Birinchi bor qadimgi yunon olimlari tovushga taqlid farazi asosida til paydo bo‘ldi degan fikrni olg‘a surdi. Mazkur faraz XIX asr, hatto XX asr boshlarida ham ta’sir kuchini yo‘qotgani yo‘q. Nemis olimi V.fon Gumboldt ham bu nazariyaning tarafdori edi. Bu farazda tilning paydo bo‘lishi tabiatdagi turli xil hayvonlarning, qushlarning, sharsharalarning ovozlari ta’sirida yuz bergan, - degan g‘oya olg‘a suriladi. Masalan: suvning shar – shar deb ovoz chiqarib oqishidan sharshara, qarg‘aning qar-qar deb ovoz chiqarishidan qarg‘a, eshikning shiq – shiq deb ochilib yopilishidan eshik va boshqalar. Qadimgi Xitoyda oilada chaqoloq tug‘ilsa, chinni buyumni tashlab yuborgan sinayotganda chiqargan tovushiga qarab chin, chang, sing, su kabi ism qo‘yishgan deyiladi. Tovushga taqlid so‘zlarni hosil qilishda tashqi omillarni nazarda tutsa, undov farazida inson tilining paydo bo‘lishida ma’lum qiymatga ega bo‘lgan so‘zlovchilarning ichki his-tuyg‘ulari nazarda tutiladi: tuf, uf, voy, ii, dod kabilar. Ammo his-tuyg‘ularni nazarda tutuvchi bunday so‘zlar tilimizda sanoqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |