Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/151
Sana09.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#190583
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   151
Bog'liq
teatr tarixi

 
245 
Bizgacha  yetib  kelgan  deyarli  barcha  tragediyalar  prolog  (maqaddima)  bilan 
boshlanadi. Prologdan so'ng orxestraga xor kirib keladi va pyesaning oxiriga qadar 
bu yerdan jilmaydi. Xorning orxestraga shu chiqishi parodl deb atalgan. Paroddan 
so'ng episodiylar, ya'ni tragediyaning dialoglarga asoslangan qismi boshlangan.  
Esxilning  «Eroniylar»  tragediyasi  uning  ilk  asarlari  jumlasiga  kiradi.  Bu 
zamona  voqealariga  bag'ishlangan  va  bizgacha  saqlanib  qolgan  yagona  asar 
hisoblanadi. 
Tragediya  jo'shqin  vatanparvarlik  tuyg'ulariga  to'la.  Esxil  Yunonistonning 
demolcratik  tartibi  mustabid  Eron  tuzumidan  ustun  ekanligi  va  shu  bois  ellinlar 
g'alab'a  qozonganligini  ko'p  martalab  takrorlagan.  Bu  fikr  Atossa  bilan  chopar 
orasidagi  savol-javobda,  ayniqsa,  yaxshi  ifodalangan.  Atossaning  «Kim  ekan 
ularda  lashkarga  boshchi,  hukmdor?»  degan  savoliga  chopar  «tiriklarga  mute 
qullar  emas,  bo'ysunmas  kishilar  ular
»,  «Elliadaning
  kuchi  nimada  ekan?»  degan 
savolga «Fuqaro jasorati — ularning qal'a-yu qalqoni ekan», deb javob qaytaradi. 
«Zanjirband  Prometey»  (qo'yilgan vaqti noma'lum)  asari  Esxil  ijodida  alohida 
o'rin  tutadi.  To'ng'ich  ma'budlar  naslidan  bo'lmish  titan  Prometey  haqidagi 
afsonalar  ko'pgina  yunon  shoirlari  uchun  ilhom  manbayi  bo'lgan.  Lekin  Esxil 
birinchi bo'lib Prometey obrazini qahramonlik ruhida talqin etgan. Zevs insoniyat 
naslini  butkul  yo'q  qilib  yubormoqchi  bo'lganda,  Prometey  arshi  a'lo  mehrobidan 
tangri  otashini  o'g'irlab  odamlarga  topshiradi.  Odamzodga  u  yana  imorat-
koshonalar  qurish,  dehqonchilik,  yovvoyi  hayvonlarni  o'rgatish,  vaqtni  o'lchash, 
tabobat sirlarini anglash kabi ko'p kasbu ilmlarni o'rgatadi. Esxil insoniyat tarixini 
o'sish, ulg'ayish tarixi tarzida ko'rsatgan. 
Prometey  odamlarni  omilkor,  o'ta  qudratli  qilib  qo'ygani  uchun  Zevsning 
qahriga  uchraydi.  Zevsning  malaylaridan  Hukmdorlik  va  Zo'rlik  tragediyaning 
muqaddima  qismida  tog'  qoyasiga  zanjirband  etish  uchun  Prometeyni  dunyoning 
eng  chekkasiga,  uzoq  Skifiyaga  olib  keladilar.  Bu  mash'um  voqea  koinot 
kuchlaridan  hech  birini  befarq  qoldirmaydi.  Prometeyning  onaizori  —  zamin 
ma'budasi,  quyosh,  tog'lar,  daryo,  dengiz  to'lqinlari  va  ilohiy  Samo  jabrdiydaga 
hamdard bo'ladilar. 



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish