Nazariy tushuncha. Muzli xaltacha lat yeganda, qon ketganda, o’tkir yalig’lanish jarayonlarining boshlang’ich davrida, xasharotlar chaqqanda qo’yiladi.
Ishdan maqsad. Muzli xaltachani qo’llash usulini o’zlashtirish bo’yicha amaliy ko’nikma hosil qilish.
Zarur jixozlar: Muzli xaltacha, muz bo’laklari, sochiq yoki choyshab.
Ishni bajarish tartibi. Muz mayda bo’laklarga bo’linadi va xaltachaning yarmigacha muz bilan to’ldiriladi, siqib havosi chiqariladi so’ngra tiqin yaxshilab zich qilib berkitiladi. Terini ortiqcha sovo’tib yubormaslik uchun muzli xaltachani sochiq yoki choyshabga o’rab kerakli soxaga qo’yiladi. Xaltacha ho’l bo’lsa uni artish kerak. Muz erib, suvga aylansa to’qib tashlanadi va yangi muz bo’laklari solinadi.
ZULUKLAR QO’YISH
Do'stlaringiz bilan baham: |