Flegmatik temperament. Bu temperamentdagi shaxs hissiyotga tez berilmaydi. Bu temperamentdagi shaxslar bosiq bo’lib, o’zini bemalol tuta oladi va buning uchun hech qanday jismoniy kuch sarf qilmaydi. Flegmatik temperamentdagi shaxslar jo’shqin va chuqur xissiyot ta’siriga berilmaydilar, o’z faoliyatlari uchun darhol qaror qabul qila olmaydilar. Ular og’ip, arz-holini hadeb aytavermaydigan, azob-uqubatlarni sekin o’tkazadigan, boshqalarning azob-uqubatlariga parvo qilmaydigan bo’ladilar - Aksariyat odamlar aralashgan temperament turiga ega bo’ladilar. Odamda qaysi xildagi temperamentning xususiyatlari ko’proq namoyon bo’lsa, shunga qarab uni u yoki bu tipga mansub, deb aytamiz. Masalan, serharakat, serg’ayrat, tinib-tinchimas, hamma narsani biladigan shaxsni xolerik temperamentli, beg’am, beparvo, kam harakat, sustkash shaxsni flegmatik temperamentdagi odam deb xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |