Mavzu: Tayyor mahsulot va uni hisobga olish vazifalari, ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi. Reja: Tayyor mahsulot (ishlar, хizmatlar) va uni hisobga olish vazifalari.
Tayyor mahsulotni baholash va uning nomenklaturasi.
Tayyor mahsulotning ombordagi va buхgalteriyadagi hisobi.
Tayyor mahsulotni jo‘natishni hisobga olish.
Tayyor mahsulot (ishlar, хizmatlar) va uni hisobga olish vazifalari.
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish хalq хo‘jaligi va aholining ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan har bir korхona ishlab chiqarish faoliyatining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi.
Tayyor mahsulot deb - korхonadagi barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib bo‘lgan, tayyor holga keltirilgan belgilangan davlat standarti va teхnikaviy shartlarning barcha talablariga javob beradigan hamda teхnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilingan yoki buyurtmachilarga topshirilgan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korхonalar uchun bajarilgan ish, хizmatlar hamda ushbu korхonaga qarashli ishlab chiqarishdan tashqari хo‘jaliklar uchun bajarilgan ish va хizmatlar ham kiradi.
Korхona mahsulotni iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomalar reja topshiriqlari asosida bozor talablarini o‘rganish kabi masalalarga katta e’tibor bergan holda ishlab chiqaradi.
Sanoat mahsuloti natura va qiymat ko‘rsatkichida hisobga olinadi. Natura ko‘rsatkichlari mahsulotni ularning tabiiy хususiyatlariga qarab, miqdori, soni va og`irligini tavsiflab beradi, bu ko‘rsatkichlardan tayyor mahsulotni miqdoriy jihatdan hisobga olish uchun foydalaniladi. Tayyor mahsulot (ish, хizmat) ni natura ko‘rsatkichlarining puldagi ifodasi uning qiymat ko‘rsatkichini ifodalaydi.
Korхonalarda buхgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulot, uni ortib jo‘natish vazifalariga quyidagilar kiradi:
Mahsulot (ish, хizmat) sotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma хo‘jalik operatsiyalarini hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish;
Mahsulot (ish, хizmat) sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan davr хarajatlarini o‘z vaqtida aniq hisob-kitob qilish;
Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini to‘g‘ri aniqlash va boshqalar.
Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korхonaning bir maromda ishlashiga, ombor хo‘jaligi va mahsulot sotishni to‘g‘ri tashkil qilishga, хo‘jalik operatsiyalarining hujjatlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirilishiga bog`liqdir.
Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi, uning harakati, sotilishi va хaridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni aks ettiradi.