Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bank faoliyati rang-barangdir.
Brokerlik faoliyati– bu qimmatli qog‘ozlar bilan ishonchli shaxs yoki komissiya a’zosi sifatida bitim tuzish, topshiriq shartnomasi yoki komissiya asosida amalga oshadi.
Dillerlik faoliyati – bu qimmatli qog‘ozlarni o‘zining hisobidan sotish – sotib olish bitimini amalga oshirish.
Kliring faoliyati – bu faoliyat o‘zaro majburiyatlarni aniqlash bo‘yicha (yig‘im, sverka, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitim axboroti korrektirovkasi va bular bo‘yicha buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash) va qimmatli qog‘ozlar taklifi bo‘yicha hisobotdir.
Aksionerlik tijorat banki o‘zining shaxsiy qimmatli qog‘ozlarini ustav kapitalini oshirish yoki mablag‘larni o‘zlariga jalb qilish maqsadida chiqarishlari mumkin.
Shu yo‘l bilan bank qimmatli qog‘ozlar bozoriga moliyaviy vositachi (broker), moliyaviy investor (diler) va qimmatli qog‘ozlar emitenti sifatida qatnashishi mumkin.
REPO operatsiyasi – bu qimmatli qog‘ozlarni keyinchalik yuqoriroq bahoda sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotib olish (sotish). REPO shartnomasining birinchi qismida sotuvchi kreditlanadi va ikkinchi qismida pul mablag‘lari egasiga ortig‘i bilan qaytariladi. Qimmatli qog‘ozlar egaligini huquqiy berish ma’lum vaqtga kreditni ta’minlangan qiladi va riskni kamaytiradi. Haqiqiy REPO va sotuv turidagi REPO qayta sotib olish bilan farqlanadi. Haqiqiy REPO faqatgina tomonlar o‘rtasida REPO bitimini tuzish to‘g‘risidagi bosh shartnoma bo‘lgandagina tuziladi.Bunday shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlarinihamda ular o‘rtasidagi hisob-kitob qoidalari aniq ko‘rsatiladi. Haqiqiy REPOning foizli daromadlari sotish va qaytib sotib olish turidagi REPOnikidan yaqqol farq qiladi. Banklar mustaqil ravishda investitsiya va savdo portfelini shakllantirish tartibini o‘rnatadi shu bilan birga qimmatli qog‘ozni bir portfeldan ikkinchisiga o‘tkazishni ham.
Nazorat savollari: 1.G‘azna veksellari, majburiyatlar va obligatsiyalar inves-titsiya funksiyasini bajarishda qanday o‘rin tutadi?
2.Sertifikatlar investitsiya funksiyasini bajara oladimi?
3.Bank aktsepti nima?
4. Investitsiya funksiyasini bajarishda aktseptning afzallik va kamchiliklari nimada?
5.Kapital bozorida qo‘llaniladigan majburiyat va obligatsiyalar pul bozorida qo‘llaniladigan majburiyat va obligatsiyalardan qaysi afzalliklari va kamchiliklari bilan farq qiladi?
6.Qaysi turdagi qimmatli qog‘ozlar vositasida bank investitsiya funksiyasini bajarishni xush ko‘radi?
7.Investitsiya vositalarini tanlash jarayoniga qaysi omillar taʼsir ko‘rsatadi?
8.Investitsiya portfelini diversifikatsiyalashdan maqsad nima?
9.Komission operatsiyalar deganda nimani tushunasiz va ular- ning qanday turlarini bilasiz?