Anderrayting operatsiyalari. Investitsiya kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri anderrayting – qimmatli qogozlarni xarid qilish yoki ularni sarmoyadorlar o‘rtasida joylashtirish kafolatini berish-hisoblanadi. Anderraytingga quyidagilar kiradi: qimmatli qog‘ozlarni chiqarish shartlarini belgilash, ularning yangi nashrlarini tayyorlash, qimmatli qog‘ozlarni keyin sarmoyadorlarga qayta sotish uchun emitentlardan sotib olish, ularni joylashtirish kafolatini berishni tashkil etish.
Anderrayter - bu qimmatli qog‘ozlarga xizmat ko‘rsatuvchi va ularning birlamchi joylashtirilishiga kafolat beruvchi, qimmatli qog‘ozlarni keyinchalik xususiy sarmoyadorlarga qayta sotish uchun emitentdan sotib oluvchi investitsiya muassasasidir. Investitsiya kompaniyalari tomonidan anderraytingning amalga oshirilishini quyidagi asosiy bosqichlarga bo‘lish mumkin: qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarishga tayyorlash, shu jumladan, emitent va bunga ko‘maklashuvchi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda nashrlarni rejalashtirish, muomalaga chiqariladigan qimmatli qog‘ozlarni baholash, emitent hamda nazarda tutilayotgan sarmoyadorlar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish va h.k.; qimmatli qog‘ozlarni taqsimlash, shu jumladan, emissiyaning bir qismini yoki butun summasini sotib olish, qimmatli qog‘ozlarni sarmoyadorlarga sotish, mazkur qimmatli qog‘ozni joylashtirish vaqtida uning bozor narxini qo‘llab-quvvatlash; sotilgandan keyingi davrda qimmatli qo- g‘ozning kursini ma’lum vaqt mobaynida qo‘llab-quvvatlash (odatda bir yil); shuningdek, qimmatli qog‘ozning kurs qiymati o‘zgarishini tahlil va nazorat q ilish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash.
Trast operatsıyaları. Trast-ingliz tilida “ishonch” degan ma’noni bildiradi. Bank jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‘larini ma’lum bir muddatga jalb qilib, shu muddat ichida ishonch olingan mablag‘ni yuqori foyda olib keladigan operatsiyalarga joylashtiradi. Trast operatsiyalari bank ishida va banklarning sanoat va iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan aloqalarida katta rol o‘ynaydi. Trast operatsiyalarini banklarda paydo bo‘lish tarixi yana bir bor tijorat banklariga bo‘lgan ishonchni katta ekanligidan dalolat beradi. Sababi shundaki, juda badavlat insonlar tomonidan hali balog‘at yoshiga yetmagan farzandlari nomiga qoldirilayotgan boyliklarni, ularning vafotidan so‘ng boshqarish muammosini yuzaga kelishi banklarnig trast operatsiyalarini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Banklar ushbu mablag‘lari fazandlar balog‘at yoshiga yetgunga qadar, ishonchli tarzda boshqaradilar. Trast operatsiyalari asta-sekin banklaning korporativ mijozlari bilan bo‘ladigan munosabatariga ko‘chdi. Mijoznnig qimmatli qog‘ozlari portfelini yoki ushbu portfelning bir qismini hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan pul mablag‘larini boshqarish tijorat banklarining trast operatsiyalari tashkil qiladi. Tijorat banklari trast operatsiyalarini amalga oshirish tufayli birinchidan, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, birjadagi operatsiya- larda foydalanishi mumkin bo‘lgan uzoq muddatli moliyaviy resurslardan bahramand bo‘la oladi. Ikkinchidan, trast operatsiyalariga bog‘liq bitimlarni banklar o‘z mijozlarining shartnomalari asosida amalga oshiradi, shuning uchun bitimlar qonunlar bilan cheklanmaydi. Uchinchidan, bank qimmatli qog‘ozlarni boshqarishdan komission mablag‘lar olib, o‘zi boshqarayotgan qimmatli qog‘ozlardan tushayotgan foydadan o‘z ulushini oladi. To‘rtinchidan, bank o‘z sarmoyalari bilan emas, balki o‘zgalar sarmoyalari bilan operatsiyalar o‘tkazadi va faqat trast shartnomasi doirasidagina javobgar bo‘ladi, asosiy tavakkalchilik esa qimmatli qog‘ozlar egasining zimmasida bo‘ladi.Tijorat banklari xilma-xil trast operatsiyalarini bajarishi mumkin: mijozlarning pul mablag‘larini boshqarish, mijozlarning fond portfellarini shakllantirish va qimmatli qog‘ozlar paketlarini boshqarish; meroslar va xususiy trastlarni tasarruf etish, agentlik vazifalarini bajarish; obligatsiyalar chiqarish va to‘lov muddati kelganda obligatsiyalarni to‘lash fondlarini boshqarish; dividentlarni to‘lashga qimmatli qog‘ozlarni saqlashga, ularning harakatini hisobga olishga, ularni boshqa qimmatli qog‘ozlarga almashtirib olishga oid, agentlik vazifalarini amalga oshirish; qimmatli qog‘ozlarga va qimmatli qog‘ozlar operatsiyalariga oid tavakkalchilikni sug‘urta- lashda vositachilik qilish, qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi yuzasidan buxgalterlik hisobi yuritish va hisobotlar tuzish, qimmatli qog‘ozlar emitenti uchun transfert bo‘yicha agent (qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga oluvchi) vazifasini bajarish va boshqalardir. Qimmatli qog‘ozlar bilan balans va nobalans operatsiyalari. Tijorat banklari asosan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni Respublika Fond bozorida yuqorida aytib o‘tilgan qonunlardan tashqari «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari asosida olib boradilar. Qimmatli qog‘ozlar bilan tijorat banklarining aktiv operatsiyalari deganda bank o‘z yoki jalb qilingan boshqa mablag‘larini har xil qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘yilmalarni, mablag‘larni bankdan chiqib ketishi va uning evaziga bankka bu mablag‘lar qimmatli qog‘ozlar sifatida qaytib kelishiga tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |