Sanoati rivojlangan mamlakatlarda konsalting xizmati ko`p yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim elementlaridan hisoblanadi. Konsalting xizmati statistika tomonidan maxsus tarmoq deb tan olingan. AQSH da ushbu tarmoqda 700 ming kishi band bo`lib, uning bir yillik xizmat qajmi 50 mlrd dollarni tashkil qiladi. - Sanoati rivojlangan mamlakatlarda konsalting xizmati ko`p yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim elementlaridan hisoblanadi. Konsalting xizmati statistika tomonidan maxsus tarmoq deb tan olingan. AQSH da ushbu tarmoqda 700 ming kishi band bo`lib, uning bir yillik xizmat qajmi 50 mlrd dollarni tashkil qiladi.
- Har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda Maslahatchilar fikrisiz iqtisodiyot va boshqaruvga oid jiddiy qarorlar qabul qilinmaydi.
- O`zbekistonda hozirgi vaqtda xususiy konsalting firmalar soni juda kam (qiyoslash uchun Gollandiyada ularning soni 2000 dan oshiqdir).
Maslahat loyihasini amalga oshirishni tashkil etish. - Mijoz firma bilan aloqa o`rnatgandan keyin taklif ishlab chiqarishga kirishiladi. Taklif ishlab chiqish loyihani muhokama qilishdan boshlanadi. Bundan oldin mijoz-firma qaqida batafsil axborot olishi lozim. Maslahatchi firma nima bilan shug’ullanishini, nimalarni ishlab chiqarishini, ishchilar sonini, malakasini, boshqaruv xodimlar miqdorini, ish hajmini, xarajat va daromad miqdorini, firmaning moliyaviy ahvolini, shartnomalarning bor-yo`qligini, hamkorlarning ishonchliligini bilishi kerak. Undan keyin shart-sharoit, uning o`zgarish dinamikasi va muammolari aniqlanadi. So`ng bajarilishi kerak bo`lgan ishlarning reja-grafigi tuzilib, tegishli yuridik qog’ozlar rasmiylashtiriladi. Ishning bajarilishiga alohida e`tibor berish lozim. Maslahatchining obro`si ishning o`z vaqtida yoki muddatdan oldin bajarilishi bilan belgilanadi.
Konsalting firmaning mijozlarni jalb etish usullari. - Maslahat beruvchi bozorning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu faoliyat bilan shug’ullanuvchi firmalar o`z tovari, o`z xizmat namunasini ko`rsatish imkoniga ega emas. SHuning uchun ular faoliyatida mijozlarni jalb etish muammosi turadi.
- Mijozlarni jalb etish usullari turli xildir. Bunga o`z imko-niyatlarini tashviqot qilish, reklama qilish, vositachilar yordamida mijozlarni jalb qilish, firma qaqida ijobiy fikr bildirgan oldingi mijozlar takliflaridan foydalanish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |