Muskul sistemasi
Muskullar harakatlanish organi bo‘lib, nerv tolalari vaf biriktiruvchi to‘qimalardan tuzilgan. Muskul to‘qimasi hujayralardan tashkil topgan, bo’lib, hujayraning ichidagi qisqaruvchi tolalar miofibrillar deb ataladi. Muskul to‘qimasining tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra ko‘ndalang yo’lli va silliq muskullarga ajratiladi. Ko‘ndalang yo’lli muskullar, asosan skelet muskullari bo’lib, silliq tolali muskullar esa ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul muskul tolalari yig‘indisidan iborat bo‘lib, bu tolalar biriktiruvchi to‘qima yordamida o'zaro birikkan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to'qima bilan o‘ralgandir. Har qanday muskulning boshlanish qismi - boshi va birikish qismi - dumi bo’lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan.
Bosh va bo‘yin muskullari. Bosh muskullari ikki guruhga bo‘linadi: bosh skeleti gumbazining muskullari va yuz muskullari. Bosh skeleti muskullari oldinda ikkita peshona, orqada esa ikkita ensa muskullaridan tashkil topgan. Ensa va peshona muskullari tolalarining qisqarishi peshonada gorizontal burmalar paydo boiishiga, qoshlarning ko‘tarilishiga sabab bo’ladi va ayrim hollarda bosh terisini harakatga keltiradi. Yuz muskullari mimika va chaynov muskullariga bo’linadi.
Muskullarning asosiy guruhlari
Mimika muskullari qisqargan paytda yuz ifodasini o‘zgartirsa, chaynov muskullari ovqatni chaynash va gaplashish vaqtida pastki jag‘ni harakatga keltiradi. Bo'yin sohasida bir talay muskullar bor. Bular xilma-xil funksiyalarni ado etadi. Boshni biror tomonga burganda eng katta muskul - to‘sh-o‘mrov so‘rg‘ichsimon muskul bo‘yin terisi ostidan hammadan aniq ko'rinib turadi. Gavda muskullari. Bular orqa va ko‘krak muskullariga bo’linadi. Orqa muskullari o‘z navbatida yana chuqur va yuza muskullarga bo’linadi.
Qorin muskullari. Qorin bo‘shlig‘ini o‘rab turadigan devorlar qorinning tashqi muskuli, ichki qiyshiq muskuli, ko'ndalang to‘g‘ri muskullaridan iborat. Qorin bo‘shlig‘ining pastki devori yoki kichik chanoq tubi ham muskullardan tashkil topgan bo‘lib, oraliq deb ataladi. Oraliq qorin bo‘shlig‘idagi organlarni past tomondan tutib turadi va shu bilan bir vaqtda orqa teshik hamda siydik-tanosil apparatining sfinkteri vazifasini bajaradi.
Qo‘l muskullari orasida yelka kamari muskullari va erkin qo‘l muskullari tafovut qilinadi. Yelka kamari muskullari jumlasiga: deltasimon, o‘q usti, o‘q osti va kurak osti muskullari kiradi. Erkin qo‘l muskullariga yelka, bilak va qo‘l panjasi muskullari kiradi. Oyoq muskullari. Oyoq muskullari jumlasiga chanoq muskullari va erkin oyoq muskullari kiradi. Erkin oyoq muskullariga son, oldingi katta boldir va orqa kichik boldir muskullari kiradi.
Oyoq panjasi muskullari. Bular oyoq
panjasining orqa va tag muskullariga
bo’linadi. Oyoq panjasi tagining hamma
muskullari zich fastsiya bilan qoplangan.
Ular oyoq panjasi suyak-muskul skeleti
ni gumbazsimon holatda ushlab turadi.
Qo‘l-oyoq muskullari
Bola yura boshlashi bilan orqadagi uzun muskullar, dumba muskullari tez o'sadi, 6-7 yoshdan boshlab qo’l panjasining muskullari tez rivojlanadi. Bolalarda bukuvchi muskullarning tarangligi yuqoriroq bo’lib, yozuvchi muskullarga nisbatan tez rivojlanadi. 12-16 yoshda yurish-turish uchun zarur muskullar rivojlanadi. Yosh ortib borishi bilan muskullarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi ham o‘zgaradi. Bolalar muskulida suv ko‘p bo‘ladi. Muskullarning rivojlanishi bilan ulardagi qon tomirlar va nerv tolalari soni ortadi. Umuman, katta odamlarda 50 yoshdan boshlab muskullar sust rivojlanadi. Keksayganda vazni 15-20% kamayadi. Tashqi muhitda turli omillarning sezgi organlariga ta’siri natijasida muskullar qisqaradi. Bu impulslar nerv sistemasining normal faoliyatini saqlab turadi, boshqacha aytganda, skelet muskullarining uyg‘unlashgan harakatini vujudga keltiradi. Shuning uchun ham odamning harakatlari tartibli bo‘ladi. Skelet muskullarining qisqarishi kishining ixtiyoriga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |