Ko'chib yuruvchi qushlar. Yil fasllariga qarab j6yini o'zgartirib turadigan qushlar ko'chib yurivchi qushlar deyiladi. Go'ngqarg'a, olaqarg'a, zog'cha va qorayaloqlar sovuq tusha boshlashi bilan gala bo'lib qor kam, oziq mo'lroq bo'lgan joylarga uchib ketadi.
Uchib ketuvchi qushlar. Bunday qushlar kuzda birmuncha sovuq yoki mo'tadil iqlimli joylardan issiq mamlakatlarga uchib ketadi va o'sha joylarda qishlaydi (90-rasm). Uchishdan oldin ular gala hosil qiladi.
Qushlar har xil paytda uchib ketadi. Qaldirg'och, bulbul, zarg'aldoq va laylaklar ancha barvaqt, ya'ni yoz oxirlarida yoki erta kuzda, hali uya qurgan joyda havo iliq va oziq mo'l bo'lishiga qaramasdan uchib ketadi. O'rdak, g'oz va oqqush kech kuzda, yashash joyidagi suv havzalari muzlab, oziq topolmay qolganidan so'ng uchib keta boshlaydi. Qushlar qishlov joyiga doimo bir xil yo'ldan uchib boradi; o'sha yo'ldan o'z vataniga qaytadi.
Qushlarning uchib ketish sabablari. Qushlarning uchib ketishi ularning yashash joyidagi iqlimning mavsumiy o'zgarishiga moslashishdan iborat. Shimoliy va o'rta mintaqalarda yashaydigan qushlar yilning eng qulay issiq davrida uya qurib, jo'ja ochadi va uni boqib, voyaga yetkazadi. Ular yilning noqulay, oziq kam bo'ladigan qish mavsumi boshlanishidan oldinroq qishlov joylariga uchib ketadi. Qushlarning bahorda o'z vatanlariga uchib kelishi ko'payish instinkti bilan bog'liq. Kuzda kunlarning qisqarishi qushlarning qishlov joyiga uchib ketishi uchun signal bo'ladi. Qushlarning uchib ketishi va uchib kelishi tug'ma instinkt hisoblanadi.
Qushlarning uchib ketish yo'lini aniqlash. Qishlov joyiga uchib ketayotgan qushlarning yo'l topishida quyoshga qarab mo'ljal olish qisman ahamiyatga ega. Chunki ko'pchilik qushlar kunduzi oziqlanib, kechasi uchadi. Tajribalarda ularning yulduzlarga qarab yo'l topishi aniqlangan. Ayrim qushlar Yer magnit maydonining o'zgarishini qabul qilishi ham mumkin.
Qushlarni halqalash. Qishlov joyi, uchib ketish yo'li, tarqalishi va umr ko'rishini aniqlash maqsadida qushlar halqalanadi. Buning uchun qushning oyog'iga halqalash markazining manzili yozilgan yengil halqa kiydiriladi va yana uch|rib yuboriladi. Halqalangan qushni tutib olgan kishi halqani yechib olib, uni xat orqali ko'rsatilgan manzilga yuborishi kerak. Halqalash tufayli O'rta Osiyo laylaklarining Shimoliy Hindistonda, Yevropa laylaklarining Janubi-Sharqiy tropik Afrikada; bulbullarning tropik Afrikada, qaldirg'ochlarning Afrika va Hindistonda qishlashi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |