JORJ GORDON BAYRON (1788-1824-y.)
Jo'rj Gordon Bayronning ijodi insoniy erkinlik g'oyasi bilan sug'orilgan
shoirona drama tarixida hal qiluvchi bosqichga aylandi. Bayron muqimlashib
245
qolgan g'oyalarga shubha bilan qarab, ularni doimo o'z tafakkuri taftishidan
o'tkazib kelgan shoirdir. Bu dramaturgiyada ham o'zini namoyon qilgan.
Bayron zodagon avlodi oilasida dunyoga kelib, yoshligini Shotlandiya
qishloqlarida o'tkazgan. 17 yoshida tog'asi vafotidan keyin uning merosi va lord
unvonini oladi, Kembrij universitetida tahsil ko'radi. Bayron lordlik burchini el-
yurt oldidagi, dunyo taqdiri oldidagi mas'ullik ma'nosida qabul qilgan edi. Lordlar
palatasiga kirib nutq so'zlaydi, tirikchiligi xarob ahvolga tushib qolgan
to'quvchilarni himoya qilib chiqadi. U mehnatkashlarni «aholining eng foydali
qismi» deb ataydi va davlat buzrukvorlarini tartib o'rnata olmaslikda ayblaydi.
Bayron dastlabki ikki qo'shig'i «Chayld Garold» va boshqa asarlari bilan
dovrug' taratgach, 1816-yili bir umrga o'z yurtidan chiqib ketadi. U Shveysariya,
Italiyada yashaydi, Yunonistonda vafot etadi.
Bayron qahramoni favqulodda ko'rinuvchi va shu favquloddaligi bilan
fahrlanuvchi qahramondir. U odamlarni sevadi, lekin ayni paytda ulardan
jirkanadi. Ha, u boshqalarda ko'ringan badbinlikni dahshat ichida o'zida ham topa
boshlaydi. Shunday bayronnamo haybatlilik «Manfred» dramatik poemasida keng
namoyon bo'lgan. Asar 1816-yili Shvetsariyada yozilgan.
«Manfred» «Gyotening «Faust» asari ta'sirida yozilgan. Bayron nemis tilini
bilmaganidan shvetsariyalik bir do'sti unga Gyote asarining bir qismini tarjima
qilib bergan. Bayron Gyote asaridan, avvalo, undagi olam sirini ochish, to'siqlarni
yengishga qodir ruhiy qudratlilik g'oyasini qabul qiladi. Lekin «Manfred» asari
umidsizlik ruhidagi asar bo'lib chiqdi. Bayron qahramoni olam va insoniy qalb
sirlarini ochib, xilqat qudratini o'z izmiga olgan holatda ko'rinadi. Lekin bu bilan
o'ziga ham, o'zgalarga ham naf keltirmaydi; sababi, Manfred nazdida dunyo qonuni
— azob-uqubat chekish qonuni bo'lib chiqadi. Manfred jinoyat yo'li bilan odam va
olamni anglaydi. Endi u shularning unutilishini o'ylaydi. Lekin buning aslo iloji
yo'q.
Bayron qahramoni vijdon azobida faryod chekadi. Shoir Manfred obrazi orqali
ma'rifatparvarlar ezgu g'oyalari sarob bo'lib chiqqanligini ifodalaydi, odamlar
sha'ni-nafsoniyati, deya kurash ochish lozimligini anglab, noaniq kelajak
Do'stlaringiz bilan baham: |