Mavzu. Timss baholash dasturining maqsadi. Timssining dastur yoʻnalishlari, mazmun sohalari, kognitiv sohalar (bilish, qoʻllash, mulohaza yuritish). Timss topshiriqlari, ularni baholash mezoni


Matematika mazmun doirasi – sakkizinchi sinf



Download 499,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana14.06.2022
Hajmi499,35 Kb.
#671632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5 (1) (1)

Matematika mazmun doirasi – sakkizinchi sinf 
1.3-jadvalda TIMSS mazmuni – sakkizinchi sinf va har bir sinf uchun 
maqsadli foizlar ko‘rsatilgan. Har bir mazmun doirasi mavzuiy sohalarni o‘z ichiga 
oladi va, o‘z navbatida, bir nechta mavzularni qamrab oladi. Sakkizinchi sinfda har 
bir mavzu taxminan bir xil baholash tizimiga ega. 
Sakkizinchi sinf 
Mazmun sohasi 
Foizlarda 
Sonlar 
30 % 
Algebra 
30 % 
Geometriya
20 % 
Ma’lumotlar va ehtimollik 
20 % 
Sonlar 
Sakkizinchi sinfda, baholash tizimining 30 % i uchta mavzuiy sohadan iborat: 

Butun sonlar (10%) 

Oddiy va o‘nlik kasrlar (10%) 

Munosabat, ulush va foiz (10%) 


To‘rtinchi sinfda fan bo‘limlarini o‘zlashtirish barobarida sakkizinchi sinf 
o‘quvchilari butun sonlar uchun amallar va yanada rivojlangan tushunchalar orqali 
olgan ko‘nikmalarini rivojlantirishlari lozim edi, shuningdek, ratsional sonlar (butun 
sonlar, kasr sonlar va o‘nli kasrlar)da o‘zlarining matematik tushunchalarini 
kengaytirishlari lozim. O‘quvchilar mavzularni tushunishlari va butun sonlar bilan 
hisoblay olishlari kerak. Oddiy kasrlar va o‘nli kasrlar kundalik hayotning muhim 
qismidir, kattaliklarni hisoblashda belgilardan foydalanishni talab qiladi. 
O‘quvchilar oddiy kasrlar va o‘nli kasrlar, ixtiyoriy ratsional sonni oddiy belgilar 
bilan ifodalash mumkin va ta’lim oluvchilar ratsional sonlarni izohlash o‘rtasidagi 
farqlarni bilib olishlari, o‘quvchilar munosabat, proporsiya va foizlar bilan bog‘liq 
muammolarni hal qila olishlari kerak. 
Butun sonlar 
1.Sonlar va amallarning xususiyatlari haqida tushunchani namoyish etish; 
ko‘paytuvchilarga ajratish va sonning bo‘luvchilarini topish va ularni bajara olish, 
tub sonlarni aniqlash, musbat sonlar va butun sonlarini aniqlash, kvadrat ildizdan 
chiqarish, butun sonlarni kvadrat ildizdan chiqarish muammolarini hal qilish. 
2. Musbat va manfiy sonlar bilan bog‘liq muammolarni hisoblash, shu 
jumladan, sonlar o‘qida amallar bajarish, tasvirlash (masalan, termometr).
Oddiy va o‘nli kasrlar 
1. Oddiy va o‘nli kasrlarni taqqoslash, qisqartirish.
2. Oddiy va o‘nli kasrlar bilan hisob-kitoblarni bajarish. 
Munosabat, ulush va foiz 
1. Teng kuchli qiymatga ega bo‘lgan tenglamalar ustida amallar. 
2. Oddiy va o‘nli kasrlar, foizlar o‘rtasidagi munosabatlarni inobatga olgan 
holda, proporsiya va foizlarga bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish. 
Algebra 
Baholash tizimining 30% i algebra bo‘limida bo‘lib, u 2 qismdan iborat.

Ifodalar, amallar bajarish va tenglamalar (20%) 

Munosabatlar va funksiyalar (10%) 
Atrofimizni o‘rab turgan borliq munosabatlarini matematik ifodalashda bizga 
algebra ko‘maklashadi. O‘quvchilar haqiqiy hayotdagi muammolarni algebraik 
modellar yordamida va algebraik tushunchalarni kiritgan holda munosabatlarni 
tushuntirishni bilishi lozim. Ular formula bilan ishlashni bilishi, algebraik usul bilan 
topish mumkinligini tushunishlari lozim. Bu tushunchalardan chiziqli tenglamalarni 
hisoblashda, o‘zgaruvchilarni ifodalash uchun funksiyalardan foydalanishi mumkin.

Download 499,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish