Mavzu: Til va terminologiya



Download 260,86 Kb.
bet10/12
Sana01.06.2022
Hajmi260,86 Kb.
#627366
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
6-amaliy mashg\'ulot

Barcha ilmiy sohalardagi singari, kimyoga oid terminlarda ham old qo‘shimchalari va yasovchi qo‘shimchalar keng qo‘llaniladi. Dastavval, SI xalqaro birliklar sistemasi birliklarining karrali va ulushli qiymatlari uchun qo‘llaniladigan old qo‘shimchalardan boshlaymiz. SI tizimida yettita asosiy birlik mavjud. Bular: massa birligi – kilogramm; uzunlik birligi – metr; vaqt birligi – soniya; modda miqdori birligi – mol; tok kuchi birligi – amper; termodinamik harorat birligi – kelvin; hamda, yorug‘lik kuchi birligi – kandela birliklaridir. Avvaliga, karrali birliklar uchun yunoncha o‘zak qo‘llanishi va birlik belgisi bosh harf bilan yozilishi; va aksincha, ulushli birlik uchun esa o‘zak lotin tilidan olinishi, hamda, belgisi esa shunchaki, kichik harf bilan yozilishi orqali, ularni o‘zaro farqlashga kelishib olingan edi. Lekin, bu g‘oya amalda o‘zini mutlaqo oqlamadi va turli chalkashliklar, tushunmovchiliklarga olib keldi. Natijada, hozirda, quyidagi jadvalda keltirilgan ko‘rinishdagi karrali va ulushli birliklar qoidasi qabul qilingan. Sezish qiyin emaski, ayrim «ulushlar» 10 ga karrali bo‘lsa, yana boshqalari 1000 ga karralidir. (o‘nga karrali ulushlarning ayrimlari Farang inqilobi paytida qabul qilinganligini ham eslatib o‘tamiz).

Mazkur jadvalga va umuman asosiy birliklar qatoriga ko‘z tashlaganda kishi e’tiborini albatta tortadigan narsa shuki, SI qoidalariga zid ravishda, massa birligi uchun avvalboshda karrali birlik - «kilo» qo‘llangan. Bu tarixan shunday shakllanib, jamiyat hayotiga singib bo‘lgan tushunchadir. «Kilo» so‘zi yunon tilidagi chilioi so‘zidan olingan; uning ma’nosi «mingta» degani bo‘ladi. Qadimgi yunon manbalarida bu sonni ifodalash uchun χ (xi) harfida foydalanilgan. Chunki, qadimgi yunon tilida bu so‘z aynan shu harf orqali, ya’ni, xiloi ko‘rinishida yozilar edi. Kilo- ga ulab yoziladigan «gramm» so‘zi esa aslida birlikning o‘zagi bo‘lib, u ham yunon tilidan kelib chiqqan. Yunonlarda gramma – eng kichik vazn birligining nomi bo‘lgan. Boshqa birliklar nomlari etimologiyasiga qisqacha to‘xtalib o‘tsak: metr – yunoncha metron - «o‘lcham» deganidir; soniya esa xalqaro manbalarda sekund deb yuritiladi va u lotincha secunda - «ikkinchi» degan so‘zdan olingan. Bunda, burchak gradusining birinchi bo‘lib, daqiqaga va ikkinchi bo‘lib soniyaga bo‘linishi nazarda tutiladi. Ya’ni, terminning asl ma’nosi «ikkinchi bo‘linish» degan mazmunni bildiradi. Buning asosida, soatning ham avvaliga daqiqalarga va keyin soniyalarga bo‘linishi yotadi. Mol haqida avvalgi bo‘limda ma’lumot bergan edik. «Amper» va «kelvin» terminlari esa, tegishli fan sohalarida muhim kashfiyotlar qilgan buyuk fizik olimlarning familiyasi sharafiga nomlangan birliklardir. Kandela esa ko‘plab Yevropa tillarida juda qadimdan saqlanib qolgan so‘z bo‘lmish «candela» so‘zidan olingan va uning ma’nosi «sham» degani bo‘ladi. (Bizdagi «qandil» so‘zi ham shu so‘z bilan o‘zakdosh bo‘lsa ajab emas...).


Download 260,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish