Ishqalangan tomat massasi olish
Po‘stloq va urug‘i ajratib olingan tomat massasi tomat pulpasi deyiladi. Pulpa gomogenizatsiyalanib deaeratsiyalangach u tomat sharbatiga aylanadi. Tomat sharbati, tomat pyuresi, tomat pastasi, hamda quyultirilgan tomat sharbati sanoat YaTM hisoblanadi.
Tomat pyuresi va pastasi tomat pulpasini bug‘latish natijasida olinadi. Ishlab chiqarish operatsiyalari quyidagilardan iborat: yuvish, inspeksiyalash, mevani chayish va undan suvni oqizish, tomatni maydalash, isitish, ishqalash mashinasida pulpa va chiqitga fraksiyalash.
Tomatlarni qayta ishlashga berish. Mevani qayta ishlashga uzatish uchun har 1 m-da 8-12 mm egilish bilan o‘rnatilgan gidravlik transportyor ishlatiladi. Unda suv oqadi. Suv tomatni yuvadi va sex ichiga suradi.
Gidravlik transportyor betonlangan kanal ko‘rinishida tashkil etiladi. U polda o‘rnatiladi va ustiga oson olinadigan metall plita yoki yog‘och qopqoqlar o‘rnatiladi. Bazan yog‘och tarnov ko‘rinishida qurilishi mumkin.
Gidravlik transportyordagi oqimning harakatlanish tezligi v quyidagi formula yordamida hisoblanadi
bunda S – transportyor ichki yuzasining silliqlik koeffitsienti (tomat liniyalarining sementlangan gidravlik transportyorlari uchun S = 26,5); R – gidravlik radius (oqim ko‘ndalang kesimi maydonining suv osti yoki “ivigan” perimetriga nisbati); I – egiklik (0,008-0,12).
Suv–tomat oqimining harakat tezligi 0,7-1,0 m/s-ni tashkil etadi. Og‘ir begona predmetlarni (tosh, yashchik mixlari) tutib qolish uchun transportyor uzunligida chuqurcha ko‘rinishidagi tutgichlar tashkil etiladi.
“Lang” (Vengriya) rusumli tomat pastasi liniyasida tomat solingan yashchiklar rolgang orqali tomatni transportyorga ag‘darish moslamasiga uzatiladi. Transportyordan tomatlar gidrojelobga o‘tadi. Suv gidrojelobni boshlanish va oxirida tomat harakatiga perpendikulyar yo‘nalishda o‘rnatilgan forsunkalar yordamida purkaladi. Uzunligi 16 m bo‘lgan gidrojelobda 4 -ta tutgich o‘rnatilgan. Tutgich usti yirik teshikli to‘r bilan to‘silgan. Gidrojelobdan tomatlar egik qirg‘ishli transportyor yordamida yuvish mashinasiga uzatiladi.
Yuvish. Tomatlar ventillyatorli yuvish mashinasida yuviladi. Gidravlik transportyor va yuvish mashinasi orasiga egik yoki “g‘ozbo‘yin” transportyor o‘rnatiladi. Yoinki to‘g‘ridan to‘g‘ri elevator yuvish mashinasi o‘rnatiladi.
Yuvish mashinasi va inspeksiya transportyoridan iborat agregat ham ishlatilishi mumkin. Ushbu mashinaning ishchi organi rolikli lenta ko‘rinishida tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |