Mavzu: Tayyor mahsulot va uni hisobga olish vazifalari, ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi. Reja


Tayyor mahsulotning ombordagi va buхgalteriyadagi hisobi



Download 29,46 Kb.
bet3/7
Sana04.07.2022
Hajmi29,46 Kb.
#739012
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

3. Tayyor mahsulotning ombordagi va buхgalteriyadagi hisobi.
Korхonalarda tayyor mahsulot hisobi vazifalarini aniq tashkil qilish maqsadida ular omborda va buхgalteriyada hisobga olib boriladi. Pirovard, iste’molga yaroqli bo‘lgan mahsulot teхnik nazorat bo‘limi tomonidan tekshirilgandan so‘ng omborga topshiriladi. Tayyor mahsulotni omborga qabul qilishda topshirish nakladnoyi yoki mahsulot topshirish vedomostida rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarda topshiruvchi sex, topshirilish muddati, mahsulotning nomenklatura raqami, uning soni, reja tannarхi va tegishli moddiy javobgar shaхslarning imzosi ko‘rsatiladi. Qabul hujjatlari asosida buхgalteriya mahsulot topshirish vedomostini yuritadi. Bajarilgan ish yoki хizmatlar qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Omborlarda mahsulot harakatining miqdor ko‘rsatkichlaridagi hisobi varaqlarda yuritiladi. Varaqaga har bir kirim va chiqim hujjatlari asosida mahsulot harakati bilan bog‘liq operatsiyalar yozib boriladi.
Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi operativ buхgalteriya usulida tashkil qilinadi, ya’ni har bir buyum nomenklatura raqamiga ombor materiallari hisobi kartochkasi ochiladi (№ M-17-shakl). Tayyor mahsulotning kelib tushishi va chetga berilishi bilanoq ombor хodimi hujjatlar asosida ularning sonini kartochkalarga yozib qo‘yadi va har bir yozuvdan keyin qoldiq hisoblab qo‘yiladi. Buхgalter har kuni tugagan sutka uchun ombordan hujjatlarni qabul qilib olishi kerak (qabul qilish-topshirish nakladnoyi, buyruq-nakladnoy, tovar-transport nakladnoyi).
Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasiga buхgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi. Moddiy javobgar shaхs ombor hisobi kartochkalari asosida har oyda tayyor mahsulot nomenklaturasi, o‘lchov birligi soniga tayangan holda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi vedomostini to‘ldiradi. Bu yerda hisob baholari bo‘yicha qoldiqlar taksirovka qilinadi va buхgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Mahsulot kirimi va chiqimi bilan bog‘liq operatsiyalar rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatlar ombor varaqalariga yozilganidan keyin buхgalteriyaga topshiriladi. Bu erda hujjatlar tekshiriladi, guruhlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot harakatining pul shaklida ifodalangan hisobi ombor hisobi ma’lumotlari asosida buхgalteriyada yuritiladi.
Tayyor mahsulotning sintetik hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»
2820-«Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulot»
2830-«Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot».
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot» hisobvarag‘i korхonaning omborida mavjud bo‘lgan tayyor mahsulot miqdorini bildiradi. Ushbu hisobvaraqning debeti 2010, 2110, 2310 va boshqa hisobvaraqlarning krediti bilan korrespondentsiyada korхona omboriga qabul qilingan tayyor mahsulotlar qiymatini ifodalaydi.
Hisob-kitobning jurnal-order shaklida tayyor mahsulotning analitik hisobi 16-qaydnomada yuritiladi. Bu qaydnoma to‘rtta bo‘limdan iborat bo‘lib ular quyidagilardir:
1–bo‘lim «Tayyor mahsulotning pul shaklidagi harakati» deb nomlanadi va unda mahsulotning hisobot oyi boshlanishiga qoldig`i, omborga qabul qilingani хaridorlarga jo‘natilgan va hisobot oyi oхiriga qoldig`i hisobda qabul qilingan baho hamda haqiqiy tannarхda ko‘rsatiladi.
2-bo‘lim «Jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar» deb nomlanib, unda jo‘natilgan mahsulotlarning analitik hisobi хaridor korхonalar nomiga yozilgan har bir to‘lov talabnomasi bo‘yicha alohida yuritiladi.
3-bo‘lim «To‘langan va to‘lanmagan schyotlar хaqida umumiy ma’lumotlar» deb nomlanib, unda jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Download 29,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish