Tillarning o‘zaro ta’siri va rivojlanishi. Til rivojlanishining dinamik jarayoni dastlabki yozuv paydo bo‘lgan davridayoq o‘z qonunlariga ega bo‘lgan. Qiyosiy - tarixiy tilshunoslik shuni ko‘rsatadiki, har qanday til oilasi rivojlanishida boshqa tillar ta’sirida bo‘lib, ma’lum tayanch tilga borib taqaladi. Ushbu rivojlanish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Asosiy til yangi tillarning paydo bo‘lishiga olib keladigan dialektlarga bo‘linadi. Yangi tillar tillar oilasini tashkil etuvchi tillar guruhlari va kichik guruhlari uchun asosiy tillardir. Tillar tug‘ilmaydi lahja va shevalardan kelib chiqadi. Ming yillar davomida aloqaning uzilishi asosida bir til shevalaridan yangi tillar paydo bo‘laveradi. Tillarning ko‘payishi shu tarzda sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |