5.O'rta tibbiyot xodimlarining asosiy burchlari.
Hamslira ekologiya muammolarini hal qilishda qatnashadi. Zamonaviy hamshira o'tgan davr buyuk hamshiralari tajribasiga, hamshiralik harakati asoschilari Florens Naytingeyl, Dasha Sevastopolskaya kabilar tajribasiga murojaat qilgan holda ish tutadi. Hamshiralar kelajakka intilgan sari hamshiralik ishini fan va san'at sifatida rivojlantirib boraveradi.
Xalqaro bitimga ko'ra, hamshiralik ishi falsafasi 4 ta asosiy tushunchaga tayanadi:
bemor;
hamshiralik ishi;
atrof-muhit va jamiyat;
salomatlik.
Bu tushunchalar quyidagicha izohlanadi:
Bemor — bu hamshira parvarishiga muhtoj bo'lgan va shu parvarishni olayotgan inson. Hamshiralik ishi — o'zgaruvchan sharoitda mavjud va keyinchalik tug'ilishi mumkin bo'lgan salomatlik muammolarini hal qilishga qaratilgan tibbiy parvarishning bir qismi, maxsus kasbiy faoliyat, fan va san'atdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |