Bu davrning dong’I chiqqan, did bilan ishlangan rasmlari orasida Nizomiy, Xusrav Dehlaviy va Navoiylarning “Hamsa” asari hamda Sadiyning “Guliston” va “Bo’ston” , Sh.Ali Yazdiyning ”Zafarnoma” asarlaridagi rasmlar tahsinga loiqdir. “Zafarnoma” qo’lyozmasiga ishlangan 55 varaqli miniatyurada Amir Temur lashkarining jangga tayyorlanishi, jang anjomlari bilan qurollangan olomon, yarqiroq qurol- aslaha tutgan chavandozlar tasvirlangan. Yana podsholarni olqishlash, rasmiy holatlar vaziyofat tantanalari tasvirlari talaygina. Jang, ov, tabiat quchog’ida dam olish va boshqa lavhalardan tashqari podshoh uchun zarur lavhalar- xalqning dono rahbari(cho’poni) bo’lishi , haqqoniylik va saxiylik homiysi bo’lishi , xalqni dushmandan himoya qilish lavhalari e’tiborni jalb etadi. Zero xalq bunday podshohni qo’llab quvvatlaydi, uning himoyasida xalq tinch yashay oladi. Bu miniatyuralar turkumining ma’no yo’nalishi tasavvufning komillik yo’lidagi xayrli so’z, ezgu ish, yaxshi xulq, bilim singari asosiy talablariga javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |