Nazorat savollari.
Bronxial astmaning qanday turlari farq qilinadi?
Klinik belgilari qanday kechadi?
Kasallik xurujiga birinchi tibbiy yordam qanday ko’rsatiladi?
Nafas yo’llariga yot jismlar tushushi
Nazariy tushuncha: Nafas yo’llariga yot jismlar tushushi ularning tamoman bekilib qolishiga va asfiksiya (bo’g’ulish) avj olishga olib kelish extimoli bor. Ko’pincha bolalarning nafas yo’llariga yot jismlar tushushi kuzatiladi. Katta yoshdagi odamlarda nafas yo’llariga aksari ovqat tushib qoladi, bu hol odam ovqat vaqtida, gapirayotganda yoki hiqildoq qopqog’I kasalliklarida kuzatiladi. Og’izdagi narsalar chuqur nafas olishda havo bilan birga hiqildoqqa yoki traxeyaga tushib, qattiq yo’tal tutushga sabab
bo’ladi. Yot jism ko’pincha yo’tal vaqtida chiqariladi, agar yot jism katta bo’lsa tovush boylamlari
spazmga uchrashi mumkin. Bu holda yot jism qattiq tiqilib qoladi, tovush yorig’i bo’shlig’i esa batamom bekilib, bu bo’g’ilishga sabab bo’ladi.
Ishdan maqsad: Nafas yo’llariga yot jismlar tushganda birinchi tibbiy yordam berishni o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |