"Lolaxonni uygotma" uyini
Uyinni borishi: Logoped oldiga karavotda uxlab yotgan kugirchokni kuyadi va shunday deydi
-Lolaxon juda kup sayr kildi,charchadi.Ovkatlanib oldida uxlab koldi. Biz esa u uynagan uyinchoklarni yigishtirib kuyishimiz kerak,ammo kugirchokni uygotib yubormaslik uchun uyinchoklarni sekin yigishtirib olishimiz kerak.Kani Olima va Salima meni oldimga kelinglar-chi.Olima sen Salimaga kaysi uyinchoklarni yigishtirib kutiga solish kerakligini juda past ovozda aytgin.
SHu tarika xamma bolalrni 2 tadan chakirib,stol ustiga terib kuyilgan uyinchoklarni yigishtirib olishni taklif etadi.
Metodik kursatma: Bolalarda nutkni tushunib,vazifani tugri bajarishga urgatish
Nutq apparatini harakatini rivojlantirishga oid o’yinlar.
Bu mashg’ulotlarning asosiy vazifasi bolalarda nutq apparati,ya’ni til,lab,va pastki jag’ tilchaning xarakatlanishini rivojlantirishga qaratilgan.
“SHirin murabbo” o’yini.
Maqsad: Til xarakatini faollashtirish.
O’yinning borishi:Bolalarga murabboni yalayotgan qizning rasmi ko’rsatiladi.Qizning yuqorgi va pastgi labiga murabbo yopishib qoldi.Qiz murabboni tili bilan yaladi.(Til xarakati bilan murabboni yalash ko’rsatiladi). So’ngra bolalar ham ushbu mashqni qaytaradilar.Logoped har bir bola mashqini qanday bajarayotganini kuzatib boradi.
Tishlarimizni tozalaymiz.
Maqsad: Til xarakatini faollashtirish.
O’yinning borishi:Bolalar logopedga qaragan holda bir qator bo’lib o’tiradilar.Bolalarga rasm ko’rsatiladi.Qaranglar bolalar,bola qanday qilib tishlarini tozalayapti. Biz ham hozir sizlar bilan tishlarimizni tozalaymiz.Faqatshyotka bilan emas,balki tilimiz bilan.Avval logoped til bilan tishlarini tozalashni bolalarga o’zi ko’rsatib beradi.So’ngra har bir bolani oldiga chaqirib mashqni bajarishini kuzatib boradi.Mashq bir necha marta bajartiriladi.
(Bekinmachoq,quvnoq tilcha o’yinlari)
“Ot” o’yini.
Maqsad: Til uchi xarakatini faollashtirish.
O’yinning borishi: Bolalar qator bo’lib turadilar,ya’ni ular otchalardir.Logopedning “Ketdik”degan so’zidan so’ng bolalar yuradilar va shu bilan birga ot yurishiga taqlid qiladilar (tra-tru,tra-tru). “To’xtang”deyilgandan so’ng esa to’xtab,otni to’xtatish ovoziga taqlid qiladilar (Trr-trr...).So’ngra logoped har bir bolaga alohida talaffuz ettiradi.Logoped bolaning tili yuqoriga tishlar orasida bo’lishini va til uchi xarakatlanishini kuzatib borishi kerak.Til uchini to’g’ri ko’tarishga e’tibor berish kerak.Agar bola ushbu mashqni bajara olmasa,konfet so’rishga taqlid etishini o’rgatish kerak.
“Lablarimiz bulochkaday dumaloq” o’yini
Maqsad: Lab xarakatini faollashtirish.
O’yinning borishi: Logoped bolalarga dumaloq bulochka chizilgan rasimni ko’rsatadi va bolalardan “Kim lablarini shunday dumaloq qila oladi?” deb so’raydi.Avval logoped bolalarga o’zi ko’rsatib beradi (o-o-o-o). So’ngra bolalarni ketma-ket chaqirib,mashqni erkin bajarish tavsiya etiladi.Bolalar mashqni erkin bajarishini kuzatib borishadi.Mashqni bajarishda faqat lablarning ishtirok etishi kuzatib boriladi,og’iz ochilgan holda bo’ladi,lekin pastki jag’ oldinga chiqib ketmasligi kerak.
“Kim yaxshi kuladi?” o’yini.
Maqsad: Lab xarakatini faollashtirish.
Jixoz: Bo’g’irsoq,qo’g’irchoq.
O’yinning borishi: Bolalar yarim doira holda o’tiradilar.Logoped bolalarga shunday deydi. “Biz xursand bo’lganimizda kulamiz”,mana bunday (o’zi kulib ko’rsatadi). Biz juda xursand bo’lib kulganimizda tishlarimiz ko’rinadi.Hozir bizga bo’g’irsoq bilan qo’g’irchoq mexmonga keladi.Hammamiz hursand va kulib ularni kutib olamiz.Bolalar tishlarini ko’rsatib kuladilar.Endi mehmonlarimiz ketdi.Biz hafa bo’ldik.Tishlarimizni bekitamiz.Mehmonlarimiz yana keldi.Kulamiz.SHu tariqa mashqlar bir necha marta takrorlanadi.Lab xarakatlarining aniq bajarilishi kuzatib boriladi.
“Kim nay chala oladi?” o’yini.
Maqsad: Lab xarakatlarini faollashtirish.
O’yinning borishi: Bola yarim doira holda logopedga qaragan holda o’tiradilar.Logoped bolalarga nayning rasmini ko’rsatadi va bolalardan lablari bilan nay hosil qilish so’raladi.Avval logoped nay chalishni taqlid qilishni bolalarga o’zi ko’rsatib beradi.So’ngra bolalardan talaffuz etish so’raladi.Nay chalinyapti deganda bolalar lablari bilan nay chalish xarakatini bajaradilar.Kuy tugadi deyilganda bolalar lablarini oddiy holga keltiradilar.Mashq bir necha marta takrorlanadi va aniq bajarilishi logoped tomonidan kuzatib boriladi.
“O’rmon” o’yini.
Maqsad: Lab va pastki jag’ xarakatlarini faollashtirish.
Jihoz: Savatlar.
O’yinning borishi: Qiz va bola doira bo’lib turadilar.Ularning qo’lida savatchalar bor.Bolalar o’rmonga qo’ziqorin tergani ketishyapti. Lekin bitta bola o’rmonda adashib qoldi.Bolalar o’rtoqlarini qidirishyapti.Au-au qaerdasan. Logoped har bir bola au-au tovushlarini qanday talaffuz etayotganini kuzatib borishi kerak.Au-tovushlari talaffuz etilayotganida pastki jag’imiz bir oz pasga tushadi,lablar dumaloq holatda bo’ladi.Ushbu mashq bolalar tomonidan to’g’ri bajarilishi kuzatibboriladi.
“Quvnoq tilcha” o’yini.
Maqsad:nutq apparati xarakatchanligini rirojlantirish.
O’yinning borishi: Bu o’yini bolani qiziqtirgan xolda olib borish kerak.Logoped bolaga uning og’iz bushlig’i uy deb tasavvur etishni aytadi.Bu uychada kichkinagina,quvnoqgina tilcha yashaydi.Tilcha erta turib oynalarni ochib xonaga toza xavo kiritadi.Bunda bola og’zini ochadi.Tilcha yuzini yuvadi,bunda tili bilan lablarini yalaydi.CHoy ichsin deganda bola tilini uchini ikki chetini buklagan xolda xavoni ichiga tortadi.Logoped o’yinni davom ettiradi.Tilchamiz nonushta qilgandan sung o’ynagani tashqariga chiqadi,deganda bola ikki lunjini ishiradi.Sung tilcha toshdan toshga sakrasin deganda bola tili uchi bilan birma-bir tishlariga tekkizib chiqadi.Logoped endi tilini otda sayirga chiqdi deganida bola tilini uchini tanglayga botirib ot tuyoqlarining ovoziga uxshab ovoz chiqaradi.Bu jarayon davomida bolaning lablari gox kulgu,gox cho’chchaygan xolatida buladi.Allbatta bola bu mashqlarni logoped bilan birgalikda taqlid asosida bajaradi.Keyinroq esa mustaqil tarzda bajarishini boshlaydi.
“Qo’g’irchoq uxlamoqchi” o’yini.
Maqsad: Pastki jag’ xarakatini rivojlantirish.
O’yinning borishi: Logoped bolalarga murojat qilib shunday deydi:Qaranglar sizlar bilan o’ynab qo’g’irchog’imiz charchab qolibdi.Uning uxlagisi keldi.U chuqur nafas olib esnayapti.Logoped bolalarga bir necha marta esnashni ko’rsatib beradi.Esnaganimizda og’zimiz ochiq xolda ,chuqur nafas olamiz,pastki jag’imiz esa pastga tushgan xolda bo’ladi .vazifani ko’rsatib bergandan so’ng logoped bolalarning vazifani to’g’ri bajarib borishini kuzatadi.
“Qushlarni boqish” o’yini.
Maqsad: Pastki jag’ xarakatini rivojlantirish.
O’yinning borishi: Bolalar pedagogka qarama-qarshi stulchalarga o’tirishadi.Pedagog bolalarga bir qush tasvirlangan rasmni va boqiladigan qushchalar rasmini ko’rsatadi.So’ngra pedagog: Hozir biz o’yini o’ynaymiz.Sizlar qushchalar bo’lasizlar.Men esa ona qush bulaman.Ona qush don olib keladi,hamma qushchalar tumshuqlarini ochishadi.Donni yeb bo’lishgach tumshuqlarini yopishadi-deb aytadi.Bolalar ushbu harakatlarni bajarishadi.O’yinni bir necha marta qaytarish mumkin.Bolalar to’g’ri va tinch o’tirishlari kerak. Boshni to’g’ri tutish kerak.Ayniqsa og’izni ochganda va yopganda orqaga tashlamaslik kerak.
Harakatni faqat pastki jag’,til va lab tinch turgan holda bajariladi.
Xulosa.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni asosiy faoliyati bu o’yindir. Har qanday o’yin turlari, o’yin elementlari nutqida nuqsoni bor bolalar bilan olib boriladigan korrektsion ishlarni barcha bosqichlarida foydalaniladi. O’yin faoliyatidan keng foydalanish o’yin orqali bolaga har tomonlama ta’sir etishidir. Bolalarda nutqning to’liq shakllanishi va rifojlanishi uchun mashg’ulotlarda logopedik o’yinlardan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Logopedik o’yin mashg’ulotlarida bolalar bilan:
- nafasni rivojlantirishga oid o’yinlar;
- eshituv diqqatini rivojlantirishga oid o’yinlar;
- nutq apparati harakatini rivojlantirishga qaratilgan o’yinlar;
- tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan o’yinlar;
- duduqlanishni bartaraf etishga oid o’yinlar;
- mayda qo’l motorikasini rivojlantirishga oid o’yinlar o’tiladi.
Maxsus tashkil qilingan logopedik mashg’ulotlar tizimi negizidagina bolalar nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish, korrektsiyalash hamda nutqning rivojlanishiga erishish mumkin.
Fonetik-fonematik nutk kamchiligiga ega bulgan bolalarning ogzaki nutkini urganish shuni kursadadiki,ularning nutki kundalik mulokot extiyojlarini kondiradi.Ularning talffuzida nutkning leksik-grammatik katorida kupol buzilishlar kuzatilmaydi.Bu bolalar uchun fonematik- idrokning shakllanish jarayoni tugallanmaganligi xosdir.Nutk kamchiliklari tovushlarini notugri talaffuz kilish bilan chegaralanib kolmay,shuningdek tovushlarni yetarli farklamaslik va suzni tovush tomondan taxlil va tarkib kilishdagi kiyinchiliklardan xam iborat.
Fonematik idrokni rivojlantirish korrektsion logopedik ishning eng asosiy yunalishidir. Bu ishlar tovushlar taxliliustidagi ish bilan uzaro bogliklikda olib oriladi. SHu bilan birga tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini fonematik idrokni rivojlantirishga karatilgan ishlar bilan birgalikda olb borilgandagina yaxshi natijalarga erishiladi. Kuyida biz, fonematik idrokni rivojlantirishga karatilgan uyinlardan namunalar keltiramiz.
Adabiyotlar:
1. K.SHodieva “Maktabgacha yoshdagi bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish” Toshkent.1995 y.
2. Igrы v logopedicheskoy rabote s detьmi “Pod red”V.I.Seliverstva Moskva 1981 god.
3. A.B.Usova.Rolь igrы v vospitaniy detey.Moskva 1976 god.
4. Ye.L.Krutiy. "Volshebnaya logopediya" Stalker. 1999-yil
5. A.P.Usova. "Rolь igrы v vospitanii detey" Moskva 1976-yil
6. V.I.Seliverstov. "Igrы v logopedicheskoy rabote s detьmi" Moskva 1986-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |