Mavzu: Tenglamalar sistemasini yechishning o‘rniga qo‘yish usuli. Dars tipi: Yangi mavzu bayoni.
Dars uslubi:Savol-javob, misollar yechish.
Darsning jihozi: Tarqatma ko‘rgazmali qurol, 8-sinf algebra darsligi.
Darsning maqsadlari: Ta’limiy: O’quvchilarga tenglamar sistemasini yechishning o’rniga qo’yish usulini o’rgatish, o’quvchilarda bilim va ko’nikma hosil qilish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni dunyoqarashini kengaytirish, aqliy rivojlantirishga yordam berish.
3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning mustaqillik, topqirlik, ziyraklik kabi xislatlarini rivojlantirish.
1. Tashkiliy ishlar O’qituvchining darsni tashkil qilishdan oldin sinfning sanitariya ahvoliga e’tibori, sinfni darsga to‘laqonli tayyorgarligini ko‘rish, mavzu uchun o‘quv jihozlarining mavjudligini aniqlash.
2. O‘tilgan mavzuni takrorlash, baholash 1) O‘quvchilarga “Chiziqli tenglamalar sistemasi” mavzusi yuzasidan savollar berish, tenglamalar sistemasining yechimi, sistemasini yechish deganda nimalar tushunilishuga o‘quvchilar e’tiborini qaratish
2) Yu vazifasini tekshirish va baholash
3. Yangi mavzu bayoni 1- masala. Tenglamalar sistemasini yechish.
x+2y=5 (1)
2x+y=5
x va y shunday sonlarki, (1) sistemaning ikkala tengligi ham to’g’ri bo’ladi, ya’ni x va y (1) sistemaning yechimi deb faraz qilamiz.
2x+y=5 tanglamadan y=4-2x (2) endi sistemaning birinchi tenglamasini qaraymiz.
x+2y=5 (3)
(3) dagi y ning o’rniga (2) tenglamani keltirib qo’yamiz:
x+2(4-2x) =5
x+8-4x =5
-3x = -3
x=1
x=1 ni (2) ga qo’yamiz: y=4-2*1 =2 ekanini hosil qilamiz.
(1) sistema yechimga ega deb faraz qilib, biz x=1 va y=2 ni hosil qildik.
x va y ning topilgan qiymatlarini (1) sitemaning ikkala tenglamasiga qo’yamiz :
1+2*2=5 ikkala tenglik ham to’g’ri tenglikka aylanadi.
2*1+2=4
Demak (1) sistema birgina yechimga ega x=1; y=2.
Sistemani yechishning ko’rib chiqilgan usuli o’rniga qo’yish usuli deyiladi.
Bu usul quyidagilardan iborat:
sitemaning bir tenglamasidan bir noma’lumni ikkinchisi orqali, masalan y ni x orqali ifodalash kerak.
hosil bo’lgan ifodani sistemaning ikkinchi tenglamasiga qo’yish kerak, natijada bir noma’lumli tenglama hosil bo’ladi.
bu tenglamani yechib x ning qiymatini topish kerak.
x ning topilgan qiymatini y uchun ifodaga qo’yib y ning qiymatini topish kerak.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash va o‘zlashtirishni tekshirish O‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchlarga savollar berish, doskada birgalikda 1 ta misol yechish.
5. Darsda mustaqil ish bajarish 1) O‘tilgan mavzuni o‘quvchilar yanada yaxshiroq o‘zlashtirishlari uchun ularga mustaqil ish sifatida
tenglamalar sistemasini yechish topshiriladi.
2) O‘quvchilarning bajargan ishlari tekshirilib yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatiladi.
6. Darsni yakunlash va baholarni e’lon qilish a) Mavzu o‘zlashtirilganligiga ishonch hosil qilish
b) Yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilarni ma’naviy rag‘batlantirish
c) Baholash, dars samaradorligini aniqlash
7. Uyga vazifa 1) O‘tilganlarni takrorlash
2) 74-misol (darslikdan).