Mavzu: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati shakllari.
Reja:
1.Maslaxat tadbirkorligi.
2.Tadbirkorlik shakllari.
3. Tadbirkorlik shakllarini rivojlantirish yo`nalishlari.
1.Maslaxat tadbirkorligi.
Maslahat xizmatlarining moqiyati va bosqichlari.
Ma`lum bir sohada o`z mutaxassisligi bo`yicha yo`l-yo`riq ko`rsatuvchi kishiga maslahatchi deyiladi. CHet ellarda boshqaruv bo`yicha pulli Maslahat konsalting deb yuritiladi. Iqtisodiyot va boshqaruv bo`yicha Evropa Federatsiyasi Maslahatchilar Assotsiatsiyasining ta`rificha menejment-konsalting boshqaruv bo`yicha muammo va imkoniyatlarni aniqlash, ularga baqo berish, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda xolisona maslahat berish hamda yordam ko`rsatishdir.
Konsalting xizmatlari bir martali Maslahat ham bo`lishi mumkin. Lekin ular konsalting loyiha shaklida bo`lib quyidagi asosiy bosqichlarni qamrab oladi:
Konsalting xizmatlari bir martali Maslahat ham bo`lishi mumkin. Lekin ular konsalting loyiha shaklida bo`lib quyidagi asosiy bosqichlarni qamrab oladi:
loyihaning hajmiga qarab yakuniy bosqich bir necha kundan bir necha oygacha cho`zilishi mumkin. Ba`zida mijozlar bilan ish olib borish ko`p yillar davom etadi.
Maslahat uslublari. Maslahat uslublari turli xil bo`lishi mumkin. Maslahatning uch turi – ekspertli, jarayon va o`rgatuvchi Maslahatlar keng qo`llaniladi.
Maslahat uslublari. Maslahat uslublari turli xil bo`lishi mumkin. Maslahatning uch turi – ekspertli, jarayon va o`rgatuvchi Maslahatlar keng qo`llaniladi.
Ekspertli Maslahat – konsaltingning eng passiv shaklidir. Maslahatning bu turida Maslahatchi diagnostika, qaror qabul qilish va ularni joriy etishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mijoz esa bunday qollarda Maslahatchiga kerakli axborot etkazib berishi zarur bo`ladi.
Jarayon Maslahatida – loyihani ishlab chiqish bosqichlarida konsalting firma Maslahatchilari mijoz bilan faol ish olib borib, yuzaga kelgan muammolarni hamkorlikda taqlil qiladi va kerakli takliflar beradi.
O`rgatuvchi Maslahatida – mutaxassislarning asosiy maqsadi g’oyalarning yuzaga kelishi, echimlar qabul qilish uchun asos tayyorlashdir.