Mavzu: Tomatdosh ekinlar konservalarini tayyorlash texnologiyasi Kirish Asosiy qism


Inspeksiya, tomatni chayish va suvni oqizish



Download 0,97 Mb.
bet6/12
Sana27.06.2022
Hajmi0,97 Mb.
#709883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tomatdosh ekilar konservalarini tayyorlash texnologiyasi

Inspeksiya, tomatni chayish va suvni oqizish. Inspeksilashda defektli tomatlar, mevaning dumi olinadi. Pishib yetilmagan tomatlar alohida yig‘ilib tuzlamalarga ishlatiladi.
Inspeksiya qo‘l yordamida ishchi organi roliklardan iborat bo‘lgan transportyor ustida amalga oshiriladi. Tomat mevasi roliklar ustida uzluksiz aylanib oldinga siljiydi. Transportyor tezligi 0,1 m/s –dan oshmasligi kerak. Dushlash nuqtalari tomatni transportyordan tushirish joyidan 1 m oldinda o‘rnatiladi, natijada tomat transportyordan tushguncha undagi suv oqib ketib ulguradi.
Tomatlarni maydalash va urug‘ini olish. Keyingi bosqichlarda isitish va ishqalash mashinasida fraksiyalash jarayonlarini osonlashtirish uchun tomat dastlab maydalanadi. Isitishdan ilgari tomatning ekiladigan urug‘i ajratiladi. Agar isitilmagan tomat ishqalash mashinasida fraksiyalansa chiqit, miqdori keskin oshadi.
Urug‘ ajratgich valeslar, to‘r korpusli baraban, maydalagich, finisher va yig‘gichdan iborat. Inspeksiyalash transportyoridan tomatlar ularni maydalovchi aylanuvchi valeslarga tushadi. Tomat massasi aylanuvchi barabanga tushadi. Baraban teshiklaridan sharbat va urug‘ o‘tadi. Et barabandan chiqib maydalagichdan o‘tadi va yig‘uvchiga tushadi. Dastlab finisherda urug‘dan ajratilgan sharbat ham yig‘uvchiga uzatiladi.
Xo‘jaliklarda o‘rnatilgan dastlabki qayta ishlash sexlaridan keltirilgan maydalangan tomat massasi konserva zavodida sisternalarga qabul qilib olinadi va undan qayta ishlashga sexga uzatiladi.
Sisternalarda tomat massasi aksariyat hollarda qatlamlanadi. Bu muammo ishlab chiqarishga ziyon yetkizmasligi uchun sisternalar sirkulyatsion nasoslar yoki propellerli aralashtirgichlar bilan ta’minlanadi.
Isitish. Maydalangan tomat massasi erimaydigan protopektinni pektinga aylantirish uchun isitiladi. Bu tomat po‘stlog‘ini etdan ajratish jarayonini osonlashtiradi, ishqalash mashinasida tomat massasini fraksiyalashda po‘stloq va urug‘dan iborat chiqitni 12,5 -dan 3,5-4% -ga tushurilishini ta’minlaydi.
Isitish natijasida pektin saqlanib qoladi. Erimaydigan protopektin chiqitga chiqib ketadi, eruvchan pektin esa mahsulot tarkibida qoladi. Pektin mahsulot bir jinsliligini ta’minlaydi, uni qatlamlanib sharbat va etga ajralishiga yo‘l qo‘ymaydi. Qatlamlanish quruq modda konsentratsiyasi uncha baland bo‘lmagan mahsulotlarda ko‘p uchraydi.
Tomat massasini dastlab isitish bug‘latish jarayonini me’yordagi sharoitda olib borish uchun ham katta ahamiyatga ega. Issiq massa bug‘latish apparatida tez qaynaydi. Yaxshi isitilmagan massa apparatda dastlab sekin qimirlaydi, bu esa qaynatish quvurlari yuzasida kuyindi hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Mahsulotning hujayralar aro bo‘shlig‘idagi havo undan pulpa olganda pulpaning tarkibida qoladi, isitishda ushbu havo chiqarib yuboriladi. Deaeratsiyalash natijasida mahsulot tarkibidagi vitaminlarning saqlanib qolish imkoniyati ortadi, qaynatishda ko‘pik hosil bo‘lishi kamayadi.
Isitish natijasida mahsulot tarkibidagi fermentlar inaktivlashadi, mikroorganizmlar halok etiladi. Bu tomatning kimyoviy komponentlari saqlanib qolishini ta’minlaydi, jumladan pektinni. Maydalangan tomat massasi 750S temperaturagacha isitiladi (baland temperaturada apparat ichida ushlab turilmaydi). Mog‘orlar va drojjalarni to‘liq o‘ldirish uchun ishqalab maydalangan massa oqimda 110-1200S -da 35 s davomida sterillanadi.
Isitish uchun uzluksiz ishlovchi isitgichlar ishlatiladi – ko‘p yo‘lli quvurli, qobiqquvurli, ikki quvurli (“quvur ichida quvur”). Ushbu isitgichlar 130-150 kPa bosimli bug‘ yordamida isitiladi. Isitgich quvurlarini ketma-ket qo‘shganda nasos yordamida uzatiluvchi tomat massasi uzoq yo‘l bosadi, katta tezlikda harakat qiladi va tezda (20-30 s-da) isiydi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish