Temperament tiplarining xarakteristikasi quyidagilardan iborat: Xolerik temperament. Bu temperamentdagi kishi biror narsaga qattiq kirishadi. Uning faoliyati, ko’chi, g’ayrati oshib ketadi. Arzimagan to’siqlikdan kuchli g’azablanadi. Natijada ruhi, g’ururi, rashki, qasos olish kayfiyati, izzat-nafsi oxirgi chegarasiga borib yetadi. U kam o’ylab, tez ishga kirishadi, o’zini hamma vaqt haqli deb xisoblaydi va o’z bilganidan qolmaydi, yo’l qo’ygan xatolarini bo’yniga olishi juda qiyin. Uning intilishlari, qiziqishlari barqaror, o’z qarorlarida qat’iy va mustahkam, emotsional holatlarining almashinishi juda sekin.
Do'stlaringiz bilan baham: |