Mavzu: Tijorat banklarida aktiv operatsiyalari va ularning tarkibi



Download 23,87 Kb.
Sana20.03.2022
Hajmi23,87 Kb.
#503312
Bog'liq
Nilufarxon


Mavzu: Tijorat banklarida aktiv operatsiyalari va ularning tarkibi
Reja:

Kirish;



  1. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari haqida tushuncha va ularning tarkibiy tuzilmalari;


  2. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalarini amalga oshirish tartibi (Banklar misolida);


  3. Tijorat banklari aktiv operatsiyalarini takomillashtirish istiqbollari;


Xulosa;
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyati samaradorligini to‘xtovsiz oshirib borish jarayonini boshqarish amaliyotini takomillashtirish borasida bir qator dolzarb muammolarning mavjudligi va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi hamda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining dunyo mamlakatlari tijorat banklarining daromad bazasiga kuchli salbiy ta’siri yuzaga kelgan.


Mobilizatsiyalashgan pul mablag‘larini banklar mijozlarni kreditlash uchun va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalaniladi. Daromad olish maqsadida bank resurslarini joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar banklarning aktiv operatsiyalari deyiladi. Bankningaktiv operatsiyalarida asosiy o‘rinni ularning kredit yoki ssuda operatsiyalari egallaydi.


Ssudalar berilishining ta’minotidan kelib chiqib kreditlar, moddiy boyliklar, tovarlar va boshqalar bilan ta’minlangan kreditlarga beriladi.
Banklarning mijozlarga beradigan ssudalari yoki kreditlarning muddatidankelib chikib, ular uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlarga bo‘linadi.
Kurs ishining maqsadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklarida moliyaviy xizmat turlarini barqaror rivojlantirish va sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
· respubliakmiz tijorat banklarida moliyaviy xizmatlarning joriy etish
holatini baholash va rivojlanish tendensiyalarini aniqlash;
Kurs ishining ob`ekti sifatida O`zbekiston Respublikasi tijorat banklari olingan.
Kurs ishining predmetini iqtisodiyotni modrenizatsiyalash sharoitida tijorat banklari tomonidan yangi bank mahsulotlarini, xizmatlarini ishlab chiqish va joriy etish jarayonida sodir bo`layotgan moliyaviy munosabatlar yig`indisi tashkil etadi.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Kurs ishining ilmiy ahamiyati mazkur kurs jarayonida olingan ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan o`rta va uzoq muddatli istiqbolda tijorat banklarining moliyaviy xizmat turlarini yanada rivojlantirish muammolarini chuqur tadqiq etishga bag`ishlangan kurs ishlarini olib borishda foydalanilishi bilan belgilanadi.
Kurs ishining tuzulishi va hajmi. Kurs ishi tarkibiy jihatdan kirish, uchtareja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari haqida tushuncha va ularning tarkibiy tuzilmalari
Daromad olish maqsadida resurslarni aktivlarga joylashtirish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar tijorat banklarining aktiv operatsiyalari deyiladi. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari – bu, birinchi navbatda, ularning kredit operatsiyalari, investitsiya operatsiyalari, tijorat bankining mol-mulkini shakllantirish bilan bog’liq operatsiyalar, kassa-hisob operatsiyalari v.b. Shuningdek, tijorat banklari aktiv operatsiyalari qatoriga vositachilik bilan bog’liq faktoring, lizing, forfeyting operatsiyalarini ham kiritish mumkin.
Tijorat banklari o’zining joriy faoliyatini amalga oshirish, muddati kelgan, jalb qilingan jamg’arma mablag’larini qaytarib berish, turli operatsion xarajatlarni, jumladan, xodimlarga ish haqi va boshqa material hamda xizmatlarga to’lovlarni amalga oshirish uchun kassasida yetarli miqdorda pul mablag’iga ega bo’lishi lozim. Xorijiy davlatlar banklarida naqd puldagi kassa aktivlarining hajmi bizning banklardagiga qaraganda kam miqdorni egallaydi.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari o’z shakli, ahamiyati va yo’nalishi, iqtisodiy mohiyati, likvidligi, risk va daromad darajasiga qarab turlicha o’rin va ahamiyatga ega.
Tijorat banklari aktivlari bilan bog’liq bo’lgan risklar ichida kredit operatsiyalar bo’yicha risklar asosiy o’rinni egallaydi. Kredit operatsiyalari tijorat banklarining yuqori riskli operatsiyalaridan hisoblansada, bankka yuqori foyda olishini ta‘minlaydi. Bu aktiv operatsiyalar bilan bog’liq bo’lib, bu risklarga berilgan kreditlar hamda to’lov muddati kechiktirilgan ssudalar bo’yicha risklar kiradi.
Kredit riski nafaqat kredit obyektiga, balki kredit subyektiga yangicha yondashishi orqali ham o’sib boradi.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari:
  • Kredit operatsiyalari;


  • Investitsiya operatsiyalari;


  • Kassa operatsiyalari


  • Bank mol-mulki bilan bog’liq operatsiyalar


  • Vositachilik operatsiyalari


Bu risk mijozning moliyaviy ahvoli og’irlashganda, ularning faoliyatida ko’zda tutilmagan qiyinchilik va muammolar yuzaga kelganda, bozorda noqulay sharoit yuzaga kelgani sababli paydo bo’lishi mumkin.


Xuddi shuning uchun ham, har bir tijorat banki o’z aktivlarini joylashtirishni va uni boshqarish usullarini o’zi ishlab chiqishi zarur. Ma‘lumki, tijorat banklari aktivlarining qiymati va ulardan olinadigan foyda o’zgarib turishi mumkin. Aktivlar bilan bog’liq risklar aktivlar bahosining va ular orqali olinadigan foyda miqdorining kamayishi aktivlar bo’yicha risklar salmog’ining oshishiga olib keladi.
Bu masalani aktivlarni to’g’ri diversifikatsiya qilish yo’li bilan hal qilish mumkin. Chunki ba‘zi bir aktivlar bo’yicha ular qiymatining pasayishi boshqa aktivlar qiymatining o’sishi bilan qoplanishi va natijada bank aktivlarining umumiy qiymatlarini saqlab qolishi imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin.
Bank aktivlarining qiymatini va ulardan keladigan daromadlarni to’g’ri hisob-kitob qilib rejalashtirish bank faoliyatining samaradorligiga olib kelishi, aktivlar qiymatini noto’g’ri hisoblash, ularni joylashtirish bankning moliyaviy ahvolida qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin.
Forfeyting operatsiyalari ssuda operatsiyalarining bir turi bo’lib, veksellar va boshqa moliyaviy hujjatlarni sotib olishni ko’zda tutadi. Forfeyting ko’proq eksportni kreditlashda qo’llanilib, tashqi savdo operatsiyalari bo’yicha kelajak davrda to’lanishi lozim majburiyat va qarz talabnomalarini sotib olishda ishlatiladi.
Faktoring operatsiyada bank yoki maxsus kompaniyalar tomonidan o’z mijozi bo’lgan mol yetkazib beruvchining mol sotib oluvchiga bo’lgan, yetkazib berilgan tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha talabini ma‘lum haq evaziga sotib olinishi tushuniladi. Tijorat bankiga yuqori daromad keltiruvchi aktiv operatsiya turi – bu investitsiya operatsiyalari bo’lib, bank yuqori daromad olish maqsadida o’z va jalb qilgan mablag’larining ma‘lum qismini uzoq muddatlarga qimmatli qog’ozlarga, investitsiyalarga yo’naltiradi. Bunda mablag’larni:

  • to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash;


  • portfel investitsiyalash, ya‘ni bir necha emitentning qimmatli


  • qog’ozlari yagona paket sifatida boshqariladi;


  • lizing operatsiyalari;


  • bank faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bino-inshootlar, nomoddiy aktivlarga qo’yilmalar.1


Tijorat banklari aktiv operatsiyalarining xususiyatli tomonlari shundaki, u bankning passiv operatsiyalariga nisbatan ikkilamchidir. Chunki aktiv operatsiyalarni amalga oshirish, ularning muddati, miqdori passiv operatsiyalar yordamida jalb qilingan resurslar miqdori va muddatiga uzviy bog’liq. Tijorat banklarining resurslarni joylashtirish bilan bog’liq operatsiyalarning aktiv operatsiyalar deyilishini quyidagi jihatlar bilan asoslash mumkin:


Birinchidan, tijorat banklarni jalb qilgan resurslarini mijozlar nomidan emas, balki bank nomi joylashtiradi, ya‘ni bank mazkur mablag’ning egasi sifatida maydonga chiqadi.
Ikkinchidan, agar passiv operatsiyalarda bank mijozga resurs uchun foiz to’lovi to’lagan bo’lsa, aktiv operatsiyalarda banklar bu resurslar uchun foiz to’lovini olish imkoniga ega bo’lishadi;
Uchinchidan, banklar aktiv operatsiyalar orqali yuqori daromadga ega bo’ladi.
To’rtinchidan, banklar aktiv operatsiyalar bilan bog’liq xarajatlar va risklarni o’z zimmalariga oladilar.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra:

-kassa operatsiyalari;

-ssuda operatsiyalari (kreditlash);

-investitsiya va fond operatsiyalari;

-valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish;

-bank faoliyatini amalga oshirish uchun xarajatlar (asosiy vositalar, transport va b.) bilan bog‘liq operatsiyalardan iborat.


Banklar kassa operatsiyalari orqali mijozlarga naqd pullarni berish va ulardan naqd pullarni qabul qilish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.
Ssuda operatsiyalari orqali banklar mamlakatdagi faoliyat yurita­yotgan mulkiy shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik subyektlariga tegishli kerditlarni beradi. Ma’lumki, bank kreditlari bir yilgacha – qisqa muddatli, bir yil va undan ko‘p davrga – uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi.
Investitsiya operatsiyalarida banklar ho‘jalik yurituvchi sub­yektlar va davlatning qimmatli qog‘ozlariga moliyaviy mablag‘larni joylashtiradi. Albatta ushbu operatsiyalar banklar uchun ma’lum dara­ja­dagi riskli operatsiyalar hisoblanib, banklarning foydasini shakllan­tirishga xizmat qiladi.
Fond operatsiyalarida banklar qimmatli qog‘ozlar bilan operat­siyalar bajarish bilan birga, fond birjalarida oldi – sotdi qilinadigan qimmatli qog‘ozlar va veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi.
Banklarning valyuta operatsiyalari bevosita xorijiy mamlakatlar milliy valyutasini oldi – sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini o‘zgarishi hisobiga foyda yoki zarar ko‘rishi mumkin.
Banklar yirik va yuqori darajadagi to‘lov qobiliyatiga ega moliyaviy muassasa sifatida kompaniya, korporatsiya va boshqalarga uchinchi shaxs sifatida kafolatlar berishi mumkin. Albatta, berilgan kafolatlar evaziga banklar ma’lum darajadagi foydani olishni rejalashtiradi.
Yuqorida qayd eilganlarga asoslanib, banklarning aktiv operat­siyalarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin.
1. Erkin zahiralar – bunga kassadagi naqd pullar, Markaziy bank­dagi vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlar, boshqa kredit tashkilot­larning vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar. Erkin zahirlar yuqori likvidli mablag‘lar hisoblanib, bankka qisman yoki umuman daromad keltirmaydi.
2. Berilgan kreditlar va depozit ko‘rinishida boshqa moliya muas­sasalariga, shuningdek Markaziy bankka joylashtirilgan mablag‘lar.
3. Investitsiyalar – bu bankning qimmatli qog‘ozlarga va nomoddiy aktivlarga, shuningdek pay ko‘rinishida xo‘jalik faoliyatiga yo‘naltirilgan resurslari.
4. Bankning o‘ziga (ichki investitsiyalar) moddiy va nomoddiy aktivlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari. Bunga bank faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan binolar, jihozlar va boshqa uskunalar kiradi.
Tijorat banklarining daromadi bankning 2 va 3 guruhiga kiruvchi aktiv operatsiyalari hisobidan tashkil topib, bank aktivlarining risk darajasi qancha yuqori bo‘lsa, ushbu operatsiyalardan kelayotgan daromadlar miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi va aksincha.
Demak, banklarning aktiv operatsiyalari daromad keltirish darajasiga qarab:

  • Daromad keltiradigan (kredit va investitsiyalar) aktivlar va daromad keltirmaydigan (erkin zaxiralar, moddiy) aktivlarga bo‘linadi.


  • Aktivlar Markaziy bankning 2015 yil 13 iyundagi 14/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Nizomga asosan banklarning aktivlari sifatiga ko‘ra:


standart;


substandart;
qoniqarsiz;
shubhali;
umidsiz toifalarga tasniflanadi.
Aktivlar “Standart” sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha qay­tarilmagan kredit summasining 1 foizi miqdorida zaxiralar tuzishi shart.
“Substandart” sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarzning to‘lanmagan summasining 10 foiziga teng bo‘lgan zaxiralarni shakllantirishi lozim.
Tijorat banki sifati “qoniqarsiz” deb tasniflagan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 25 foiz miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
“Shubhali” deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarz to‘lanmagan summasining 50 foizi miqdorida zaxirani tashkil etishi shart.
Bank tomonidan berilgan kreditlar kamida 180 kunga kechik­tirilganda bular “umidsiz” deb tasniflanadi. Umidsiz deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarzning to‘lanmagan summasining 100 foizi miqdorida, sud jarayonida ko‘rib chiqilayotgan aktivlarga 150 foizgacha zaxiralar yaratishi kerak.
Bank aktivlari likvidli, ya’ni tez naqd mablag‘ga aylantirish imkoniyati bo‘lishi kerak. Bank aktivlari likvidlilik nuqtai nazaridan quyidagilarga bo‘linadi:
  • Yuqori likvidli aktivlar – bevosita pul ko‘rinishidagi mablag‘lar bo‘lib, ushbu aktivlar istalgan paytda bank maburiyatini bajarishga yo‘naltirilishi mumkin;


  • qisqa muddatli likvidli aktivlar – qisqa muddatli kreditlar va ikkilamchi bozorga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar;


  • qiyin realizatsiya qilinadigan aktivlar – o‘rta va uzoq muddatli kreditlar, ikkilamchi bozorga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar, pay ulushlari va boshqalar;


  • past likvidli aktivlar – bankning asosiy vositalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar kiradi.2


Demak, banklarning aktiv operatsiyalari ularning foydasini shakllantirishga xizmat qilish bilan birga, ma’lum darajadagi risklarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Banklar aktiv operatsiyalarni bajarishda asosiy e’tiborni mavjud risklarning darajasini pasaytirish orqali balansning likvidligini ta’minlashga qaratadi.


Faktoring operatsiyalarida banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi.
Birinchisi, faktor – vositachi, bankning faktoring operatsiyalarini bajaruvchi bo‘limi. Odatda, rivojlangan mamlakatlar tajribasida faktoring operatsiyalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan faktoring kompaniyalari tashkil etish amaliyoti ham mavjud.
Ikkinchisi, mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi), faktor – vositachi bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi.
Uchinchisi, tovar sotib oluvchi.
Mijoz sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘ini talab qiluvchi hujjatlar asosida “faktor – vositachi” bilan faktoring operatsiyasi bo‘yicha shartnoma tuzadi. Faktor – vositachi imzolangan faktoring shartnomasi asosida, ma’lum komission to‘lov hisobiga mijozga sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovni amalga oshiradi. Soddaroq qilib aytganda, faktor – vositachi mijozdan tovar sotib oluvchiga mablag‘larni to‘lash bilan bog‘liq to‘lov hujjatlarni komission to‘lov asosida “sotib oladi”.
Faktor – vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar sotib oluvchining moliyaviy holatini oqilona baholashi juda muhim hisoblanadi. Agar sotib oluvchining moliyaviy holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi bo‘yicha faktor – vositachi tomonidan mijozga to‘lagan summani to‘lay olmasa, ushbu zarar faktor – vositachining gardaniga tushadi.
Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalarni vujudga kelishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
– sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lashi lozim bo‘lgan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlar tufayli vujudga keladi;
– tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashning zarurligi;
– banklarning moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish hisobiga qo‘shimcha foydani shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojining mavjudligi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan, kredit – ijara (lizing) murakkab savdo – moliya – kredit operatsiyalarining bir shakli hisoblanadi. Kredit – ijaraning asosiy xususiyatlari sifatida lizing muddati davomida ijaraga berilgan vositalarga nisbatan egalik huquqini saqlab qolishdir. Uning asosiy shakllaridan biri mashina va jihozlarni ijaraga berish, asosiy usullaridan biri investitsiyalarni moliyalashtirish va ta’minotni faollashtirish hisoblanadi.
Kredit – ijara (lizing) operatsiyasida odatda uch tomon ishtirok etadi:
  • ishlab chiqaruvchi (tovar sotuvchi), bo‘lajak lizing beruvchiga tegishli mashina va jihozlarni sotuvchi yuridik shaxs;


  • lizing beruvchi, tovar sotuvchidan mashina va jihozlarni sotib oluvchi, mulkning egasi sifatida lizing shartnomasiga asosan ma’lum muddatga va to‘lov evaziga mashina va jihozlarni lizing oluvchiga beruvchi. Odatda, lizing beruvchi sifatida etarli darajada moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lgan banklar, ixtisoslashgan lizing kompaniyalari, korxonalar maydonga chiqadi;


  • lizing oluvchi, lizing shartnomasiga ma’lum muddat va to‘lovga asosan mashina va jihozlarni oluvchi shaxs.


Odatda, lizing oluvchi sifatida asosan yuridik shaxslar maydonga chiqadi. Lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, lizinga olingan mashina va jihozlarning shartnoma muddati tugagandan so‘ng lizing beruvchiga qaytariladi yoki lizing oluvchining ixtiyorida qoladi. Lizing o‘ziga xos bo‘lgan shartnoma hisoblanadi, unda ijara elementlari va kredit elementlari mujassam­lashadi. Shu bois, lizing so‘zi “kredit – ijara” tarzida talqin etiladi.


Lizing iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, kredit munosabatlariga xos bo‘lib, kreditning iqtisodiy mohiyati va elementlarini o‘zida aks ettirsada, kredit sifatida to‘liq e’tirof etilmaydi. Chunki, kreditor va qarzdor kapital sifatida pul mablag‘i bilan emas, balki ishlab chiqaruvchi jihozlar vositasida o‘zaro munosabatga kirishadi. Shu bilan birga, lizing kredit hisoblanib, unda kreditning barcha tamoyillari o‘z aksini topadi, shu jihatdan lizing qiymat shaklidagi kredit ko‘rinishida emas, balki tovar shaklidagi kredit sifatida namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiyotda lizingning qator ijobiy jihatlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
– lizing oluvchi korxona va tashkilotlarda mashina va jihozlarni sotib olish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar etishmovchiligi yoki mavjud emasligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, o‘z faoliyatini yangidan boshlayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga qimmat va zamonaviy mashina va jihozlarni sotib olish bilan bog‘liq muammo­larni echishga yordam beradi. Bu iqtisodiyotda ishlab chiqarishni tashkil etishga va boshqa qator ijtimoiy – iqtisodiy ziddiyatlarni oldini olishda muhim rol o‘ynaydi;
– ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan mashina va jihozlarni sotish bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilishi natijasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi ta’minlanadi;
– lizing beruvchining ixtiyoridagi pul mablag‘lari samarali manbalarga joylashtiriladi va buning natijasida ma’lum darajada foyda olish imkoniyati vujudga keladi.
Veksel operatsiyalari veksellarni qayd yoki hisobga olish bo‘yicha operatsiyalar va veksellar bo‘yicha ssudalar berish operatsiyalariga bo‘linadi.
Veksellarni qayd qilish deganda bank tomonidan ularni to‘lash muddati tugagunga qadar veksellarni sotib olishni tushuniladi. O‘z navbatida bank, agarda mablag‘lar bilan ta’minlanganlikda qiyinchilik sezayotgan bo‘lsa, Markaziy bankning hududiy boshqarmalarida berilgan veksellarni qayta hisobdan o‘tkazishi mumkin. Vekselni hisobga olib. bank uning vaqtinchalik egasi bo‘ladi va vekselni emitent qilgan yoki uni hisobga olish uchun taqdim qilgan shaxsga ma’lum miqdorda pul to‘laydi. Bu operatsiya uchun bank mijozdan qayd etish foizi yoki diskont deb ataluvchi ma’lum foiz undiradi. Diskont - bu vekselda ko‘rsatilgan summa bilan veksel egasiga to‘lanadigansumma o‘rtasidagi farqdir. Ba’zi davlatlarda banklar o‘zlarida alohida mijozlarning kreditlash qobiliyatini o‘rganuvchi ayrim korxona va shaxslar veksel hisobi limitini o‘rnatuvchi hisob bo‘yicha qo‘mitalarni tashkil etadilar.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, tijorat, moliyaviy va «do‘stona» (bronza) veksellarini farqlash kerak.
Tijorat veksellari tovar munosabatlari asosida vujudga keladi. Ular boshqa veksellarga nisbatan ishonchlidir.
Ko‘pgina veksellar moliyaviy harakterga ega, ya’ni ular broker yoki makler tomonidan hisob foizini olish uchun muomalaga chiqariladi. Bular faqat bankdan mablag‘lar olish uchun mo‘ljallangan «shishirilgan veksellardir».
«Do‘stona veksellar» - bu ikki shaxsning har qanday tovar harakatisiz bankdan mablag‘ olish uchun bir-birlariga beradigan veksellardir.
Tadbirkorlar tomonidan chiqarilgan veksellarni «bronza» veksellari deb ham atashadi.
Akseptli operatsiyada bank o‘zi akseptlashtirayotgan vekselni ishonchli mijozga chiqarish huquqini beradi. Ya’ni berilgan veksel bo‘yicha o‘z hisobidan to‘lovini kafolatlaydi. Shunday aksept kreditdan foydalanayotgan mijoz veksel haqini to‘lash uchun tegishli summani bankka to‘lash majburiyatini oladi.
Xalqaro miqyosda veksellar bilan bog‘liq bo‘lgan hamma operatsiyalar 1930 yilda qabul qilingan Jenevada tuzilgan konvensiya bilan qat’iy belgilanadi.
Veksel bo‘yicha beriladigan kreditdan foydalanishning muhim shakli avval hisoblanadi. Bunda veksel bo‘yicha haq to‘lash bevosita veksel beruvchi bilan amalga oshirilladi. Avval esa haq to‘lashni kafolatlaydi. Aksept - avval operatsiyalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular bir vaqtning o‘zida ham aktiv, ham passiv operatsiyalarga tegishli bo‘ladi.
Bank avval veksel munosabatlarini hamda ularning boshqa banklardagi hisob-kitobini yengillashtiradi. Chunki yirik avvalda hisob va qayta hisoblashda mutlaq tartibda amalga oshiriladi. Bir bank tomonidan avvallashgan veksellar boshqa bank tomonidan ham hisobga olinadi.
Download 23,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish