Inson tilining paydo bo‘lishida imo-ishoralarning ham ma’lum darajada ahamiyati borligini ko‘pgina olimlar qayd etib o‘tishgan. Masalan, V.Vundt eng avval ikkita til bo‘lganligini, ularning biri tovush tili, ikkinchisi esa imo-ishoralar bo‘lganligini ta’kidlaydi. Tovush tili orqali odamlar imo-ishoralar bilan izohlab bo‘lmaydigan his-hayajonlarni ifodalagan bo‘lsalar, imo-ishoralar bilan esa narsa-predmetlarning, voqea-hodisalarning ifodalanganligini ko‘ramiz, degan fikrni beradi olim. V.Vundt qo‘l va mimika orqali ruxsat, ta’qiq, ko‘rsatish, iltimos, xavf va shodlik kabi ma’nolar ifodalanganligini aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |