MAVZU–3. TО‘LOV BALANSI
3.1. Ikkiyoqlama yozuv asosida hisobga olish tizimi
Tо‘lov balansi hisoblarini tuzishning asosiy maqsadlaridan biri tashqi muvozanatlikni
tо‘g‘rilash ehtiyojining paydo bо‘lganligi tо‘g‘risidagi ma’lumotga ega bо‘lishdir. Biroq
ikki taraflama yozuv tizimi tо‘lov balansida debet va kredit tengligini nazarda tutadi.
Shuning uchun unda ijobiy saldo yoki defitsitni kо‘rsatish uchun barcha tashqi
operatsiyalarni summalash va bu guruh ichidagi operatsiyalarni moddalardan ajratish kerak
(chiziq ostidan yoki ustidan).
Chiziqni tortish yerini hal qilish tо‘lov balansi bosh ehtiyojining a’lo darajadagi qaysi
operatsiyalar doirasini kо‘rsatish tо‘g‘risidagi subyektiv nazarni ifodalaydi. Mustaqil
hisoblangan operatsiyalarga bо‘lgan yondashuvlarning biriga asosan, avtonom moddalarni
kompensatsiyalash uchun ular amalga oshiriladigan operatsiyalardan ajratilishi kerak.
Boshqa yondashuv doirasida asosiy e’tibor operatsiya xarakterining о‘zgaruvchanligiga
qaratiladi: nostabil deb qaraladigan operatsiyalar tо‘lov balansining umumiy holatini kо‘rish
uchun “chiziq ostida” belgilanadi.
Afsuski, moddalarni farqlash uchun yagona о‘lchov birligi mavjud emas, chunki
bunday bо‘lish sezilarli darajada operatsiyani amalga oshiruvchi iqtisodiy agent
motivatsiyasiga nisbatan subyektiv qarashni ifoda etadi. Shuningdek, qanday moliyaviy
aktivlar yuqori о‘zgaruvchanlik bilan xarakterlanishini aniqlash mumkin. Balans
tushunchasiga bir qator turli yondashuvlar borligi ham bejiz emas.
Tо‘lov balansining tor ma’nosi savdo balansi, ya’ni FOV asosida ekspert va import
saldosini ifodalash uchun ishlatiladi. Biroq iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda tovarlar va
xizmatlar oqimi orasidagi farq subyektiv hisoblanadi. Xizmat eksportidan tushgan chet el
valyutasi birligi, tovar eksportidan tushgan chet el valyutasi birligidan maqsadining tashqi
savdo balansining ahvolini yaxshilashga qaratilganligi bilan farqlanadi. Savdo balansi
asosan bojxona hisobotlaridan foydalanib, tovar savdosi bо‘yicha ma’lumotlarga nisbatan
tezroq ega bо‘lish mumkinligi sababli qо‘llaniladi.
Nazariy nuqtai nazardan “joriy operatsiyalar hisobi” tushunchasi ahamiyatga
ega.
Mavjud nuqtai nazarlarning biriga asosan, bu hisob о‘z ichiga tovar savdosi, xizmat va
daromadlar, boshqasiga kо‘ra esa bundan tashqari, xususiy yoki umuman bir yoqli
transfertlarni oladi. Xususiy bir yoqli transfertlar tо‘lov balansini tо‘g‘rilash nuqtai
nazaridan qaralganda tarkibga kirishi mumkin. U holda boshqa hech qaysi tarkibga
kirmaydigan mehnat daromadi kо‘rsatkichni chiziq ustiga, chet eldan kelgan imigrant
xizmatchilarni esa chiziq ostiga joylashtiriladi. Ba’zan rasmiy transfertlar joriy oqim esa,
balansni kapital oqimi bо‘lganligi uchun hisobga olinmaydi. Biroq bir yoqli transfertlarni
chiziq ostida hisobga olishda muammolar paydo bо‘ladi: