Termodinamikaning vazifasi-turli sistemalarning xossalarini va ularda bo’layotgan jarayonlarni , ya’ni ish ,issiqlik va barcha turdagi energiyalarni o’zaro aylanishining miqdoriy qonuniyatlarini o’rganishdir.

Termodinamikada qo’llaniladigan
Termodinamikada qo’llaniladigan
tushunchalar.
Tashqi muhitdan amalda yoki fikran ajratib olingan va bir-biriga ta’sir etib turadigan moddalar yoki jismlar guruhi sistema deb ataladi.
Sistemalarni 3 turi mavjud:
Ochiq sistemalar – bunda sistema va tashqi muhit o’zaro modda va energiya almashish imkoni bor.
Yopiq sistemalar – bunda sistema va tashqi muhit faqat energiya almashishi mumkin.
Izolyatsiyalangan sistemalar – bunda sistema va tashqi muhit energiya bilan ham , modda bilan ham o’zaro almashmaydi.
Izolyatsiyalangan sistemalar – bunda sistema va tashqi muhit energiya bilan ham , modda bilan ham o’zaro almashmaydi.
Termodinamikada qo’llaniladigan tushunchalardan yana biri fazadir.
Faza – geterogen sistemadagi bir xil tarkibga va bir xil termodinamik xossalarga ega bo’lgan gomogen qismlarning yig’indisidir.
Termodinamikaning birinchi qonuni energiya va ish tushunchasiga
asoslangan boʻlib, bu kattaliklarning oʻzaro bogʻliqligini ifodalaydi. Har qanday sistema ma’lum bir energiya miqdori bilan xarakterlanadi. Bunda toʻliq energiya miqdori ΔE uch turdagi energiyalar yigʻindisidan iborat boʻladi.
ΔE = ΔEkin + ΔEpot + ΔEichki
ΔEpot- qiymati umumiy energiyaga deyarli ta’sir etmaydi.
ΔEpot- qiymati umumiy energiyaga deyarli ta’sir etmaydi.
ΔEkin- esa nolga yaqinlashadi. Demak, sistemaning toʻliq energiyasi asosan, ichki energiya miqdoriga bogʻliq boʻladi.
Termodinamikaning birinchi qonunidan quyidagi xulosalar chiqadi:
1. Issiqlik sarflanmasdan ish bajarib boʻlmaydi yoki ajratilgan sistemada barcha turdagi energiyalar yigʻindisi o ‘zgarmas qiymatga ega.
2. Energiya sarflanmasdan abadiy ishlaydigan mashina qurib
boʻlmaydi.
3. Energiya yoʻqdan bor boʻlmaydi va bordan yoʻq boʻlmaydi,
u faqat bir turdan boshqa turga aylanadi.
Termodinamik hisoblashlar.
Termodinamik hisoblashlar.
Turli jarayonlarning issiqlik effektlarini solishtirish imkoniyati boʻlishi uchun, termokimyoviy hisoblarni, odatda, dastlabki moddalarni va reaksiya mahsulotini 1 molekulasiga va standart deb olingan sharoitga (1 atmosfera yoki 101,325 kPa bosim, 250C yoki 298K harorat) moslashtiriladi. Sistemaning standart sharoitdagi hosil boʻlish issiqlik effekti yoki entalpiyasi deyiladi va quyidagicha ifofalanadi
ΔH0298 (yoki ΔH0).
Entalpiya
Entalpiya
Oddiy moddalar (elementlar)dan birikma hosil boʻlishida ajraladigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori birikmalarning hosil boʻlish issiqligi deyiladi. Birikmalarning hosil boʻlishi standart issiqligi ΔH0 belgisi bilan ifodalanadi. Standart sharoitda barqaror
boʻlgan oddiy moddalarning hosil boʻlish issiqligini (grafit, rombik oltingugurt, suyuq brom, kristall yod, oq fosfor) nolga teng deb qabul qilingan
Termodinamikaning ikkinchi qonunidan foydalanib, biror jarayonni amalga oshirish uchun qanday sharoit yaratish lozimligini aniqlash mumkin . Shuning uchun ham termodinamikaning ikkinchi qonuni amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Termodinamikanig ikkinchi qonuni asosida energiya bir turdan ikkinchi turga aylanishi jarayonida shu energiyaning ma’lum bir qismi atrof-muhitga issiqlik holatida tarqalishi tushunchasi yotadi.

Entropiya – reaksiya borishi natijasida hosil bo’lgan issiqlik effektining absolut haroratga bo’lgan nisbati tushuniladi
Entropiya – reaksiya borishi natijasida hosil bo’lgan issiqlik effektining absolut haroratga bo’lgan nisbati tushuniladi
- Q/T. Reaksiya borishi natijasidagi ertropiyaning o’zgarishini quyidagicha ko’rsatish mumkin: