Devonda;
-
Adolat amiri112- bu mansab egasi turli o’lkalar , viloyat va shaharlarda ‘’sipoh va raiyat orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida’’ oliy hukmdorga hisobot yetkazib turgan. Hukmdor mavjud holatlarni aniqlagach shunga yarasha chora-tadbirlar ko’rgan;
-Arzbegi113- dargohga kelib tushadigan arz-shikoyatlarni tinglagan va ular haqida
oliy hukmdorga yetkazib turgan;
-Aminlar114- tushgan ma’lumotlarni joylarga topshirib, adolatsizlik, tartibsizlik, davlat va jamiyat manfaatlariga zid ishlar haqida yozma ma’lumot berib turadigan maxsus ishonchli vakillar;
-Dasturi azam115- biror kishiga zulm yetkazib undan ortiqcha mablag’ olishga yo’ qo’ymaslik uchun mas’ul shaxs;
Devonda
10ta vazirlik mavjud bolib, ularning
7-si
Adliyavazirligi edi.
Bu vazirlik to’g’ridan-to’g’ri
fuqarolar va
dunyoviy ishlar bilan shug’ullangan. Hukm shariat hukmi asosida olib borilgan.
-Mutavalliy116- vaqf mulklarini boshqartgan va nazoratni amalga oshirgan;
-Qozi117- har bir shahar va viloyatda, devonning turli jabhalarida qonunni nazorat qilgan. Qozilar darajasi va martabasiga ko’ra, bir-birlaridan farq qilgan. Qozi-ul quzzot,
qozilar va hokazo;
-Lashkar qozisi118- harbiy qozi ‘’qozi-i harb’’ deyilgan;
-Muhtasib119- bozorlarda tarozi, narx-navoni nazorat qiluvchi shaxs;
-Ixtisob120- muhtasiblarning boshlig’i shunday atalgan;
-Yasoqiylar121- yosoni amalga oshiruvchi, hukmni ijro etuvchi shaxs;
-Qozibacha122- qozining o’g’li;
-Qozizoda123- qozidan tarqalgan avlod ijtimoiy guruh;
- Islom ulamolari124- (arab. — olim soʻzining koʻpligi — bilimdon) —manbalarda bu titul ham tilga olingan bo’lib,
islom ilohiyotchilari va huquqshunos (faqih)lari,
shuningdek, diniy muassasalarga, qozilik mahkamalariga, oʻquv yurtlariga mutasaddi boʻlgan barcha islom dini olimlari;
-
Davlat qurilishi va boshqaruv sohasidagi eng muhim vazifa o’sha paytda qonunchilik hokimiyati institutlarining roli va ta’sirini kuchaytirish bilan bog’liq edi. Bu borada Sohibqironning qozilarni tayinlash va ularnin faoliyatiga oid qarashlari diqqatga sazvovor; ‘’Lashkar uchun maxsus qozi va hay’at uchun alohida qozi tanladim; har mamlakatga yubordimki, toki musulmonlar gunoh ishlardan qaytib, yaxshi va savob ishlari ko’paysin’ Bundan ko’rinadiki, Amir Temur o’z saltanatida sudlarning harbiy va fuqarolik ishlari bo’yicha ixtisoslashuviga katt ahamiyat bergan.
Xulosa
Amir Temur davlatining madaniy siyosati biz uchun alohida ahamiyatga ega. Sohibqironning tavalludiga bag’ishlab e’lon qilingan davlat hujjatlarida Amir Temur, fan va madaniyat taraqqiyoti – jamiyatning ma‟naviy asosi ekanligini anglab, mamlakatda madrasalar, maktablar barpo ettirdi, ilm-fan sohiblariga nafaqalar tayinladi, qulay maishiy-turmush sharoitlarni yaratib berdi. Sharq dunyosining qaysi shahriga borsa, u yerlik olimu-fozillar bilan suhbat qilib, bahslashib, ularni Samarqandga taklif etadi. Shuning uchun ham Amir Temur hukmronligi davrida Samarqand firdavsmonand Mavlono Abdumaliq Sayyid Sharif Jurjoniy, xoja Muhammad Zohid Buxoriy, Mavlono Ahmad, Abdulqodir Marog‟iy, Nizomiddin Shomiy, Hofizi Abru, Ibn Arabshoh, Ibn Xoldun kabi o‟nlab quvvai hofizali aql-zakovat sohiblari qo‟nim topib, ijod qilganlar. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov asarlarida faxr bilan bayon qilinganidek “tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi”.
Kurs ishiida yoritilgan ma’lumotlar bo’yicha quyidagicha xulosalarga kelish mumkin:
Birinchidan, Movarounnahrda XIV asrning 50-60 yillarida mulkdor
qatlam vakillari o’rtasida siyosiy kurash, o’zaro nizolar avj olgan edi. Amir Temur hokimiyatga kelishi bilan ular yagona markazga, hukmdorga bo’ysundirildi. Tashqaridan bo’ladigan barcha istilolalarga qat’iy chek qo’yildi. Mamlakatda tinchliq osoyishtalik o’rnatildi. Movarounnahrda yana mustaqil ijtimoiy hayot boshlandi. Bu o’ta muhim siyosiy omillar jamiyatning siyosiy mustahkamlanishiga, iqtisodiy, madaniy yuksalishiga asos bo’ldi.
Istiqlolning butun mohiyati, maqsadi, kuch-qudrati ham shunda. Faqat istiqlol ruhi bilan mulku-millat, lashkar va raiyatni boshqaringiz degan da’vatga Amir Temur va temuriylar davrida qat’iy rioya qilindi.
Ikkinchidan, mustaqil Turkistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy yuksalishida Amir Temur davlatida amalga oshirilgan harbiy, iqtisodiy-xo’jalik moliyaviy, madaniy va boshqa islohotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mustaqillik hayotiy zarur islohotlar asosida mustahkamlanadi. Binobarin, ular jamiyat va xalq manfaatlariga qaratiladi. O‟sha davrda Movarounnahrda Amir Temur davlatining bosh islohotchi vazifasini bajardi va hayotga muvaffaqiyatli tadbiq etdi. Agar ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar keng xalq ommasi manfaatlariga qaratilmas ekan, uning ahamiyati, natijalari ham chegaralangan bo’ladi. Bu davrda Movarounnahrda ishsizlikning bo’lmaganligi, barcha aholi ma’lum bir kasb bilan mashg’ul bo’lganligi, ularning turmush sharoiti tubdan yaxshilanganligi, davlatning ichki va xalqaro nufuzi oshganligi – islohotlarning muvaffaqiyatidir. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov faxr bilan ta’kidlaganidek “Buyuk strateg,
mohir siyosatchi, eskirgan ijtimoiy munosabatlarning qat’iy islohotchisi.... Amir Temur qonunlar va urf-odatlarga asoslangan davlatni barpo etdi”.
Yakunda shuni aytishimiz joizki;
- Amir Temur shaxsiga xos ma’naviy va axloqiy fazilatlar uning siyosiy mavqei ko’tarilishiga asos bo’lgan;
- Amir Temur usha davrda mavjud bulgan mugulcha, turkiy, forsiy, arabcha boshqaruv usullarining muxim jixatlarini bir-biri bilan uyg’unlashtirgan xolda yangicha boshqaruv asoslarini yarata olgan;
- Amir Temur tomonidan olib borilgan siyosat, ayniqsa, mutaxassislar kuchidan maksimal darajada foydalanishi va kuchli ijtimoiy himoyani tashkil etishi saltanat tarqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan;
- Davlatda ma’muriy tizimning samarali tashkil etilishida mansab (lavozim), unvon va ularga hukmdor tomonidan salohiyatiga qarab tayinlangan shaxslarning ta’siri katta bo’lgan;
- Olib borilgan harbiy siyosat va o’rnatilgan harbiy tizim, jumladan, qo’shin tuzilishi, sipohning xarakat usullari, shaxslarning harbiy mansablarga tayinlanishi bilan bog’liq tadbirlar va boshka muhim sifat o’zgarishlari davlatda barqarorlikning qaror topishida muhim ahamiyat kasb etgan;
- Saltanatda joriy etilgan sud-huquq tizimi davlatning
majburlov apparati bulib, u qonun ustuvorligini ta’minlab turgan;
- Amir Temur tashki siyosatda vaziyat talabidan kelib chsh ibushbu soxaning muhim yo’nalishlarini belgilab olgan. U asosan do’stlik va hamkorlik yo’lida xalqaro munosabatlar o’rnatgan hamda bu borada adolat tantanasi uchun kurashgan;
Bizga yaxshi ma’lumki millatni,xalqni birlashtirib keladigan muqaddas g’oyalar bo’ladi . Urushlar, qabilalar bir-biriga muholif bo’lishi, buning orqasidan bir-birini maxf etish uchun kurashlar olib boorish mumkin. Lekin yagona vatan, yagona makon manfaati haqida gap ketganda barcha kuchlar birlashib harakat qilishga intiladi. Tashqi xavfni bartaraf qilish uchun yagona kuch bo’lib birlashishga urinadi. Adolat g’oyasi Amir Temur saltanatida ana shunday birlashtiruvchi omil bo’lin xizmat qilgan. Bu go’ avvalo Sohibqiron siymosida namoyon bo’lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. Karimov I.A. Amir Temur haqida so‟z. - Toshkent: «Ӯzbekiston», 1996.
2. Abdurazzoq Samarqandiy. Matla sadayn va majmai bahrayn. T.2. 1-qism. Tarjima, kirish, izoxli so’z valuratlar A. O’rinboyevniki. - Toshkent: «Fan», 1969.
3. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. - Toshkent: «SHarq», 2000.
4. Abduraimov M. Temur va To’xtamish. - Toshkent: G„afur G„ulom, 2000.
5. Amir Temur va uning dunyo tarixidagi o’rni .Xalqaro konferensiya materiallari. - Samarqand: 1996.
6. Axmedov B. Amir Temurni yod etib. - Toshkent: O’zbekiston, 1996.
7. Boboev H.B. Amir Temur va temuriylar saltanati. -Toshkent: Kamalak 1996.
8. Dadaboev X. Amir Temurning harbiy mahorati. - Toshkent: Yozuvchi, 1996.
9. Muqimov 3. O’zbekiston davlati va huquqi tarixi.- Toshkent: 2003.
10. Mo’minov I.M. Amir Temurning O’rta Osiyo xalqlari tarixida tutgan urni va roli. - Toshkent: Fan, 1996.
11. Muhammadjonov A.R. Temur va temuriylar saltanati. - Toshkent: Qomuslar bosh taxririyati, 1994.
12. Rgveladze E.V., Saidov A.X. Amir Temur v zerkale mirovoy nauki. - Tashkent: Mir, ekonomika i pravo, 1999.
13. Tamerlan: Epoxa. Lichnost. Deyaniya / Sostavlenie, obrabotka i podgotovka teksta R. Raxmonaliyeva.- M.: Gurash, 1992.
14. Nizomidsin Shomiy, Zafarnoma. Fors tilidan YU.Hakimjonov tarjimasi. - Toshkent: O‟zbekiston, 1996.
15. Temur tuzuklari. Forschadan A.Sog’uniy va D.Karomatov tarjimasi (umumiy tahrirchi B.Axmedov). - Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1996.
16. Saidov A., Toshkulov J. O’zbekiston davlati va
huquqi tarixi. - Toshkent: 1995.
17. Saidahmedov I. Davlat va huquq tarixi. - Toshkent: Fan, 2006.
18. Sagdullaev A. va boshq, O’zbekiston tarixi: Davlat va jamiyat taraqqiyoti. - Toshkent: Akademiya, 2000.
19. Temur va Ulugbek davri tarixi. - Toshkent: Qomuslar bosh taxririyati, 1996.
20. Fayziev T. Temuriylar shajarasi. - Toshkent: Yozuvchi, 1999.
21. O’zbekiston tarixi. Murtazaeva R.X,.taxriri ostida. - Toshkent: 2003.
22. O’ljaeva SH. Amir Temur va temuriylar davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi. - Toshkent: Fan, 2005.
23.Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” – Toshkent 1989 y.
24.Muiniddin Natanziy “Mutahab ut - tavorixi Muiniy” – Nashrga tayyorlovchi G’.Karimiy. Ma’sul muxarrir A.O’rinboyev-Toshkent O‟zbekiston nashriyoti 2011.y
25. A.Boqiyev, Z.Yo’ldosheva. “Tarixdan saboqlar-II” Toshkent-Adabiyot uchqunlari 2017 yil.
26. Xukhem Xilda. Yetti iqlim sultoni. Toshkent.1999
27. Fasix Ahmad al-Xavofiy. Mujmal-I Fasixiy. Forschadan tarjima va izohlar muallifi D.Y. Yusupova. Toshkent.1980
28. Muiz ul-ansob .Nashrga tayyorlovchi SH.Vohidov.Qozog’iston tarixi fors manbalarida.3-tom.Olmaota.2006
29. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati.1-tom.Tuzuvchilar J.Shamsiyev, S.Ibrohimov va D.Sangirova. Toshkent. 1983
30. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati.2-tom.Tuzuvchilar J.Shamsiyev, S.Ibrohimov va D.Sangirova. Toshkent. 1983
31. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati.3-tom.Tuzuvchilar J.Shamsiyev, S.Ibrohimov va D.Sangirova. Toshkent. 1984
32. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati.4-tom.Tuzuvchilar J.Shamsiyev, S.Ibrohimov va D.Sangirova. Toshkent. 1985
33. Amir Temur Ko’ragon. Zafar yo’li[Tarjimai hol]. Toshkent. 1992
34. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. Birinchi kitob. - Toshkent: Yozuvchi, 1996. - 272 b.
35. Komilov N. Tasavvuf. Ikkinchi kitob. Tavhid asrori. - Toshkent: O’zbekiston, 1999. — 206 b.
36. Mukimov Z.Yu. O’zbekiston davlati va huquqi tarixi (tarixiy-huquqiy tadqiqot). — Samarkand: Zarafshon, 1998.1-qism. -3126.
37. Tojixonov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. - Toshkent: Uzbekiston IIV akademiyasi, 1998. 1-jild. - 336 b.