Joriy operatsiya hisobi defitsitining ma’qullangan miqdori.
Agar joriy operatsiya
hisobi defitsiti prognozlashtirilayotgan bо‘lsa, defitsitni moliyalashtirishni ta’minlash va
qarz berish bilan bog‘liq bо‘lgan muammoni chetlab о‘tish imkonini beruvchi hajmdagi
kapitallar oqimiga davlat kafolat bera olish
−
olmasligi muhim hisoblanadi. Mamlakatning
chet el valyutasini qо‘lga kiritish imkonini kengaytiruvchi, tashqi qarz bо‘yicha ma’qul
pozitsiyasini ta’minlash zayom vositalaridan samarali foydalanishni talab qiladi. Boshqa
muhim omillar sirasiga makroiqtisodiy siyosatning asoslanganligi, tashqi shart-sharoit,
shuningdek, kreditorlarning davlatga berilgan kreditlar summasini oshirishga tayyorligi
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |