Nazorat uchun savollar:
Skelet muskullari odam tanasida qay tartibda joylashgan?
Bo’yin va gavda muskullarini aytib bering?
Yelka kamari muskullariga qaysi muskullar kiradi?
Qo’l va oyoq muskullarini aytib bering?
Tomirlar sistemasi qon tomir sistemasi, limfa sistemasi va qo’shimcha tuzilmalardan tarkib topgan.
Qon tomirlar sistemasi yurak, arteriyalar, venalar va kapillyarlardan iborat. Yurak qon tomirlar sistemasining markaziy organi bo’lib, nerv garmonlar boshqaruvining ta’sirida doimo bir maromda qisqarib va kengayib, organizmdagi qon suyuqligi har xil kattalikdagi qon tomirlar yordamida xujayralarga va to’qimalarga oziq moddalarni olib boradi va boshqa turli qon tomirlar orqali yurakka qaytib keladi. Barcha qon tomirlar 2 turga bo’linadi:
1. Markaziy organ bo’lgan yurakdan otilib chiqqan qon butun gavdaga tarqaladi bunday qon tomirlariga arteriya qon tomirlari deyiladi.
2. Xujayralardan, to’qimalardan markaziy organ xisoblangan yurakka oqib keladigan qon tomirlarini esa vena qon tomirlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |