan, respublikada 1995-yildan r-nlashtirilgan. oʻrtacha kechpishar, issiqqa chidamli nav. Tugunaklari oq, yumaloq, eti oq, koʻzchalari chuqurroq, ogʻirligi oʻrtacha 110—130 g; Um id — Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tekshirish institutida yaratilgan, 2001-yildan r-nlashtirilgan, oʻrtacha tezpishar, ertagi va kechki muddatlarda yetishtirishga yarokli, tuganagi shakli choʻziq-oval, eti sariq.
Rossiyada chiqarilgan navlardan Sedov (ertapishar, serhosil, yumaloq, yirik, oq, yaxshi saqlanadi, aynimaydi); Lorx (oʻrtapishar, serhosil, tuganaklari yirik, dumaloq-oval, rangi oq, serkraxmal); Falenskiy (oʻrtapishar, eti sargʻish-oq, kam koʻzli, tuganaklari oq, choʻziq oval shaklda); Gollandiyada chiqarilgan navlardan 1998-yildan boshlab Diamant (oʻrtacha kechpishar, tuganaklari tekis, sargʻish, mazali); Kondor (tezpishar, rangi qizil, poʻsti silliq, serkoʻz); Kardinal (oʻrtacha kechpishar, rangi qizil, poʻsti silliq, serkuz) va boshqa ekiladi.

Download 59,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish