O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
KURS ISHI
MAVZU:TEMURIYLAR DAVRIDA DAVLAT BOSHQARUVIDA VAZIRLARNING O’RNI.VAZIRGA NISBATAN QO’YILADIGAN TALABLAR.
Topshirdi: ___________________________
Qabul qildi: ___________________________
MAVZU:TEMURIYLAR DAVRIDA DAVLAT BOSHQARUVIDA VAZIRLARNING O’RNI.VAZIRGA NISBATAN QO’YILADIGAN TALABLAR.
REJA:
Kirish:
I bob Amir Temur davlatining tashkil topishi.
1.1. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi
1.2. Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatga asos solinishi
II bob TEMURIYLAR DAVRIDA DAVLAT BOSHQARUVIDA VAZIRLARNING O’RNI.
2.1.Davlat boshqaruvi va siyosiy tizim. Harbiy boshqaruv.
Xulosa:
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Ilovalar
Kirish
“Mustaqillikga erishganimizdan keyin xalqimizning o`z yurti, tili, madaniyati,
qadriyatlari tarixini bilishga,o`zligi anglashga qiziqish ortib bormoqda.Bu tabiiy
hol. Odamzod borki, avlod – ajdodi kimligini, nasl – nasabini, o`zi tug`ilib voyaga
etgan qishloq, shahar,xullaski vatanining tarixinibilishni istaydi”.
Hozir O`zbekiston deb ataluvchi xudud, yani bizning vatanimiz nafaqat sharq
balki umumjaxon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo`lganini butun jaxon tan
olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, siyosatchilar,
sarkardalar etishib chiqgan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari manashu
zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan
murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko`rku fayzini, mahobatini yo`qotmagan
osori atiqalarimiz qadim – qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik
madaniyati, me`morchilik va shaharsozlik san`ati yuksak bo`lganidan dalolat
beradi. “Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh yozuvlar,
bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20mingdan
ortiq qo`lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san`at, siyosat, axloq,
falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astranomiya, me`morchilik,
dehqonchilikka oid o`n minglab asarlar bizning beqiyos ma`naviy boyligimiz, iftixorimizdir
”.Mustaqillik bizga boy va betakror o`tmishimizni,
tarixiy va madaniy merosimizni xolisona va ilmiy o`rganishga imkoniyat yaratdi.
Sobiq sho`ro mafkurasi xalqimiz yurtimiz tarixining ko`pgina zalvorli
muammolarini o`z talablari doirasida, tarixiy haqiqatdan chekingan holda, buyuk
davlatchilik shovinizmi g`oyalari asosida talqin qilishga majbur qildi. Ana shunday
g`ayri ilmiy talqin etilgan masalalardan biri Amir Temur va uning o`zbek
davlatchiligida, jaxon tarixida tutgan o`rni va tarixiy xizmatlarining hukumron
mafkura izmiga bo`ysundirilgan holda talqin etilishidir. Amir Temur – tarixda eng
buyuk shaxslardan biri. Ajablanarlisi shundaki, XIV asrning eng yorqin va
mo`tabar zotining buyukligi keyinchalik har turli afsonalaru, uydirmalar girdobida
qolib ketdi. Amir Temurning yirik davlat arbobi o`rta asr islohotchisi, jasur
adolatpesha, fan va madaniyat homiysi sifatidagi siymosi har turli mafkuraviy
ta`surotlarga, kamsitilgan va adolatsiz baholarga qaramay,asirlar osha yashab
keldi.“Temuriylar davri tarixshunosligi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimni
boshlar ekanman, bu mavzu bugun tarix fani va mustaqil O`zbekistonimizning
ma`naviy salohiyati uchun naqadar dolzarb ekanligini angladim. Zero,
ajdodlarimizdan bizga meros bo`lib kelgan tarixiy manbalar tarix guvohligini
o`zida aks etgan o`tmish elchilaridir.
Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda: “Ota – bobolarimizning asrlar davomida
to`plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o`zida mujassam
etgan bu nodir qo`lyozmalarni jiddiy o`rganish davri keldi. Chunki, o`zingizga
ma`lum, sho`rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag`batlantirilmas
edi, hukmron mafkura mahfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko`zidan
iloji boricha yiroq saqlanardi. Ahvol shu darajaga brogan ediki, o`z tariximizni
o`zimiz yozish huquqidan mahrum bo`lib qoldik. Birovlar tomonidan yaratilgan
tarix darsliklarini o`qir edik”.
Mustabid sho`ro tuzumi davrida sohibqironning shaxsiga, faoliyatiga bir
yoqlama baho berildi, unga tuhmat – bo`hton toshlari yog`ildi. Bu adolatsizlik
yurtboshimiz asarlarida qayta – qayta takidlanadi. Jumladan, I.A.Karimov yozadi “
sobiq mustabid davrida yaratilgan tarixiy asarlarda Amir Temur shaxsi va faoliyati
adolatsizlik bilan bir yoqlama baho berildi… Ana shunday noto`g`ri va g`ayri
ilmiy qarashlariga tanqidiy baho berib, Amir Temurga nisbatan tarixiy adolatni
qaror toptirish bugungi Temurshunoslikning muhim vazifalaridan biridir”
Do'stlaringiz bilan baham: |