LIMFA
Nazariy tushuncha. Odam organizmida qon tomir sistemasidan tashqari, shu qon tomir sistemasining tarkibiy qismi xisoblangan limfa sistemasi ham bor. Vena qon tomirlariga yaqinroq. Limfa sistemasi periferiyadan boshlanib, ko’krak qafasi (yurak) tomon oqadi. Klapanlar bor. Limfa sistemasi yoki tomirlari ichida oq, rangsiz suyuqlik limfa oqib turadi.
Ishdan maqsad. O’quvchilar qon va limfa sistemasini tuzilishini o’rganish bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
Kerakli jixozlar: Mulyaj, ko’rgazmali qurollar.
Ishni bajarish tartibi. Limfa sistemasi anatomik tuzilishiga ko’ra bo’ladi: 1. To’qima va xujayra oralig’idan boshlanuvchi boshi berk limfa qopchalari; 2. Limfa kapillyarlari va limfa tomirlari; 3. Turli soxalarda joylashgan limfa tugo’nlari (bezlari); 4. Yirik limfa tomirlarining o’ng limfa yo’li va ko’krak limfa yo’li.
Mustaqil ish. O’quvchilar limfa sistemasining anatomik tuzilishini mulyaj va ko’rgazmali qurollar yordamida o’rganadilar va bajarilgan ishni daftariga qayd etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |