Sharbatni deaeratsiyalash. - Sharbatni deaeratsiyalash.
- Chuqur vakuum ostida deaeratsiyalangan mahsulot tarkibida С vitamini saqlanib qoladi. Mahsulotni qadoqlashdan ilgari isitish natijasida ham shu kabi samaraga erishiladi. Shuning uchun ko‘plab zavodlarda tomat sharbati mexanik usulda deaeratsiyalanmaydi.
- Sharbatni qadoqlash. Tomat sharbati issiq holatda uch litrli bankalarga, boshqa turdagi shisha idishlarga, temir bankalarga qadoqlanadi. Mahsulot solingan tara germetik tarzda berkitiladi. Tomat sharbatini saqlash vaqtida С vitamini yo‘qolmasligi uchun bankada qolgan bo‘shliqdan havo chiqariladi. Bu vakuum-qadoq- lagich va vakuum-berkitgichlar mashinalar yordamida amalga oshiriladi.
- Mahsuiotning kimyoviy moddalariga yorug‘lik nurlari ta’sir etmasligi uchun tomat sharbati to‘q rangli shishadan tayyorlangan bankalarga qadoqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |