6 - Mashg’ulot
Mavzu: Bemorlarning tana haroratini o’lchash, nafas olish sonini va tomir urish-pulslarni sanash hamda arterial qon bosimini o’lchash qoidalari
Sog’lom odamda tana harorati normada doimiy bo’lib, ertalabki va kechki soatlarda oz-moz o’zgarib turadi va 370 S dan oshmaydi. Haroratning doimiyligi organizmda issiqlik ishlab chiqarilishi va isiqlik ajratish jarayonlariga bog’liq. Bolalarda harorat birmuncha yuqori kensalarda bir oz pastroq bo’ladi. To’g’ri ichak va kindik harorat qo’ltiq va chov soxasining terisidagi haroratga qaraganda 10S ga yuqori bo’ladi.
Tana haroratini o’lchash va uni kuzatib borish tibiiyot hamshirasining vazifalaridan biri xisoblanadi. Tana harorati tibbiyot termometri bilan o’lchanadi. Bizning mamlakatimizda tana haroratini ulchash uchun Selsiy bo’yicha darajalangan tibbiy termometrdan foydalaniladi. U kapillyari bor shisha naychadan iborat bo’lib, naycha uchida simob to’ldirilgan rezervual bor. Bu naycha shkalaga maxkamlangan bo’lib, shkalaning 340 dan 420S gacha darajalari bor.
Tibbiyot termometrini uy sharoitida uzining maxsus karton yoki plastmassadan tayyorlangan g’iloflarga solinib, aptechkalarda saqlanadi. Kasalxona sharoitida esa termometrlar tubiga bir qavat paxta qo’yilib uning 1/2 xajmigacha 0,5% li xloramin yoki 70 S spirt solingan bankachalarda saqlanadi.
Tana harorati qo’ltiq ostida chov soxasida og’iz bo’shlig’iga, to’g’ri ichak va qinda o’lchanadi.
Haroratni o’lchashdan oldin termometr quruq qilib artiladi, bir-ikki silkitib simob 350S dan pastgacha to’shiriladi. Bemor qo’ltig’i osti soxasi sochiq bilan artib quritiladi. Termometrning uning simobli rezervuari qo’ltiq ostida, hamma tomondan badanga tegib turadigan qilib qo’yiladi. O’lchash vaqtida bemor qimirlamay yotishi yoki o’tirishi kerak.
PULS
Puls yoki tomirlar urishi deb, tomirlar devorining yurak xaydaydigan qon harakati natijasida kelib chiqadigan turtkisimon tebranishlariga aytiladi. Pulsning xossalari uning chastotasi, ritmi, tarangligi va to’liqligi bilan belgilanadi. Puls chastotasi normada 1 daqiqada 60 dan 80 gacha o’zgarib turadi. Puls chastotasi yoshga, jinsga, tana va tashqi muxit haroratiga, shuningdek jismoniy harakatga bog’liq.
Ayollar pulsi erkaknikiga nisbatan tezdir.
Puls arteriallar yuza joylashgan soxalarda aniklanadi. Pulsni paypaslab tekshirish uchun qulay tomir bilak arteriyasidir. Pulsni chakka arteriyalarida uyqu va son arteriyalarida ham sanash mumkin. Puls odatda bilakning kaft yuzasida, 1 barmoq asosida, bilak arteriyasida aniqlanadi. Bemor panjasining o’ng qo’l bilan panja bukish soxasida bo’shgina ushlanadi va o’ng qo’l tekshiriluvchining yurak satxiga qo’yiladi. Bunda 1 barmoqni tirsak tomoniga, II, III va IY barmoqlarni esa bilak tomoniga bevosita bilak arteriyasiga qo’yiladi, barmoq ostida pulsatsiya seziladi. Tekshiruvchining IY barmog’i bemorning Y barmog’i ro’parasida turishi kerak. Arteriyani uchchala barmoq bilan paypaslab, bilak suyagining ichki tomoniga bosiladi.
Pulsni sanash bir daqiqa ichida o’tkaziladi.
Pulsning tezlashuvi taxikardiya, sekinlashi bradikardiya deyiladi.
Puls tug’risidagi ma’lumotlar harorat varakasiga qayd qilinadi.
NAFAS OLISH
Nafas organizmga kislorodning uzluksiz to’shib turishini va karbonat angidrid gazi va suv buglarini ajralib chiqishini ta’minlaydigan asosiy xayotiy jarayondir.
Ko’krak qafasining o’lchovlarining qaysi yo’nalishda o’zgarishiga qarab, nafasning ko’krak, qorin va aralash tiplari farq qilinadi.
Nafas harakatlari chastotasi - katta odamda normada bir daqiqada o’rtacha 16-20 ta bo’ladi. Nafas yoshga, jinsga va tananing vaziyatiga (qarab o’zgarib) bevosita bog’liq bo’ladi. Jismoniy ish, ovqat
yeyish, tana haroratining oshishi, ruxiy qo’zg’alish nafasni tezlashtiradi.
Nafas harakatlarini bemor sezmaydigan qilib sanash kerak. Qo’lni bemor ko’kragi ustiga qo’yish yoki pulsni sanagandek qo’lni ushlab turish kifoya. Olingan ma’lumotlar bemorning harorat varaqasiga qayd qilib boriladi.
ARTERIAL BOSIMNI ANIQLASH
Do'stlaringiz bilan baham: |