Jalb qilingan mablag‘larni asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi.
Depozit va ularning turlari
Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari- depozitoperatsiyalari deyiladi.
Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo‘jalik sohalarini qulay shartlar asosida kreditlaydi.
Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bankmarjasi (mukofoti) bo‘lib hisoblanadi.
Depozit operatsiyalar - banklarning depozitorlar bilan tuzgan shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalaridir.
Depozitor bankka kela olmagan yoki u depozit operatsiyalariga doir zarur hujjatlarni mustaqil ravishda to‘ldira olmagan hollarda uning depoziti bo‘yicha operatsiyalar ishonchli shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Uning vakolati amaldagi qonunchilikka muvofiq asoslangan bo‘lishi lozim.O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslar depozit operatsiyalarning sub’ektlari bo‘la oladi.
Depozitlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda qo‘yilishi mumkin.YUridik yoki jismoniy shaxs tomonidan qo‘yiladigan depozitning eng kam miqdori har bir bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Bank qabul qiladigan depozitning eng ko‘p miqdori chegaralanmaydi. Barcha depozitlar joriy mablag‘lar tarzida qabul qilinadi va shu asosda to‘lanadi. Depozitlar tratta, cheklar, pul topshiriqnomalari, davlat xazina kafolatlari va boshqa shakllarda kelib tushsa, ular undirib olish sharti bilan qabul qilinadi, biroq, summa bankning hisobvarag‘iga kelib tushmaguncha ushbu depozitga kiritilgan hisoblanmaydi.
Tijorat banklari, boshqa xo‘jalik subektlari singari o‘zining xo‘jalik va tijorat faoliyatini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘lariga, ya’ni rusurslariga ega bo‘lishlari lozim.
Bank resurslari banklar tomonidan amalga oshiriladigan passiv operatsiyalar orqali tashkil topadi va bank balansining passiv qismida yuritiladi.Bank resurslarini ikki kata guruhga bo‘lish mumkin.
Bular:
banklarning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablaqlardir.Jalb qilingan resurslarni ba’zi hollarda ikkiga bo‘lib qaraladi- bu jalb qilingan depozitlar ,
boshqa majburiyatlar va sotib olingan resurslardir.Bu resurslar bankning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi,ya’ni bank resurslari daromad olish maqsadida turli xil sohalarga joylashtiriladi.
Bank resurslarining asosiy qismini bank mijozlarining mablag‘lari tashkil qiladi.Bank boshqa kapitallarni jalb qilish uchun bank o‘z kapitalining etarli darajasi miqdorini ko‘rsatishi lozim.
Tijorat banki o‘z mijozlarining bo‘sh turgan mablag‘larini qarzga olish bilan bir vaqtning o‘zida bu mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash majburiyatini ham oladi, shuning uchun bank barqaror likvidlikka ega bo‘lishi kerak. Ishonchlilik va likvidlilik tamoyillari tijorat banki mavjudligining zarur shartlaridan bo‘lib, ular aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larining banka sari oqimini ta’minlaydi.Undan tashqarii bankning ahvoli moliyaviy jihatdan kam samarali bo‘lgan holatda mijozlar o‘z mablag‘larini qaytarib olishlariga ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi.
Resurslar yordamida banklarning tashkiliy faoliyati amalga oshiriladi,kreditlar berish salohiyati to‘lovlar amalga oshiriladi,banklarning daromadlari vujudga keltirilad. Bank
resurslari tarkibida bankning o‘z resurslari alohida o‘rin tutadi. O‘z resurslari ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital va taqsimlanmagan foydadan iborat.
Bank o‘z mablag‘i va o‘z kapitali tushunchalari farq qiladi. «O‘z mablag‘i» tushunchasi keng ma’noli, u ыz ichiga bankning ichki faoliyati jarayonida tashkil topgan hamma passivlarni ya’ni bankning ustav, rezerv va boshqa fondlari, bank tashkil qilingandagi hamma rezervlarni, taqsimlanmagan foyda va joriy yil foydasini oladi.
Bankning o‘z kapitali - bank vaqtincha jalb qilgan qarz mablag‘laridan farqli o‘laroq, bevosita bankning o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘lardir. Bank kapitalining boshqa korxonalar kapitalidan farqi shundaki, bankning o‘z kapitali aylanma mablag‘larining 10 foizini, korxonalarda esa u taxminan 40-50 va undan ortig‘ foizni tashkil qiladi.