2- mavzu: Til va yozuv masalalari
REJA:
1.Yozuv haqida umumiy tushuncha.
2.O‘zbek yozuvlari tarixi.
3.O‘zbek yozuvlarining rivojlanish bosqichlari.
4.Grafika.
5.Orfografiya
O‘zbek xalqi o‘zining k o‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida birqancha yozuvlardan foydalanib keldi. Miloddan oldingi asrlardanoqajdodlarimiz o‘z tarixini, badiiy va ilmiy ijodini tarixiy sharoitdan kelib chiqqan holda turli yozuvlarda bitib qoldirganlar.
Markaziy Osiyo eng qadimgi madaniyat va ma’rifat o‘choqlaridan biridir. Bu hududda yashagan xalqlarjuda qadimdan yozuv madaniyatiga ega b o‘lganlar. Arxeologik tekshirishlarXorazmda yashagan xalqlareramizning boshlaridayoq(III asr) ancha rivojlangan yozuv sistemasiga ega ekanliklarini isbotlab berdi. Tojikiston hududidagi Mug‘ tog‘ida (Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘ida) qazuv ishlari (1933-yil) VIII asrda so‘g‘d yozuvida bitilgan qimmatli hujjatlarni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Sibirda, M o‘g‘ulistonda, Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning turli joylarida ikki xil turk yozuvi yodgorliklari topildi. Bu yozuv yodgorliklari, keyin aniqlanishicha, qadimgi turk va qadimgi uyg‘uryozuv yodgorliklari b o‘lib chiqdi.
Bu yozuvlarning ahamiyati juda kattadir. Turk xalqlarining tarixi uchun ham, turk tillari tarixi uchun ham bu yodgorliklarg‘oyat qimmatlidir. Shu bilan birga bu yozuvlarning etnografik ahamiyati ham bordir. Qadim zamonlarda turk xoqonlarining qabriga o‘lgan kishining tarjimai holi, qilgan ishlari, olib borgan urushlarini aksettiruvchi bitik toshlarqo‘yarekanlar. Shuningdek, bu yozuvlarqadimgi turk davlatining qurilishi, ijtimoiy tuzumi haqida ham ancha yaxshi tasavvurberadi.
Qadimgi turk yozuvi yodgorliklari dastlab Enasoy va O‘rxun (Shimoliy M o‘g‘uliston) daryolari bo‘ylarida topilganligi uchun ularni O‘rxun-Enasoy yozuvlari deb atadilar. Keyinchalik bu yozuvlarG‘arbiyYevropa run yozuvlariga o‘xshash b o‘lganligi uchun ularni runik yozuvlarnomi bilan ham yurgizdilar.
Runik yozuvlar(“O‘rxun-Enasoy” yozuvlari) alfavit (fonetik) yozuvning ancha takomillashgan turidir. Bu yozuvlarda tilda mavjud b o‘lgan harbirtovush uchun maxsusbelgi qo‘llangan. 28 tovushni ifoda etish uchun alohida belgilarolingan. Shu jumladan, t o‘rtta belgi unli tovushlaruchun (a-a.., i-i, o‘-u, o-u) ishlatilgan. Bundan tashqari, til oldi va til orqa (yumshoq-qattiq) d, y, l, n, q, s, t, rtovushlari uchun harbiriga alohida-alohida belgilar(16 harf) ishlatilgan; shuningdek, (lt, nt, nch) tovush birikmalari uchun ham alohida belgilarolingan. Bundan tashqari, k o‘pgina tovushlarning ifodasi birnecha shaklga ega b o‘lgan. Shunday qilib, runik yozuvlarda hammasi b o‘lib 72 belgi qo‘llangan.
XIX asroxirlarida, runik yozuvlardan tashqari, Sharqiy Turkistonda uyg‘uryozuvi yodgorliklari ham topilgan, keyinroquyg‘uryozuvi yodgorliklari ham Markaziy Osiyoda topildi. X-XV asrlarda yaratilgan bu yodgorliklarning k o‘pchiligi eski o‘zbek tilida yozilgan. Qadimgi uyg‘uryozuvida bitilgan yodgorliklarning eng eskisi Yusuf XosHojibning “Qutadg‘u bilik” asaridir(“Vena nusxasi”). Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq” asari, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”si, “Me’rojnoma” (XIV asr), Lutfiy va boshqa shoirlarning ayrim she’rlari, T o‘xtamishxon va TemurQutlug‘ning yorliqlari mana shu uyg‘uralifbosida bitilgan.
Ma’lum tarixiy sabablarga k o‘ra, arab alifbosi Markaziy Osiyo xalqlarining yozuvlarini asta-sekin siqib chiqardi. Lekin birqancha asrlardavomida arab yozuvi bilan birga Markaziy Osiyo xalqlarining (turk xalqlari va tojiklarning) yozuvlari ham ishlatilganligi ma’lum. Bizning davrimizgacha yetib kelgan “Qutadg‘u bilik” (XI asr), “Hibatul-haqoyiq” (XII asr) asarlarigina emas, balki XIV-XV asrlarda yaratilgan ayrim yodgorliklarning ham uyg‘uryozuvida bitilganligi, hatto “Oltun yorug‘” yodgorligining XVII asroxirlarida yozilganligi uyg‘uralfavitining juda uzoqdavrlargacha saqlanib kelganidan darak beradi.
Qanday b o‘lmasin, arab yozuvi mahalliy xalqlarning tiliga moskelishkelmasligidan qat’i nazar, islom dini kirgan joylarda keng tarqalgan.
Arab yozuvida bitilgan eng eski turk tillari yodgorligi (“Qutadg‘u bilik”ning uch nusxasidan ikkitasi, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari) XI asrga taalluqlidir. O‘zbek xalqi bunyodga kelgandan beri yaratilgan yodgorliklarning deyarli hammasi mana shu arab alfavitidadir.
O‘zbek xalqi tarixida yaratilgan juda k o‘p yodgorliklarni hartomonlama o‘rganish, umuman, xalqimiz madaniyatini, adabiyotini, tarixini o‘rganish uchun arab yozuvini bilishimiz zarurb o‘ladi.
Arab alifbosiga asoslangan yozuv xalqimizning ming yillik tarixi davomida qo‘llanib keldi va 1930-yili lotin alifbosi bilan almashtirildi. 1940-yilda esa rusalifbosiga o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘zbek tilining tovushlartizimi, ohangdorligi va jilosini t o‘la ifodalay oladigan yozuvga-alifboga o‘tish zaruriyati tug‘ildi.
1993-yil 2-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish t o‘g‘risida” Qonun qabul qildi. Bu alifbo 31 harf va 1 tutuqbelgisidan iborat etib belgilandi. Yangi alifbodagi ba’zi harflarjahon aloqa-aralashuv (kommunikatsiya) tizimiga kirishimizda ma’lum qiyinchiliklartug‘dirish mumkinligi hisobga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-mayda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish t o‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlarkiritish haqida qarorqabul qildi. Qarorga binoan, lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi 26 harf va 3 harflarbirikmasidan iborat etib belgilandi. Yangi alifbo asosida O‘zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-sonli qaroriga ilova tarzida “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” tasdiqlanib, unli harflarbilan tovushlarmutanosibligi, asosva qo‘shimchalarimlosi, qo‘shib yozish, chiziqcha bilan yozish, ajratib yozish, bosh harflarimlosi, k o‘chirish qoidalari o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish t o‘g‘risida”gi 1995- yil 24- avgustda 339-sonli qarorbilan “ O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ni tasdiqladi. Bu imlo qoidalari 1956-yil 4-apreldagi “ O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari”dan tubdan farqqiladi. Jumladan, tovush – harf munosabatiga bag‘ishlangan qism qayta yozilgan, morfologik tamoyilga asoslanish nisbatan ortgan: -gin, -gina qo‘shimchalari uch xil yozilishi qoidalashtirilgan; juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladigan bo‘lgan; tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yilishi yil va oylarni k o‘rsatuvchi arabcha raqamlarga ham tatbiqetilgan va boshqalar. Ikkinchi qismi turdosh ot b o‘lgan geografik nomlar(Qoratog‘), sifat va atoqli otlardan tuzilgan geografik nomlar(Shimoliy Kavkaz) yozilishi kabi ayrim qoidalarancha ixchamlashgan. Parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga egalik qo‘shimchalari qo‘shilishidagi holat alohida izohlangan; men, sen olmoshlariga -ni, ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda qo‘shimchadagi n tovushi aytilmasligi va yozilmasligi aniqqilib tushuntirilgan va hokazolar.
“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi” 26 harf va 3ta harfiy birikma va tutuqbelgisidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |