O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
«SAN’ATSHUNOSLIK» fakulteti
«TSMG» yo’nalishi
3-kurs 302-guruh talabasi
Raximova Madinaning
«TASVIRIY SAN’AT VA MUXANDISLIK GRAFIKASINI
O’QITISH METODIKASI» fanidan
Mavzu:
Tasviriy san’at mashg’ulotlarini muammoli vaziyatlar hosil qilib o’qitish
Bajardi:
Raximova Madina
Tekshirdi:
Zokirova Muribatxon
Andijon 2021 yil
Mavzi:
Tasviriy san’at mashg’ulotlarini muammoli vaziyatlar hosil qilib o’qitish
Reja
Kirish.
1.
O'qitishning zamonaviy texnologiyalarini o'rganish
2.
Tasviriy san'at mashg'ulotlarini muammoli vaziyatlar hosil qilib o'qitish
3.
Tasviriy san'at darslarida tabaqalashtirib o'qitish yo'llari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
.
Ilovlar.
KIRISH
Bo'lajak umumiy o'rta va kasb - hunar ta'limi kollejlarining o'qituvchilari
nafaqat fan asoslarini, balki ular eng zamonaviy ilg'or
pedagogik texnologiyalarni
egallagan bo'lishlari, o'zlarining pedagogik maxoratlarini to'xtovsiz oshirib borishlari
talab etiladi. Bo'lg'usi o'qituvchilar tasviriy san'at o'qitishda
zamonaviy pedagogik
texnologiya kursi tugaganidan so'ng quyidagi bilimlarni egallagan bo'lishlari lozim:
-
tasviriy san'atdan maxsus fanlarni o'qitishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalar ta'lim taraqqiyotini xarakatlanuvchi kuchi ekanligini ;
-
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tarixiy taraqqiyot
bosqichlarini;
-
xorijiy mamlakatlarda qo'llanib kelayotgan interfaol metodlarni;
-
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tasviriy san'at mashg'ulotlarida
qo'llanish imkoniyatlarini;
-
tasviriy san'at mashg'ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
amaliyotda qo'llash yo'llari va uning qonuniyatlarini;
-
zamonaviy pedagogik texnologiya loyixasi va uning tarkibiy tuzilishini;
-
o'quvchilarni bilim, malaka va ko'nikmalari, ijodiy
ish natijalarini nazorat
qilish va baholash;
Respublikamiz kelajagi, ravnaqi, ta'lim-tarbiya
sohasidagi ishlarning qay
tarzda olib borilishiga bog'liq.
Ta'lim-tarbiya sohasini takomillashtirish bu borada yangi, zamonaviy, ilg'or
pedagogik texnologiyalarni joriy etishning tizimli
asoslarini yaratish bugungi
kunning dolzarb masalalaridan xisoblanadi.
O'zbekiston respublikasi sobiq Prezidenti I. A. Karimov ta'kidlaganidek —. . .
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni o'z vaqtida ishlab chiqish va joriy
etishni ta'minlashni aloxida nazorat ostiga olish kerak”. SHu nuqtai nazardan kelib
chiqib bugungi kunda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslarini
yaratish va uni ma'lum bir tizimga solish
davr talabidi