Mentalingvistika. O‘tgan asrning 80-yillaridan buyon ilmiy tadqiqotlar paradigmasi o‘zgardi. Agar ilmiy fundamental fanlar tomonidan nazariy g’oyalar yaratilgan va ular ayotga joriy etilgan bo‘lsa, ya’ni “nazariyadan amaliyotga” tamoyili ustuvorlik qilgan bo‘lsa, hozir uning aksi kuzatilmoqda: nazariy tadqiqotlar yo‘nalishini u yoki bu texnologiyaning taraqqiyotiga ehtiyoj belgilamoqda. Endilikda tilning ichki tuzilishini o‘rganish bilan bir qatorda til sohibining kommunikatsiya jarayonidagi o‘rni va roliga alohida e’tibor berila boshlandi. Kommunikatsiya jarayonida so‘zlashuvchilarning amaliy bilimisiz tilni to‘liq o‘rganib bo‘lmasligi aniq bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |