№1 AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: TEXNOLOGIK AMALNING NOMINI VA MAZMUNINI
ANIQ IFODA QILISH
1.1-misol
. Detalni (vtulka) seriyali ishlab chiqarish sharoyitida, donalab alohida
kesilgan tanavor tanavor qaynoqjo’valagan prokatdan tayyorlanadi. Hamma
sirtlariga bir martadan ishlov beriladi. Tokarlik amal ikki o’rnatuvli eskiz bo’yicha
bajariladi (1.1-rasm) [4].
1.1-rasm. Tokarlik ikki o’rnatuvlik amal eskizi
T a l a b e t i l a d i:
operasion eskiz va boshqa berilganlarni tahlil qilish;
amal mazmunini o’rnatish va uning nomini va mazmunini aniq ifoda qilish;
mazkur amalda tanavorga ishlov berish ketma-ketligini o’rnatish; o’tuvlar bo’yicha
amal mazmunini tasvirlash (yozish). Hamma sirtlar g’adr-budurligi
R
a
= 20 mkm.
YYechish
.
1. Dastlabki
berilganlarni tahlil qilib, o’rnatamiz, ko’rilayotgan
ikki o’rnatuvli amalda, tanavorning o’nbitta sirtiga ishlov berish bajariladi, qaysi
uchun ketma-ket o’nbitta texnologik o’tuvlarni bajarish talab qilinadi.
2. Amalni bajarish uchun tokarlik yoki tokarlik-vintkesar dastgohi
qo’llaniladi, va amalning nomi “Tokarlik” yoki “Tokarlik-vintkesar” bo’ladi
(GOST 3.1702-79). O’sha amal bo’yicha amalni guruh nomeri (14) va amal
nomeri (63) ni aniqlaymiz.
Amal eskizlari mavjud bo’lgan holda
amal mazmunini yozish uchun
qisqacha yozuv shaklini qo’llash mumkin: “Uch yon sirt kesib tushurilsin”, “Ikki
silindrik sirt yo’nilsin”, “Teshik parmalansin va yo’nilsin”, “Bir ichki va ikki
tashqi faskalar yo’nilsin”.
3. Operatsion eskizlardan foydalanib, o’rnatuvlar bo’yicha
texnologik
o’tuvlar bajarilishini ratsional ketma-ketligini o’rnatamiz. Birinchi (A) o’rnatuvda
yon sirt 4 kesib tushirilishi, sirt 2 yo’nish 1 yon sirtni hosil qilish bilan birga, faska
3 yo’nish, teshik 6 parmalash va faska 5 yo’nish zarur. Ikkinchi (B) o’rnatuvda yon
sirt 9 kesib tushurish, sirt 7 va faska 8 yo’nish, ichki 10 sirtni yo’nish va yon 11
sirtni hosil qilish kerak.
4. Amallar mazmuni texnologik hujjatlarga o’tuvlar bo’yicha yoziladi:
texnologik o’tuv (Tex.O’) va yordamchi o’tuv (Yor.O’). O’tuvlar mazmunini aniq
ifoda qilishda GOST 3.1702-79 bo’yicha qisqartirilgan yozuvdan foydalaniladi.
1.1-jadvalda ko’rilayotgan misol yozuvi keltirilgan
.
1.1-masala.
Tokarlik amal uchun operatsion eskiz ishlab chiqilgan
bajariluvchi o’lchamlari dopusklari bilan va ishlanuvchi sirtlarning g’adir-budurligi
bo’yicha qo’yiluvchi texnik talablari berilgan (1.2-rasm). Har bir sirtga - bir
marotaba ishlov berilsin. Variant no’merlari rasmda rim raqamlarida ko’rsatilgan
[4].
1.1-jadval
O’tuv № O’tuvning
ko’rinishi
O’tuvlarning mazmuni
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
Yor.O’
Tex.O’
Tex.O’
Tex.O’
Tex.O’
Tex.O’
Yor.O’
Tex.O’
Tex.O’
Tex.O’
Tex.O’
Tex.O’
Yor.O’
Yor.O’
Tanavor o’rnatilsin va mahkamlansin
4 yon
sirt kesib tushurilsin
2 sirt yo’niilsin 1 yon sirtni hosil qilish bilan birga
(2 sirt yo’nishda 2 ishchi yurish amalga oshiriladi)
3 faska yo’nilsin
6 teshik parmalansin
5 ichki faska yo’nilsin
Tanavor qayta o’rnatilsin
9 yon sirt kesib tushurilsin
7 sirt yo’nilsin
8 faska yo’nilsin
10 ichki sirt yo’nilsin
11 yon sirt kesib tushurilsin
Detal o’lchamlari
nazorat qilinsin
Detal tushurilsin va idishga taxlansin
T a l a b e t i l a d i: dastgoh turkumini ko’rsatish; tanavorni shakl va
o’lchamlarini
aniqlash; bazalash sxemasini o’rnatish; eskizda barcha ishlanuvchi
sirtlarni no’merlab chiqish; texnologik xujjatlarga yozish uchun amallar nomlarini
va mazmunlarini aniq ifoda qilish; hamma o’tuvlarning mazmunlarini to’la va
qisqartirilgan shakllarda texnologik ketma-ketlikda
yozib chiqish
.