Tayanch harakat apparatining gigiyenasi
Qaddi qomat va uning kamchiliklari. Har bir odam o‘z tanasini odatlangan holatda erkin tutishi qad-qomat deyiladi. Qad-qomat shakllanishida ayniqsa umurtqa pog‘onasining, ko‘krak qafasi, qo‘l va oyoq suyaklari hamda tana muskullarining rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Odam qad-qomatining to‘g‘ri boiishi muskullar tonusiga, nerv sistemasining holati, hayoti mobaynida gavdasini tutishi, jismoniy mashq bilan shug‘ullanishi, turli kasalliklar bilan kasallanishiga bog’liq. Anatomik nuqtai nazardan, to‘g‘ri qad-qomat deyilganda, umurtqa pog‘onasi bir me’yorda toiqinsimon, bosh va bo'yining tanaga nisbatan to‘g‘ri va tik, ikkala yelka va ikkala ko‘krak bir tekislikda, qorin bir oz ichga tortilgan, ko‘krak qafasi bir oz qorindan oldinga chiqib turgan, oyoqlari tik va to‘g‘ri holatda bo’lib, ularni juftlashtirganda tovonlar, tizzalar bir-biriga tegib turadigan holat tushiniladi.
Qad-qomatning noto‘g‘ri shakllanishi bir necha xil bo’ladi: cho'zilgan, egilgan, kifotik, lordotik va skolitik qad-qomat. Egilgan qad-qomatli odamlar tik turganda, boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan ko‘krak qafasi botiqroq, qorin oldinga chiqqan bo‘ladi. Bunday holat skelet muskullari ayniqsa, gavdaning orqa qismidagi muskullar yaxshi rivojlanmaganligi va kuchsiz bo'lishi tufayli yuzaga keladi. Kifotik qad-qomatli odamlarda kuraklar qanotga o'xshab ko‘tarilib, orqa yelka qismi do‘mbayib, bukir holat yuzaga keladi.
Lordotik qad qomatli odamlar gavdasining orqa qismi tekis yoki bir oz botiqroq, ko‘krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo'ladi. Bunday holat umurtqa pog‘onasining bel qismi me’yordan ko‘proq oldinga bukilishi, bo‘yin qismida esa oldinga kamroq bukilishi, hamda qorin devori muskullarining kuchsiz rivojlanganligi tufayli yuzaga keladi. Skoliotik qad-qomatli odam tik turganda yelkalarining biri past, ikkinchisi baland, ko‘kraklari ham past, baland, ko‘krak qafasining bir tomoni bo‘rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo'ladi. Bunday odam gavdasini to‘g‘ri va tik tuta olmaydi, tik turganda gavdasi bir tomonga qiyshaygan holatda bo'ladi. Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun bir qator gigiyenik qoidalarga rioya qilish kerak.
Bolalar va o‘smirlar tez o‘sib rivojlanadilar. Bu davrda ularning ovqatlanishiga katta e’tibor berish kerak. Bolalar ovqatida vitaminlar, ayniqsa vitamin D, tuzlar (ayniqsa kalsiy tuzlari) yetarli bo’lmasligi, oyoq suyaklarini noto‘g‘ri shakllanishiga sababchi bo’lishi mumkin. Buning oqibatida oyoqlar X simon yoki О simon qiyshayadi. Yangi tug‘ilgan bolaning oyoq-qo‘llarini to‘g‘ri parvarish qilish, to‘g‘ri yo‘rgaklash, beshikda yotganda oyoq-qo‘llarini to‘g‘rilab belash, ko‘krak qafasini qattiq bog‘lamaslik kerak. Bola bir yoshda yura boshlaydi. Bu davrdan boshlab bolaning qad-qomatiga e’tibor berish lozim. Bolani olti oylik bo‘lguncha o'tqizmaslik, o‘n oylik bo‘lguncha oyog‘ida uzoq vaqt tik turg'izmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog‘onasi, oyoq suyaklari egiluvchan bo'lganligi sababli tana og‘irligini ko‘tara olmasdan, egrilanib qolishi mumkin. 4-5 yoshgacha bo‘lgan bolalalami katta odamlar uzoq vaqt qo‘lidan yetaklab yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko‘tarilishi tufayli umurtqa pog‘onasi egrilanib qolishi mumkin. Bolaning 6-7 yoshdan qad-qomati shakllana boshlaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq vaqt bir joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir buyumlarni ko'tarmasligi, ayniqsa doim faqat bir qo‘lida ish bajarmasligi, bo‘ylariga mos parta, stol-stullarda o‘tirishi kerak. O‘quvchilar parta, stol-stulda o'tirganda quyidagi qoidalarga rioya qilishi zarur: o‘tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul (parta) suyang‘ichiga suyanib tursin, oyoqlari tizza bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib tursin, ko‘krak bilan parta qirrasi orasida 10 sm. ga yaqin masofa bo’lsin.
Bola gavdasini to‘g‘rilab tekis joyda, biroz qattiq o‘rin ko‘rpada uxlashi kerak. Ba’zi bolalar gujanak bo’lib uxlaydilar. Bunday holat ham qad-qomatga ta’sir qiladi, bolalar va o‘smirlar qad-qomatni to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradigan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishga yoshlikdan o‘rgatish lozim. Masalan: gimnastika, suvda suzish, voleybol, turnirda tortilish va boshqalar. Qad-qomatning buzilishidan faqat odamning ko'rinishi o‘zgarmasdan, balki u ichki organlar (o‘pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilarning) rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday odamlar jismoniy mehnat qilganida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi.
Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning uchun shu yoshgacha o‘smirlar yuqorida ko'rsatilganlarga amal qilsalar, ularning qad-qomatlari to‘g‘ri va chiroyli bo’lib shakllanadi. Bolani qad-qomati to‘g‘ri shakllanishini ota-onalar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar tizimli ravishda kuzatib borishlari, turli chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim.
Yassioyoqlik. Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanch- harakatlanish tizimining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatiga ko‘ra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan.
Normal rivojlangan oyoq tovon-panja yuzasi sathining ko‘proq qismi o'yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo’ladi. Bunday tuzilishi tana ogirligining oyoqni tovon va kaft qismlariga baravar taqsimlanishini ta’minlaydi. Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasining (gumbaz qismi) kengayib, o‘yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, ba’zida esa oyoq yuzasining butun sathining gumbaz qismi egilib, tekis bo’lib qoladi. Natijada tovon- kaftning ressorlik vazifasi buziladi va quyidagi belgilar yuzaga keladi: bunday odam uzoq vaqt tik turganda, ko‘proq yurganda, yugurganda, og‘ir yuk ko‘targanda oyogining tovon-panja va boldir muskullarida og‘riq paydo bo’ladi; yassioyoqli umurtqa pog‘onasi va chanoq suyaklarining egrilanishiga va qadqomatning buzilishiga ham sabab bo’ladi. Chunki bunday odam tanasini tik va to‘g‘ri tuta olmaydi.
Yassioyoqlik tug‘ma va hayotda orttirilgan bo’ladi. Tug‘ma boiishi bu nasldan naslga berilishi yoki bolaning embrion rivojlanishi davrida ona organizmiga tashqi muhitning biron noqulay ta’siri natijasida sodir bo’lishi mumkin. Yassioyoqlikning tug‘ilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat: - Bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurgizish va uni uzoq vaqt oyog’ida tik turgizish; - Yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyabzal kiygizish; - O‘quvchilar kun bo‘yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi (sprot poyabzalini faqat mashg‘ulot vaqtida kiyish kerak); - Poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni keng bo’lgan poyabzallarni kiyish; - Og‘ir yuk ko‘tarish ham yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikning oldini olishga e’tibor berish kerak.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |