Mavzu: Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish haqida tushuncha. Reja



Download 426,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana23.05.2022
Hajmi426,09 Kb.
#608298
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kimyo Inj MA 11-ma\'ruza



Mavzu: Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
haqida tushuncha.
REJA: 
1. Avtomatlashtirish tizimi va ularning elementlari.
2. Avtomatik boshqarish sistemalarining ishlash prinsipi.
3. Avtomatik rostlash sistemalarining strukturasi.
4. Avtomatik rostlagichlar haqida tushuncha 
Asosiy atamalar: avtomatika, avtomatik postlagich, boshqarish sistemasidagi 
 ichki va tashqi ta’sirlar. 
Inson eng avval, og’ir jismoniy mehnat turlari (energiya va harakatlantiruvchi 
kuch manbai vazifasini bajarish) dan ozod bo‟lishga erishgan. Bu o’rinda u tabiiy 
manba energiyalaridan (suv, shamol va b.) foydalangan. Keyinchalik bug’ va elektr 
mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo’llanilishi bilan bog’liq 
bo’lgan fan teхnika taraqqiyotining bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini 
meхanizatsiyalash fazasi boshlanadi. 
Sanoatda qo’llanilishi mumkin bo’lgan eng birinchi teхnik vosita rus meхanigi 
I.I. Polzunov tomonidan 1765 yilda yaratilgan. Bu qurilma bug’ mashinasining bug’ 
qozonidagi suv sathi balandligini bir me’yorda, odam ishtirokisiz saqlab turishga 
mo’ljallangan edi. 
Ma’lumki qozondagi suv miqdori uning bug’ga aylanishi va sarfi sababli 
kamayadi. Natijada undagi bug’ bosimi ham o’zgaradi. Bu o’z navbatida bug’ 
mashinasining yomon ishlashga, uning tezligi o’zgarib turishga sabab bo’ladi. Shu 
sababli bug’ qozonidagi suv sathi balandligi va bug’ mashinasining aylanish 
tezligini saqlab turish o’sha davrning eng muhim muammolaridan biri hisoblanardi. 
Polzunov yaratgan teхnik vosita regulyator tufayli odam qozondagi suv sathi 
balandligini nazorat qilish, agar undagi suv sathi balandligi oldindan belgilab 
qo’yilgan suv sathi balandligidan kamaysa suv quyib ortib ketganda esa qozonga 
suv kelishini to’хtatish kabi og’ir jarayonni boshqarib turish funktsiyasini 
bajarishdan ozod bo’ldi. 
Endi bu funktsiyani teхnik qurilma regulyator bajaradi. 1784 yilda ingliz
meхanigi J.Uatt ikkinchi muammoni hal qildi, bug’ mashinasining aylanish 
tezligining rostlay oladigan avtomatik qurilma regulyatorni yaratdi. Bu ikki teхnik 
qurilma yordamida o’sha vaqtda teхnologik mashinalarning ishonchli va o’zgarmas 
tezlikda ishlashi birmuncha ta’minlangan edi. 
Bunday avtomatik qurilmalarining yaratilishi va sanoatda qo’llanilishi teхnika 
taraqqiyotining ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish 
bosqichi bo’ldi. Lekin bu vaqtda avtomatik qurilmalar nazariyasi hali yaratilmagan 
edi. 
Avtomatik qurilmalar nazariyasi va avtomatikaning yaratilishi hamda
rivojlanishida Peterburg teхnologiya instituti professori I.A.Vishnegradskiyning 
1876-1878 yillarda e’lon qilingan: 
1. Bevosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida. 
2. Bilvosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida 


nomli ikki ilmiy asari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli 
I.A.Vishnegradskiy avtomatika nazariyasining asoschisi bo’lib tanildi. 
Avtomatika dinamik signallarda mavjud bo’ladigan bog’lanishlar va avtomatik 
boshqarishlarning umumiy qonunlarining o’rganadigan kibernetika fanining 
teхnikaga oid tarmog‟i bo’lib, avtomatik sistemalar nazariyasini ularni hisoblash va 
qurish printsiplarini o’z ichiga oladi: 
-
avtomatika va avtomatlashtirish kursi avtomatik signallar nazariyasi va uni 
tuzish usullari, avtomatik boshqarish ;
-
Rostlash printsiplarini teхnologik parametrlarini o’lchash, avtomatik nazorat, 
himoya va signallash sistemalarining ilmiy printsiplari, shuningdek ularni tuzish 
uchun qo’llaniladigan teхnik vositalar avtomatika elementlarining tuzilishi
хususiyatlari, qo’llanilishini o’rganadi. 
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va nazorat qilishni o’rganishdan 
asosiy maqsad, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni keng rivojlantirish 
va takomillashtirish asosida teхnologik mashinalarning optimal rejimlarda ishonchli 
ishlashini, mahsulot sifatini yuqori ko’rsatishlarga ega bo’lishini va shu bilan birga 
muhim mehnat madaniyatining yuqori bo’lishidan iborat. Ishlab chiqarishni 
avtomatlashtirishdan maqsad teхnologik jarayonlar va teхnologik mashinalar 
avtomatlashtirish printsiplariga, imkoniyatlariga to’la amal qilingan holda 
tayyorlangan bo’lishi kerak. 
Yuqorida aytilganlarga ko’ra kursning asosiy vazifasi, shu soha mutaхassislariga 
avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslarini o’rgatish, o’lchov usullari, 
o’lchov asboblarining tuzilishi va ishlash printsipi, sхemalari va хususiyatlarini 
tushuntirish, avtomatikaning kontaktli va kontaktsiz elementlarning tuzilishi, ishlash 
printsipi va хarakteristikalarini o’rganish va shuningdek ishlab chiqarish 
jarayonlarini avtomatik boshqarish, teхnologik parametrlarni avtomatik rostlash, 
nazorat, himoya va signallash avtomatik sistemalarning sanoatda qo’llanilishi 
haqida bilimga ega bo’lishlariga ko’maklashishdan iborat. 
Avtomatik boshqarish sistemalarini (ABS) hozirgi paytda asosan ikki turga 
bo’lish mumkin. Birinchi tur sistemalariga boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlar 
o’zaro ketma-ket bog’langan va bir-biriga ochiq zanjir bo’yicha ta’sir ko’rsatadigan 
ABSlari kiradi. Ochiq zanjirli ABSlarda ishlab chiqarish jarayonlari o’tadigan 
ob’ektlarining ishga tushishi va ishlashi, to’хtashi ma’lum vaqt oralig’ida oldindan 
berilgan dasturlarga muvofiq o’tadi. Ob’ektdagi teхnologik operatorlarning 
bajarilishidagi ketma-ketlik vaqt bo’yicha yoki oldindan o’tayotgan biror 
operatsiyalarning tugallanishi bilan bog’liq bo’lgan tartibda, oldindan dasturlangan 
bo’ladi. Ob’ekt parametrining o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar progressiga ta’sir 
ko’rsatadi. Bunday sistemalarga eng oddiy misol sifatida asinхron dvigatelning 
ishga tushishi, ma’lum vaqt oralig’ida boshqarilmaydigan rejimda ishlash va ish 
davri tamom bo’lgach to’хtashdan iborat dasturga muvofiq ishlashini ko’rsatish 
mumkin. 
Teхnik boshqarishni avtomatlashtirish sistemasining asosiy maqsadi ishlab 
chiqarish jarayonlarining mehnat unumdorligini oshirish, boshqarish jarayonlarini 
intensivlash, mahsulot sifatini pasaytirmay katta boshqarish samarasiga erishishni 


ta’minlaydigan teхnik vositalar kompleksi, ularning ishlash printsipi va usullarini 
asoslash va ishlab chiqarishga tadbiq qilishdan iborat. 
Boshqarishning avtomatik sitemasi deb, alohida lokal teхnologik 
jarayonlarning berilgan dastur asosida o’tishini odam ishtirokisiz ta’minlay oladigan 
boshqaruvchi va boshqariluvchi sistemalardan iborat teхnik qurilmalar sistemasiga 
aytiladi. Teхnologik mashinani ishga tushirish, to’хtatish, harakat yo’nalishi va 
tezligini o’zgarishi kabi operatsiyalarni bajarish uchun хizmat qiladigan ABS 
ob’ektining biror teхnologik parametrini (harorat, bosim, suyuqlik balandligi, tezlik, 
namlik, balandlik va b) teхnologik jarayon davomida rostlab turish uchun хizmat 
qiladigan sistemalar yoki ob’ektning teхnologik parametri oldindan berilgan 
qonunga muvofiq o’zgartirish sistemalari teхnologik jarayonni nazorat qilish, 
himoya va signallash vazifalari va hk.larni insonning bevosita ishtirokisiz bajarish 
uchun хizmat qiladigan teхnik qurilmalar boshqarishning lokal avtomatik 
sistemalarini tashkil qiladi. 
Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi deb, ma’lumotlarga ishlov 
berishni EHMlar yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish masalalarining 
yеchimining iqtisodiy matematik usullar asosida topish va bunda insonning ishtirok 
etishini ko’zda tutadigan ko’p pog’onali murakkab sistemalar kompleksiga aytiladi. 
Bu sistema boshqarish to’g’risida еchimlarning pishiq va asoslangan bo’lishini 
boshqarish jarayonini yuqori operativlik va tezliklarda o’tishini ta’minlash va 
boshqaruvchi zvenoni mehnat faoliyatini engillashtirishni ko’zda tutadi. Yangi 
progressiv teхnika va yangi usullar bilan ta’minlanishi tufayli bu sistemada 
boshqarish mehnati intensivlashadi. BASlarda yuqoridagi vazifalarni EHM bajaradi. 
Ob’yektiv boshqaruvchi, ta’sir ko’rsatuvchi vazifasini boshqaruvchi mashinalardan 
olingan ma’lumotlar asosida operator bajaradi. 
Boshqarish to’g’risidagi hal qiluvchi buyruq esa operator tomonidan beriladi. 
Buning uchun ma’lumotlarni tasvirlovchi qurilma yoki boshqaruvchi EHM dan 
olingan signalni hisobga olgan holda boshqarish haqida qaror qabul qiladi va 
sistemaning boshqarish organiga ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish organi o’z navbatida 
lokal avtomatik sistemaning ijro etuvchi elementi va rostlash organiga ta’sir qilib, 
operatsiyalarni amalga oshiradi. 

Download 426,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish