Bizningcha, V.Vundt fikriga ham qisman qo‘shilish mumkin. Chunki imo-ishoralardan hozir ham tilimizda foydalanmoqdamiz. Ammo bu vosita har bir xalqda bir xilda qo‘llanilmaydi. Masalan, bir soatlik so‘zlashuv davomida meksikalik 180, fransuz 120, italiyalik 80, finlandiyalik esa atigi bir marta imo-ishoralardan foydalanishi qayd etilgan. Bundan tashqari, imo-ishoralar xalqlarda bir xil ma’noda qo‘llanilmasligini ham kuzatamiz. Agar bolgariyaliklar boshini chap tomondan o‘ng tomonga yoki aksincha chayqasa, tasdiq ma’nosini, vertikal yo‘nalishdagi bosh harakati bilan esa inkor ma’nosini ifodalasalar, o‘zbeklarda buning teskarisini ko‘ramiz [N.Turniyozov, 2002: 14].
Do'stlaringiz bilan baham: |