Xulosa.
Foydalanilganadabiyotlar.
Kirish
Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasining oshirilishi, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishida har bir fuqoroningshaxsiy ma’suliyati va daxldorligi yotadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda O’zbekistonda 2017-2021-yillarga mo’ljallangan Mamlakatimizni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yo’nalish belgilab beradi.
-Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish.
-Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish.
-Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va takomillashtirish.
-Ijtimoiy sohani rivojlantirish.
-Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash.
chuqur o’ylangan o’zaro manfaatlar va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni yuritish kabi masalalarni o’z ichiga oladi.
Mamlakatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqorolik jamiyatini qurish zamirida, avvalambor, inson manfaatlari, uning intelektual salohiyatini yuzaga chiqarish, kasb mahoratini oshirish uchun zarur shart-sharoit vazifalari mujassam. Bu borada barkamol avlodni tarbiyalash, umumta’lim maktablari, oliy va o`rta maxsus ta’lim sohasida yuqorimalakali kadrlarni tayyorlash, ilm-fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish o`rtasidagi o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O`quv jarayonida samaradorlikka erishish uchun zamonaviy ilg`or pedagogik texnologiyalar, noan’anaviy dars usullari va o`zaro faol o`quv jarayonini tadbiq qilish lozim. O`zaro faol usullarni o`quv jarayoniga qo`llash uchun esa o`tiladigan mavzuni talabalar, o`quvchilar o`zlari mustaqil tayyorlab kelishlari talab etiladi. Jarayonning samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion usullarini qo`llashda endi biz – pedagoglar “O`quvchlarni o`qitmaymiz, balki kitobni o`qishga o`rgatamiz” shiorini amalga oshiramiz. Buning sabababi shundaki, agarda talaba va o`quvchilar darsga tayyor holda kelmasalar, hech qanaqa faol usuldan samarali foydalanib bo`lmaydi. Natijada o`qituvchi yana o`z-o`zidan an’anaviy shaklda dars o`tishiga to`g`ri keladi.
To`plam tushunchasi matematikada ta`rifsiz qabul qilinadigan tushunchalardan biridir. To`plamni tashkil qiluvchi obyektlar, jismlar, sonlar va hokazo to`plamning elementlari deyiladi. Masalan, dars xona-sidagi partalar to`plami, guruhdagi talabalar to`plami, ma`lum yo`nalish-da qatnaydigan avtobuslar to`plami va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |